31.01.2006 yildagi PQ-272-son
Hujjat 31.01.2006 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qishloq xo‘jaligini o‘simliklarni himoya qilish kimyoviy preparatlari bilan ta’minlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qishloq xo‘jaligini kimyoviy preparatlar bilan ta’minlash tizimini takomillashtirish, Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi rahbariyatining prognozlar ishlab chiqish, kimyoviy preparatlardan samarali foydalanish, ularni hisobga olish va saqlash bo‘yicha belgilangan talablarga rioya etish uchun javobgarligini oshirish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining 2006-yilda qishloq xo‘jaligini kimyoviy preparatlar bilan ta’minlash bo‘yicha kiritgan balans loyihasini puxta ishlab chiqmaganligi, Respublika o‘simliklarni himoya qilish va agroximiya markazining begona o‘tlar, o‘simliklarning zararkunandalari va kasalliklariga qarshi kurashish uchun kimyoviy preparatlarni prognoz qilish hamda ulardan foydalanish borasidagi faoliyatini yetarli darajada muvofiqlashtirmaganligi qayd etib o‘tilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi huzurida O‘simliklarni himoya qilish kimyoviy vositalariga ehtiyojni aniqlash va ulardan samarali foydalanish bo‘yicha idoralararo komissiya tuzilsin, uning zimmasiga quyidagi vazifalar yuklansin:
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilarining har yilgi buyurtmanomalari asosida tayyor kimyoviy preparatlar, ta’sirchan moddalar va komponentlarga bo‘lgan ehtiyojlarni, shu jumladan ularni respublika korxonalarida ishlab chiqarish va import bo‘yicha olib kelish hajmlarini aniqlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilari o‘rtasida kimyoviy preparatlarning taqsimlanishi ustidan nazoratni ta’minlash, pestitsidlarni qo‘llash muddatlari, shuningdek, preparatlarni saqlash normalariga rioya etish yo‘li bilan ulardan samarali foydalanish chora-tadbirlarini amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublika korxonalarida ishlab chiqariladigan va import bo‘yicha olib kelinadigan o‘simliklarni himoya qilish vositalarining sifatiga nisbatan qo‘yiladigan talablarga “O‘zstandart “agentligining ixtisoslashtirilgan laboratoriyalarida takroriy va kirish nazorati tizimini qo‘llash asosida rioya etish chora-tadbirlarini amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qishloq xo‘jaligi ekinlarini kasalliklar va zararkunandalardan himoya qilish bo‘yicha ishlatilgan preparatlar ta’sirining to‘laqonli va samarali ekanligini baholashda fermer xo‘jaliklariga xizmat ko‘rsatish uchun shart-sharoitlar yaratishga ko‘maklashish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kimyoviy himoya vositalari talon-taroj qilinmasligi va ularni saqlash sifati ustidan muntazam tekshirishlarni tashkil qilish, yaroqlilik muddati o‘tgan o‘simliklarni himoya qilish vositalarining qoldiqlarini aniqlash va ulardan foydalanishni to‘xtatib qo‘yish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Belgilansinki, qishloq va suv xo‘jaligi vaziri idoralararo komissiyaning o‘simliklarni himoya qilish vositalariga nisbatan asosli talab-ehtiyojni aniqlash va ulardan samarali foydalanish bo‘yicha amaliy ishlashini ta’minlash uchun shaxsan javobgar bo‘ladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tumanlar hokimliklari, Fermer xo‘jaliklari uyushmasi:
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
har bir mintaqaning o‘ziga xos xususiyatidan kelib chiqib, tegishli tor sohaning malakali mutaxassislarini jalb etgan holda kimyoviy preparatlarga asosli buyurtmanomalarni aniqlash va tuzishda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘simliklarni himoya qilish va agroximiya markazining hududiy bo‘linmalari tomonidan kimyoviy preparatlardan samarasiz foydalanganlik va sifatsiz ishlov berganlik faktlari aniqlangan hollarda da’vo ishlarini tashkil qilish, hatto fermer va dehqon xo‘jaliklarining xo‘jalik sudlariga da’vo arizalarini berish va ularning manfaatlarini himoya qilishda qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilariga xizmat ko‘rsatish uchun konsalting markazlari tashkil qilish va ularning tarmog‘ini kengaytirish chora-tadbirlarini ta’minlasin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi bilan birgalikda bir hafta muddatda qishloq xo‘jalik ekinlarini kasalliklar va zararkunandalardan himoya qilish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish to‘g‘risida namunaviy shartnomani ishlab chiqsin va bunda ishlov berishning o‘z vaqtida va sifatli o‘tkazilishi uchun tomonlarning majburiyatlari va javobgarlik choralari aniq belgilab qo‘yilishiga alohida e’tibor qaratsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. “O‘zstandart” agentligi bir oy muddatda chetdan keltiriladigan, shuningdek, respublikada ishlab chiqarilgan tayyor kimyoviy preparatlar va ta’sirchan moddalarning sifati belgilangan standartlarga muvofiqligini aniqlash bo‘yicha ixtisoslashtirilgan laboratoriyalar tashkil etilishini ta’minlasin xamda ular Navoiy shahri va Sirdaryo viloyatining Xovos posyolkasida joylashtirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Quyidagilar belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi “O‘zstandart” agentligining ixtisoslashtirilgan laboratoriyalarida kimyoviy preparatlar hamda ta’sirchan moddalarning namunalari analizini o‘tkazishga buyurtmachi hisoblanadi;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ta’sirchan moddalar va kimyoviy preparatlar, jumladan, ularning keyingi mavsumga o‘tgan qoldiqlari “O‘zstandart” agentligi ixtisoslashtirilgan laboratoriyalarining ijobiy xulosasi mavjud bo‘lgan taqdirdagina ulardan foydalanishga ruxsat beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. “O‘zkimyosanoat” DAK o‘z sifati, ta’sir qilish samaradorligi va qadoqlanishi bo‘yicha belgilangan standartlarga javob beradigan, qiymati bo‘yicha esa xorijdagi xuddi shunday moddalar oldida raqobat ustunliklariga ega bo‘lgan xarid qilinadigan ta’sirchan moddalar va komponentlar asosida respublika korxonalarida kimyoviy preparatlar ishlab chiqarishni ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kimyoviy preparatlarni ishlab chiqarish va saqlashning texnologik rejimlariga qat’iy rioya etilishi va ularning sifati ta’minlanishi uchun shaxsiy javobgarlik “O‘zkimyosanoat” DAK hamda mahsulot ishlab chiqaruvchi korxonalarning rahbarlari zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir hafta muddatda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi huzurida O‘simliklarni himoya qilish kimyoviy vositalariga ehtiyojni aniqlash va ulardan samarali foydalanish bo‘yicha idoralararo komissiya to‘g‘risidagi nizomni, shuningdek vazirliklar, idoralar va tashkilotlarning qishloq xo‘jaligini kimyoviy preparatlar bilan ta’minlash borasidagi hamkorlik tarkibi va sxemasini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) Qishloq xo‘jaligi uchun ta’sirchan vositalar va tayyor kimyoviy preparatlar xarid qilish bo‘yicha idoralararo tender komissiyasining yangilangan tarkibi va komissiya to‘g‘risidagi nizomni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) ta’sirchan moddalar va tayyor kimyoviy preparatlar importi bo‘yicha takliflarni ko‘rib chiqish va xulosalar berish tartibini tasdiqlasin, bunda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tender savdolarida mahsulotning yuqori sifatini va u o‘z vaqtida yetkazib berilishini kafolatlaydigan kimyoviy preparatlarning e’tirof etilgan ishlab chiqaruvchilari yoki ularning rasmiy dilerlari ishtirok etishlariga yo‘l qo‘yilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kimyoviy preparatlarni yetkazib beruvchilar “narx — sifat (samaradorlik)” tamoyili bo‘yicha va taklif etilayotgan preparatlarni respublika sharoitida sinab ko‘rishning ijobiy natijasini hisobga olgan holda tanlanishi nazarda tutilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2006-yil 31-yanvar,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-272-son
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 4-5-son, 26-modda; 2013-y., 1-son, 3-modda; 2017-y., 37-son, 980-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 19.01.2018-y., 06/18/5304/0591-son, 01.08.2018-y., 06/18/5497/1604-son)