20.01.2026 yildagi PQ-20-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
QARORI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘tkir yurak-qon tomir va serebrovaskulyar kasalliklarning oldini olish chora-tadbirlarini takomillashtirish to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aholi o‘rtasida o‘tkir yurak-qon tomir va serebrovaskulyar kasalliklarni barvaqt aniqlash, ularga ko‘rsatiladigan tibbiy xizmatlarni yangi bosqichga olib chiqish orqali erta o‘lim va nogironlik holatlarini kamaytirish, bemorlarni sog‘lomlashtirish hamda reabilitatsiya qilish tizimini yaratish, shuningdek, aholiga kardiologik va nevrologik yordam ko‘rsatishni takomillashtirish maqsadida qaror qilaman:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
I. Maqsadlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Quyidagilar o‘tkir yurak-qon tomir va serebrovaskulyar kasalliklarning oldini olish, barvaqt aniqlash, bemorlarni davolash hamda reabilitatsiya qilishning yangi usullarini joriy qilishning asosiy maqsadlari etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) aholi o‘rtasida o‘tkir yurak-qon tomir va serebrovaskulyar kasalliklar xavf omillari hamda ularni bartaraf etish bo‘yicha profilaktik tadbirlar haqidagi ma’lumotlarni keng targ‘ib qilish orqali ularning xabardorlik darajasini oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) 30 yoshdan oshgan aholini o‘tkir yurak-qon tomir va serebrovaskulyar kasalliklar bo‘yicha takomillashtirilgan maqsadli tibbiy tekshiruvlar bilan to‘liq qamrab olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(v) shoshilinch holatlarda yurak va bosh miya qon tomirlari endovaskulyar amaliyotlari uchun sarflov vositalari hamda tromb erituvchi dori vositalari bilan qamrovni 100 foizga yetkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(g) o‘tkir yurak-qon tomir va serebrovaskulyar kasalliklardan keyingi nogironlikni 30 foizga, erta o‘lim holatlarini 15 foizga qisqartirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
II. O‘tkir yurak-qon tomir va serebrovaskulyar kasalliklarning oldini olish, barvaqt aniqlash va davolash tizimini takomillashtirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. 2026-yil 1-maydan boshlab xalqaro dasturlar (“Stent for Life” va “Action Plan for Stroke”) asosida ishlab chiqilgan Infarkt va insultga qarshi kurashish milliy dasturi (keyingi o‘rinlarda — Milliy dastur) 1-ilovaga muvofiq hududlarda bosqichma-bosqich amaliyotga joriy etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Milliy dastur doirasida o‘tkir yurak-qon tomir va serebrovaskulyar kasalliklarning oldini olish, barvaqt aniqlash, davolash va shoshilinch holatlarda tibbiy xizmat ko‘rsatish bo‘yicha quyidagilarni nazarda tutuvchi tizim joriy qilinsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalarida o‘tkir yurak-qon tomir va serebrovaskulyar kasalliklarni barvaqt aniqlash maqsadida 30 yoshdan oshgan aholi o‘rtasida yiliga bir marta maqsadli tibbiy tekshiruvlar o‘tkaziladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) tumanlararo qo‘shma shikastlanishlar va o‘tkir qon tomir kasalliklari markazlarida tunu kun faoliyat yurituvchi infarkt va insult brigadalari faoliyati yo‘lga qo‘yiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(v) o‘tkir yurak-qon tomir kasalliklari va bosh miyada qon aylanishining o‘tkir buzilishi holatlarida bemorlarga shoshilinch ixtisoslashgan tibbiy xizmat ko‘rsatish algoritmlari amaliyotga joriy qilinadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(g) xalqaro standartlar asosida bemorlarning klinik marshrutlari (clinical pathways) ishlab chiqiladi va amaliyotga joriy etiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(d) tez tibbiy yordam brigadalari sun’iy intellekt yordamida tahlil qilish imkoniyatiga ega telemetrik elektrokardiograf (keyingi o‘rinlarda — T-EKG) hamda monitorli defibrillyatorlar bilan ta’minlanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(j) shifoxonalar shoshilinch holatlarda o‘tkir yurak-qon tomir va serebrovaskulyar kasalliklarga chalingan bemorlarda jarrohlik amaliyotini o‘tkazish uchun tromb erituvchi dori vositalari va sarflov vositalari bilan to‘liq ta’minlanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(z) o‘tkir yurak-qon tomir kasalliklari va bosh miyada qon aylanishining o‘tkir buzilishi holatlarida bemorlarga shoshilinch statsionar tibbiy xizmat ko‘rsatishga nodavlat tibbiyot tashkilotlari jalb qilinadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(i) davlat va nodavlat tibbiyot tashkilotlari tomonidan o‘tkir yurak-qon tomir kasalliklari va bosh miyada qon aylanishining o‘tkir buzilishi holatlarida ko‘rsatilgan shoshilinch va rejali tibbiy xizmatlar belgilangan tartibda Davlat tibbiy sug‘urtasi jamg‘armasi tomonidan moliyalashtiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(k) shifoxonalarda tibbiy xizmatlar tasdiqlangan tashxislash va davolash standartlari hamda klinik protokollar asosida ko‘rsatilishi ustidan nazorat Sog‘liqni saqlash vazirligi va Davlat tibbiy sug‘urtasi jamg‘armasi tomonidan amalga oshiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(l) tumanlararo qo‘shma shikastlanishlar va o‘tkir qon tomir kasalliklari markazlariga biriktirilgan tuman va shaharlardan shoshilinch holatlarda murojaat qilgan bemorlarga ko‘rsatilgan tibbiy xizmatlar xarajatlari Davlat tibbiy sug‘urtasi jamg‘armasi tomonidan qoplanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(m) shoshilinch tibbiy xizmat ko‘rsatishda belgilangan tartibga rioya etilmagan hollarda xarajatlar Davlat tibbiy sug‘urtasi jamg‘armasi tomonidan moliyalashtirilmaydi hamda xizmat ko‘rsatuvchi tibbiyot tashkilotining o‘z mablag‘lari hisobidan qoplanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Milliy dastur doirasida o‘tkir yurak-qon tomir va serebrovaskulyar kasalliklarni davolashda tibbiy xizmatlar xalqaro standartlarga muvofiq vaqt me’yorlariga qat’iy rioya etgan holda ko‘rsatilishi ta’minlansin. Bunda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) o‘tkir yurak-qon tomir va serebrovaskulyar kasalliklarga chalingan bemorlarga “oltin soat” tamoyili asosida shoshilinch tibbiy xizmat ko‘rsatish tashkil qilinadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) tez tibbiy yordam xizmati tomonidan ko‘rsatiladigan tibbiy xizmatlar algoritmi va bemorning ixtisoslashgan tibbiy xizmat ko‘rsatuvchi muassasagacha bo‘lgan klinik marshruti vaqt me’yorlari asosida tashkil qilinadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(v) birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalari hamda statsionar tibbiyot muassasalari tomonidan aholini maqsadli tibbiy tekshiruvlardan o‘tkazish va bemorlarning klinik marshrutlarini tashkil qilishda vaqt me’yorlari inobatga olinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Aholi o‘rtasida o‘tkir yurak-qon tomir va serebrovaskulyar kasalliklar xavf omillari, ularni bartaraf etish bo‘yicha profilaktik tadbirlar hamda sog‘lom turmush tarziga rioya qilish yuzasidan quyidagi targ‘ibot ishlari tizimli yo‘lga qo‘yilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(i) “Hoziroq harakatlan — hayotni saqlab qol!” mavzusida ijtimoiy roliklar namoyish qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(ii) infografika, animatsiya va hayoti saqlab qolingan bemorlar haqidagi qisqa metrajli videoroliklarni joylashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) bozor va savdo markazlari yaqinida bilbord va bannerlar o‘rnatish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(v) ta’lim tashkilotlari, yirik korxona va tashkilotlar hamda mahallalarda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(i) infarkt va insult alomatlarini aniqlash bo‘yicha treninglar tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(ii) ma’ruzalar va seminarlar o‘tkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(iii) “Angels Initiative” xalqaro tashabbus tashkilotining “FAST Neroes” dasturi asosida umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim tashkilotlarida o‘quvchilar uchun mashg‘ulotlar tashkil etilib, ularga insultning dastlabki belgilari va tez tibbiy yordamga murojaat qilish zaruriyatini yetkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(iv) oilaviy shifokorlar va hamshiralar ishtirokida ommaviy chiqishlar tashkil qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(g) “Daqiqalar hayotni hal qiladi” mavzusida hududlarda tematik haftaliklar tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(d) yoshlar va talabalar o‘rtasida “Infarktga qizil kartochka” tashabbusini yo‘lga qo‘yish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(j) har yili 29-sentabr — Butunjahon yurak kuni hamda 29-oktabr — Butunjahon insultga qarshi kurashish kuni munosabati bilan qon bosimi, qand va xolesterin miqdorini o‘lchash, infarkt va insultda tez yordam ko‘rsatish bo‘yicha aholining savodxonligini oshirishga qaratilgan ommaviy tadbirlar o‘tkazish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) Infarkt va insultga qarshi kurashish milliy dasturi 2-ilovaga muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) O‘tkir yurak-qon tomir va serebrovaskulyar kasalliklarga chalingan bemorlarga tibbiy xizmat ko‘rsatish tizimini takomillashtirish “yo‘l xaritasi” 3-ilovaga muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(v) Infarkt va insultga qarshi kurashish milliy dasturini 2026 — 2030-yillarda amalga oshirish samaradorligini aniqlash ko‘rsatkichlari 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. 2026-yil 1-martdan boshlab respublika tibbiyot markazlari mutaxassislari hamda xorijiy ekspertlardan iborat tarkibda o‘tkir yurak-qon tomir va serebrovaskulyar kasalliklarni davolashda tibbiy xizmat ko‘rsatishni muvofiqlashtiruvchi kengash (keyingi o‘rinlarda — Kengash) faoliyati yo‘lga qo‘yilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Belgilansinki, Kengash tarkibi sog‘liqni saqlash vaziri tomonidan tasdiqlanadi va Kengashga quyidagi vazifalar yuklatiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalari tomonidan o‘tkir yurak-qon tomir va serebrovaskulyar kasalliklarni barvaqt aniqlash bo‘yicha o‘tkaziladigan maqsadli tibbiy tekshiruvlarni muvofiqlashtirish hamda uning natijasi asosida bemorlarni davolash ishlarini tashkil qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) bemorlarning klinik marshruti amaliyotga joriy etilishini muvofiqlashtirish va shoshilinch tibbiy xizmat ko‘rsatuvchi tibbiyot muassasalariga uslubiy rahbarlikni amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(v) O‘tkir yurak-qon tomir va serebrovaskulyar kasalliklar milliy reyestri yuritilishini hamda kasallanish dinamikasini tahlil qilish orqali kasallikni barvaqt aniqlash, tashxislash, davolash va reabilitatsiya qilish ishlarini tashkil etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(g) shoshilinch holatlarda yurak va bosh miya qon tomirlari endovaskulyar amaliyotlari uchun sarflov vositalari, tromb erituvchi dori vositalari hamda tibbiy jihozlarga bo‘lgan ehtiyojni shakllantirish va ularni tibbiyot muassasalari o‘rtasida taqsimlash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
III. Raqamlashtirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. 2026-yil 1-aprelga qadar Sog‘liqni saqlash vazirligi Raqamli texnologiyalar vazirligi bilan birgalikda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) “Elektron sog‘liqni saqlash” axborot tizimida o‘tkir yurak-qon tomir va serebrovaskulyar kasalliklarga chalingan hamda xavf guruhiga mansub aholining elektron reyestri yuritilishini hamda individual sog‘lomlashtirish rejasi shakllantirilishini ta’minlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) tez tibbiy yordam xizmati uchun EKG natijalarini sun’iy intellekt yordamida tahlil qilish va uni axborot tizimi orqali yuborish hamda tez tibbiy yordam brigadalari va shifoxonalar o‘rtasida real vaqt rejimida ma’lumot almashish imkoniyatini yaratsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(v) barcha serebrovaskulyar kasalliklarga xizmat ko‘rsatuvchi statsionar tibbiyot muassasalarida sun’iy intellekt asosida insultni tashxislash imkoniyatini yaratsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(g) o‘tkir yurak-qon tomir va serebrovaskulyar kasalliklarga chalingan bemorlarni tashxislash, davolash, dispanser kuzatuviga olish hamda yo‘naltirish jarayonlarini o‘z ichiga olgan klinik marshrutni raqamlashtirsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(d) tez tibbiy yordam xizmati, hududiy shifoxonalar va respublika tibbiyot markazlaridan iborat teletibbiyotning vertikal bog‘lanish tizimini amaliyotga joriy etsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IV. Tibbiyot xodimlarining bilim va ko‘nikmalarini oshirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Sog‘liqni saqlash vazirligi 2026-yil 1-martga qadar Samarqand viloyati va Toshkent shahrida, 2026-yil 1-sentabrga qadar bosqichma-bosqich Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda xalqaro ekspertlarni jalb qilgan holda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) tibbiyot brigadalari oilaviy shifokor hamda hamshiralarini — 30 yoshdan oshgan aholini o‘tkir yurak-qon tomir va serebrovaskulyar kasalliklarni erta bosqichlarda aniqlash yuzasidan maqsadli tibbiy tekshiruvlardan o‘tkazish hamda FAST algoritmi bo‘yicha;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) tez tibbiy yordam xizmati xodimlarini — o‘tkir yurak-qon tomir va serebrovaskulyar kasalliklarni tashxislash (infarktda EKG-telemetriya, insultda FAST algoritmi va boshqalar), bemorlarda tromb erituvchi muolajalarni o‘tkazish hamda shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(v) tuman (shahar) markaziy shifoxonalari, tumanlararo qo‘shma shikastlanishlar va o‘tkir qon tomir kasalliklari markazlari mutaxassislarini — o‘tkir yurak-qon tomir va serebrovaskulyar kasalliklarga chalingan bemorlarni tashxislash, shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatish, davolash hamda erta reabilitatsiya qilish bo‘yicha;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(g) viloyat darajasidagi tibbiyot muassasalarining mutaxassislarini — o‘tkir yurak-qon tomir va serebrovaskulyar kasalliklarni tashxislash, shoshilinch holatlarda jarrohlik amaliyotlarini o‘tkazish, davolash hamda erta reabilitatsiya qilish bo‘yicha qisqa va uzoq muddatli malaka oshirish kurslarida o‘qitilishini ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
V. Qarorda belgilangan tadbirlarni moliyalashtirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Belgilab qo‘yilsinki, Milliy dasturni amaliyotga joriy qilish bilan bog‘liq xarajatlar quyidagi manbalar hisobidan moliyalashtiriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalarida 30 yoshdan oshgan aholi o‘rtasida yiliga bir marta o‘tkir yurak-qon tomir va serebrovaskulyar kasalliklarni barvaqt aniqlash bo‘yicha maqsadli tibbiy tekshiruvlarni tashkil etish — Davlat budjeti hisobidan qoplanadigan tibbiy yordamning kafolatlangan hajmlari doirasida ajratilgan mablag‘lar hisobidan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) aholi o‘rtasida o‘tkir yurak-qon tomir va serebrovaskulyar kasalliklar xavf omillari, ularni bartaraf etish bo‘yicha profilaktik tadbirlar hamda sog‘lom turmush tarziga rioya qilish yuzasidan targ‘ibot ishlari — Salomatlik va strategik rivojlanish institutiga Davlat budjetidan ajratilgan mablag‘lar hisobidan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(v) tibbiyot xodimlarining malakasini oshirish:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(i) tibbiyot brigadasi xodimlari o‘tkir yurak-qon tomir va serebrovaskulyar kasalliklar yuzasidan maqsadli tibbiy tekshiruvlar hamda FAST algoritmi bo‘yicha — tibbiyot oliy ta’lim muassasalariga ajratilgan mablag‘lar hisobidan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(ii) tez tibbiy yordam xizmati brigadalari xodimlari — Tibbiyotni rivojlantirish davlat maqsadli jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(iii) tuman (shahar) markaziy shifoxonalari, tumanlararo qo‘shma shikastlanishlar va o‘tkir qon tomir kasalliklari markazlari hamda viloyat va respublika darajasidagi shifoxonalar xodimlari — “Angels Initiative” xalqaro tashabbus tashkiloti bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan o‘quv dasturlari asosida Tibbiyotni rivojlantirish davlat maqsadli jamg‘armasi va shifoxona mablag‘lari hisobidan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Iqtisodiyot va moliya vazirligi Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan birgalikda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) Samarqand viloyati va Toshkent shahrida Milliy dasturni amaliyotga joriy qilish uchun quyidagilarga Davlat budjetidan bir oy muddatda mablag‘ ajratilishini ta’minlasin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(i) tromb erituvchi dori vositalarini xarid qilish uchun — 5 milliard so‘m;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(ii) tumanlararo qo‘shma shikastlanishlar va o‘tkir qon tomir kasalliklari markazlarini bosh miyada qon aylanishining o‘tkir buzilishi holatlarida instrumental tashxislash uchun zarur dori va sarflov vositalari bilan ta’minlashga — 2 milliard so‘m;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(iii) Samarqand viloyati va Toshkent shahridagi o‘tkir yurak-qon tomir kasalliklari va bosh miyada qon aylanishining o‘tkir buzilishi holatlarida bemorlarga shoshilinch ixtisoslashgan tibbiy xizmat ko‘rsatuvchi tibbiyot muassasalarini stentlash va insultda qon tomir jarrohligi amaliyotlari uchun zarur dori va sarflov vositalari bilan ta’minlashga — 14 milliard so‘m;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) Samarqand viloyati va Toshkent shahridagi tez tibbiy yordam brigadalarini 5-ilovaga muvofiq T-EKG uskunasi hamda monitorli defibrillyator bilan jihozlashga bir oy muddatda Tibbiyotni rivojlantirish davlat maqsadli jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan 22 milliard so‘m yo‘naltirsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(v) 2026-yil 1-iyulga qadar Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyatlarda Milliy dasturni joriy qilishga Davlat budjetidan quyidagi miqdorlarda mablag‘ ajratsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(i) tromb erituvchi dori vositalarini xarid qilish uchun — 16 milliard so‘m;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(ii) tumanlararo qo‘shma shikastlanishlar va o‘tkir qon tomir kasalliklari markazlarini bosh miyada qon aylanishining o‘tkir buzilishi holatlarida instrumental tashxislash uchun zarur dori va sarflov vositalari bilan ta’minlashga — 7,5 milliard so‘m;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(iii) o‘tkir yurak-qon tomir kasalliklari va bosh miyada qon aylanishining o‘tkir buzilishi holatlarida bemorlarga shoshilinch ixtisoslashgan tibbiy xizmat ko‘rsatuvchi tibbiyot muassasalarini stentlash va insultda qon tomir jarrohligi amaliyotlari uchun zarur dori va sarflov vositalari bilan ta’minlashga — 82 milliard so‘m;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(iv) tez tibbiy yordami brigadalarini T-EKG hamda monitorli defibrillyator uskunalari bilan jihozlashga — 135 milliard so‘m;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(g) 2026-yildan boshlab har yili Davlat budjetidan insultni tashxislashda sun’iy intellektdan foydalanishni tashkil qilish uchun zarur mablag‘lar ajratilishini ta’minlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(d) 2027-yildan boshlab har yili:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(i) Davlat budjeti parametrlarida Milliy dasturda nazarda tutilgan tadbirlarni moliyalashtirish uchun kamida 280 milliard so‘m mablag‘ rejalashtirilishini ta’minlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(ii) Davlat tibbiy sug‘urtasi jamg‘armasiga o‘tkir yurak-qon tomir kasalliklari va bosh miyada qon aylanishining o‘tkir buzilishi holatlarida bemorlarga shoshilinch tibbiy xizmat ko‘rsatuvchi tibbiyot muassasalarini moliyalashtirish uchun mablag‘ ajratsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
VI. Qaror ijrosini tashkil etish, ta’minlash va nazorat
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Sog‘liqni saqlash vazirligi bir oy muddatda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) o‘tkir yurak-qon tomir va serebrovaskulyar kasalliklar bo‘yicha xalqaro klinik protokollar, tibbiy yordam ko‘rsatish marshrutlari hamda standart operatsion muolajalarni ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) Milliy dasturni amaliyotga joriy qilish, mahalliy mutaxassislar malakasini oshirish, xorijiy ekspertlarni jalb qilish va o‘tkir yurak-qon tomir va serebrovaskulyar kasalliklarda aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifatini doimiy baholab borish bo‘yicha xalqaro hamkor tashkilotlar hamda xorijiy tibbiyot markazlari bilan hamkorlik dasturlarini yo‘lga qo‘yish choralarini ko‘rsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(v) o‘tkir yurak-qon tomir kasalliklari va bosh miyada qon aylanishining o‘tkir buzilishi holatlarida bemorlarga statsionar tibbiy xizmat ko‘rsatuvchi nodavlat tibbiyot tashkilotlari uchun qo‘yiladigan talablarni tasdiqlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(g) Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan birgalikda hududiy va respublika darajasidagi tibbiyot muassasalarining bemorlarni kasallikning og‘irlik darajasi bo‘yicha saralaydigan (triaj) tunu kun ishlaydigan shoshilinch qabul bo‘limlari hamda tibbiyot muassasasida shoshilinch holatlarda ko‘rsatilgan tibbiy xizmatlarni Davlat tibbiy sug‘urtasi jamg‘armasi tomonidan moliyalashtirishni tashkil qilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(d) Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi bilan birgalikda o‘tkir yurak-qon tomir va serebrovaskulyar kasalliklarga xizmat ko‘rsatuvchi tibbiyot muassasalarining shtat me’yorlarini tibbiy yordam ko‘rsatish marshrutlari, tashxislash va davolash standartlarini inobatga olgan holda qayta ko‘rib chiqsin va tasdiqlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga 6-ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlari hamda sog‘liqni saqlash vaziri A.A. Xudayarovga Milliy dasturda belgilangan tadbirlarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi hamda amaliyotga joriy etilishi bo‘yicha shaxsiy javobgarlik yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga mas’ul va shaxsiy javobgar etib sog‘liqni saqlash vaziri A.A. Xudayarov, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlari belgilansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Qaror ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun mas’ul tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2026-yil 20-yanvar,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-20-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 20-yanvardagi PQ-20-son qaroriga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Infarkt va insultga qarshi kurashish milliy dasturini hududlar kesimida joriy etish muddatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Hudud nomi

Muddati

2026-yil

1.

Samarqand viloyati

01.05.2026-yil

2.

Toshkent shahri

01.05.2026-yil

3.

Andijon viloyati

01.10.2026-yil

4.

Namangan viloyati

01.10.2026-yil

5.

Farg‘ona viloyati

01.10.2026-yil

2027-yil

6.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi

01.01.2027-yil

7.

Buxoro viloyati

01.01.2027-yil

8.

Xorazm viloyati

01.01.2027-yil

9.

Jizzax viloyati

01.04.2027-yil

10.

Sirdaryo viloyati

01.04.2027-yil

11.

Toshkent viloyati

01.04.2027-yil

12.

Qashqadaryo viloyati

01.07.2027-yil

13.

Navoiy viloyati

01.07.2027-yil

14.

Surxondaryo viloyati

01.07.2027-yil

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 20-yanvardagi PQ-20-son qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Infarkt va insultga qarshi kurashish milliy
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
DASTURI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Infarkt va insultga qarshi kurashish milliy dasturi (keyingi o‘rinlarda — Dastur) xalqaro dasturlar (“Stent for Life” va “Action Plan for Stroke”) asosida ishlab chiqilgan bo‘lib, aholi salomatligini muhofaza qilish, yurak-qon tomir va serebrovaskulyar kasalliklar profilaktikasini jadallashtirish, o‘tkir yurak infarkti va bosh miya insulti kasalliklaridan o‘lim darajasini kamaytirish hamda shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatish samaradorligini oshirish maqsadida ishlab chiqilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Dastur 2026-yil 1-maydan boshlab dastlab Samarqand viloyati va Toshkent shahrida, 2026-yil 1-oktabrdan Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida, 2027-yildan esa bosqichma-bosqich barcha hududlarda amaliyotga joriy etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Dastur doirasida quyidagi tadbirlar amalga oshiriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) yurak-qon tomir va serebrovaskulyar kasalliklarni, o‘tkir yurak infarkti va insult kasalliklarini barvaqt aniqlash va oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(i) yurak-qon tomir va serebrovaskulyar kasalliklar asoratlari (infarkt va insult) xavfini barvaqt aniqlash maqsadida oilaviy shifokorlar tomonidan Yevropa kardiologlar jamiyati tavsiyasi asosida 30 yoshdan oshgan aholini ikki bosqichli ommaviy va selektiv maqsadli tekshiruvdan o‘tkazish tizimi yo‘lga qo‘yiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(ii) birinchi bosqich (savolnoma o‘tkazish) natijasida aniqlangan xavf guruhiga mansub aholi o‘rtasida qon bosimi, qondagi xolesterin va qand miqdorini aniqlash bo‘yicha tibbiy tekshiruvlar tashkil etiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(iii) ikkinchi bosqich natijasi bo‘yicha o‘tkir yurak infarkti va insult holati yuzaga kelishi xavfi yuqori va juda yuqori bo‘lgan hamda irsiy moyilligi bor (ota-onasida yurak-qon tomir va serebrovaskulyar kasalliklar bo‘lgan) aholi guruhlari o‘rtasida ko‘rsatmaga ko‘ra instrumental tekshiruvlar (elektrokardiografiya, ultratovush tekshiruvi va doplerografiya, stress-test, tredmil test, tana massasi indeksi (BMI) va tamaki chekish statusi va boshqalar) o‘tkaziladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(iv) bemorlarda yurak va bosh miya qon tomirlarini rejali angiografiyasi hamda ko‘rsatmaga ko‘ra stentlash amaliyotlari bajariladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) o‘tkir yurak-qon tomir kasalliklariga “oltin soat” tamoyili asosida quyidagi vaqt me’yorlari bo‘yicha shoshilinch tibbiy xizmat ko‘rsatishning algoritmlari joriy qilinadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(i) tez tibbiy yordam xizmatining hududiy “Call-markaz”larida tunu kun faoliyat yuritadigan “Kardiologiya” maslahat postlari tashkil etiladi hamda EKG-telemetriya tizimi joriy qilinadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(ii) yurak-qon tomir kasalliklarida tez yordam xizmati yetib kelib elektrokardiogrammani amalga oshirgungacha bo‘lgan vaqt me’yori (EMS arrival-to-ECG time, FAST) — 10 daqiqagacha;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(iii) yurak-qon tomir kasalliklarida birinchi tibbiy muloqotdan elektrokardiogramma tahlili va “ST” segmenti ko‘tarilishi bilan miokard infarkti tashxisini tasdiqlashgacha bo‘lgan vaqt me’yori (First Medical Contact-to-ECG interpretation) — 10 daqiqagacha;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(iv) yurak-qon tomir kasalliklarida “ST” segmenti ko‘tarilishi bilan miokard infarkti tashxisi aniqlangandan keyin hududiy darajadagi shifoxonaga yo‘naltirishgacha bo‘lgan vaqt me’yori — 10 — 15 daqiqagacha;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(v) “ST” segmenti ko‘tarilishi bilan miokard infarktida tez tibbiy yordam xizmati tomonidan bemorni jarrohlik amaliyoti o‘tkazilishi lozim bo‘lgan shifoxonagacha yetkazish uchun vaqt me’yori — 90 daqiqagacha;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(vi) bemorda “ST” segmenti ko‘tarilishi bilan miokard infarkti tashxislangandan so‘ng hududiy darajadagi shifoxonalarda jarrohlik amaliyoti boshlangungacha bo‘lgan vaqt me’yori — 120 daqiqadan 12 soatgacha;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(v) o‘tkir serebrovaskulyar kasalliklarga “oltin soat” tamoyili asosida quyidagi vaqt me’yorlari bo‘yicha shoshilinch tibbiy xizmat ko‘rsatishning algoritmlari joriy qilinadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(i) serebrovaskulyar kasalliklarda tez yordam xizmati yetib kelib “FAST” algoritmini qo‘llagungacha bo‘lgan vaqt me’yori (EMS arrival-to-ECG time, FAST) — 10 daqiqagacha;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(ii) serebrovaskulyar kasalliklarda “FAST” baholash mezoni asosida insult tashxisi aniqlangandan keyin tumanlararo qo‘shma shikastlanishlar va o‘tkir qon tomir kasalliklari markazlariga yo‘naltirish qarorlari qabul qilishgacha bo‘lgan vaqt me’yori — 10 — 15 daqiqagacha;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(iii) insult holatlarida tez tibbiy yordam xizmati tomonidan bemorni tumanlararo qo‘shma shikastlanishlar va o‘tkir qon tomir kasalliklari markazlarigacha yetkazish uchun vaqt me’yori — 60 daqiqagacha;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(iv) insult holatlarida tumanlararo qo‘shma shikastlanishlar va o‘tkir qon tomir kasalliklari markazlarida instrumental tekshiruv o‘tkazish (kompyuter angiografiyasi), tromb eritish terapiyasini boshlash hamda hududiy darajadagi shifoxonaga yo‘naltirish qarorlarini qabul qilishgacha bo‘lgan vaqt me’yori — 45 daqiqagacha;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(v) insult holatlarida shifoxonalarda jarrohlik amaliyoti boshlangungacha bo‘lgan vaqt me’yori — 4,5 — 6 soatgacha;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(g) yurak-qon tomir va serebrovaskulyar kasalliklarga quyidagi ixtisoslashgan tibbiy xizmat ko‘rsatish tizimi joriy qilinadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(i) tumanlararo qo‘shma shikastlanishlar va o‘tkir qon tomir kasalliklari markazlarida tunu kun faoliyat yurituvchi infarkt va insult brigadalari faoliyati yo‘lga qo‘yiladi, ushbu markazlar tromb erituvchi dori vositalari hamda insultda instrumental tashxislash uchun dori va sarflov vositalari bilan ta’minlanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(ii) hududiy darajadagi shifoxonalarda navbatchilik brigadalari tashkil qilinadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(iii) tez tibbiy yordam brigadalari va shifoxonalar o‘rtasida ma’lumot almashinuvi yo‘lga qo‘yiladi hamda tez tibbiy yordam brigadalari uchun telefon orqali shifoxona qabul bo‘limlari navbatchi shifokorlari bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘lanish imkoniyatlari yaratiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(iv) hududiy darajadagi shifoxonalar o‘tkir yurak-qon tomir va serebrovaskulyar kasalliklarni shoshilinch holatlarda samarali davolash uchun tromb erituvchi dori vositalari va sarflov vositalari bilan ta’minlanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(v) shifoxonalarda o‘tkir yurak-qon tomir va serebrovaskulyar kasalliklarni davolashning xalqaro standart hamda klinik protokollari amaliyotga joriy qilinadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(vi) o‘tkir yurak-qon tomir va serebrovaskulyar kasalliklarni erta reabilitatsiya qilish imkoniyatlari yaratiladi hamda asoratlarning oldini olishga qaratilgan reabilitatsiya tadbirlari statsionar sharoitda kasallikning 0 — 7 kunidan boshlanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(vii) tuman (shahar) markaziy shifoxonalarida reabilitatsiya bo‘limlari tashkil qilinib, bemor maxsus reabilitatsiya dasturlari orqali sog‘lomlashtiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(viii) ambulator reabilitatsiya tadbirlari oilaviy shifokorlar tomonidan reabilitolog shifokorlar bilan hamkorlikda tashkil qilinadi hamda bemorlarning turmush tarzini yaxshilash, faoliyatini tiklash bo‘yicha dasturlar asosida ular davomli sog‘lomlashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Tibbiyot xodimlarining bilim va ko‘nikmalarini oshirish xalqaro ekspertlarni jalb etgan holda bosqichma-bosqich quyidagicha amalga oshiriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) oilaviy shifokorlar tomonidan 30 yoshdan oshgan aholi orasida yurak-qon tomir va serebrovaskulyar kasalliklar xavfini barvaqt aniqlash maqsadida ularda maqsadli tekshiruvlarini o‘tkazish ko‘nikmalari, shuningdek, insultni erta aniqlashda “FAST” algoritmidan foydalanish tajribasi shakllantiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) tez tibbiy yordam brigadalarining infarktda EKG tahlili hamda telemetriyadan foydalanish, tromb erituvchi terapiyani amalga oshirish, insult holatlarida esa “FAST” algoritmi orqali kasallikni erta tashxislash ko‘nikmalari takomillashtiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(v) tuman (shahar) markaziy shifoxonalari, tumanlararo qo‘shma shikastlanishlar va o‘tkir qon tomir kasalliklari markazlari hamda hududiy darajadagi tibbiyot muassasalari mutaxassislari o‘tkir yurak-qon tomir va serebrovaskulyar kasalliklarga chalingan bemorlarni tashxislash, shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatish, davolash hamda erta reabilitatsiya qilish bo‘yicha qisqa hamda uzoq muddatli kurslarda o‘qitiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(g) hududiy darajadagi shifoxonalar shifokorlari yuqori texnologiyali jarrohlik usullari, jumladan, stentlash hamda trombektomiya amaliyotlarini bajarish bo‘yicha tayyorlanadi (qayta tayyorlanadi);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(d) respublika markazlarida tibbiyot xodimlari malakasini oshirish uchun milliy klinik simulyatsiya markazlari tashkil etiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(j) har yili kamida 10 nafar neyrointervensionist hamda neyroreanimatolog mutaxassislarni tayyorlash (qayta tayyorlash) maqsadida tibbiyot xodimlari Yaponiya va Yevropa Ittifoqi davlatlariga o‘qishga yuboriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(z) Dastur joriy qilingan hududlarda mahalliy mutaxassislarni tayyorlash uchun xorijiy mutaxassislar (neyrointervensionist va neyroreanimatolog) jalb qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Sohaga sun’iy intellektni joriy qilish bo‘yicha quyidagilar amalga oshiriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) tez tibbiy yordam xizmati tomonidan EKG natijalarini sun’iy intellekt yordamida tahlil qilish tizimi joriy qilinadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) statsionar tibbiyot tashkilotlari tomonidan insultni tashxislashda sun’iy intellektdan foydalaniladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(v) barcha darajadagi statsionar tibbiyot tashkilotlari o‘rtasida teletibbiyot xizmatlarini joriy qilish orqali infarkt va insult holatlari hamda bemorlar marshruti muvofiqlashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Dasturni amalga oshirish natijasida 2030-yil yakuniga qadar quyidagi asosiy maqsadli ko‘rsatkichlar va indikatorlarga erishish kutilmoqda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) infarkt va insultdan gospital o‘limni 40 foizgacha, shifoxonagacha bo‘lgan o‘limni 30 foizgacha qisqartirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) infarkt va insultdan keyingi nogironlikni 30 foizgacha qisqartirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(v) “oltin soat”da shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatish qamrovini o‘tkir koronar sindrom holatlarida 90 foizgacha va ishemik insult holatlarida 20 foizgacha yetkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(g) tez tibbiy yordam brigadalarini T-EKG va monitorli defibrillyator uskunalari bilan to‘liq ta’minlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(d) oilaviy shifokorlar, tez yordam brigadalari shifokorlari, reabilitologlar va hududiy shifoxona shifokorlarining malakasini kompleks ravishda oshirish, shu jumladan, har yili kamida 10 nafar mutaxassisni xorijiy tajriba asosida tayyorlash (qayta tayyorlash);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(j) tuman (shahar) markaziy shifoxonalarida reabilitatsiya bo‘limlari tashkil etish, statsionar va ambulator reabilitatsiya tizimini to‘liq yo‘lga qo‘yish orqali infarkt va insultdan keyingi reabilitatsiya qamrovini 100 foizgacha yetkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(z) EKG natijalarini sun’iy intellekt yordamida tahlil qilish tizimini joriy etish, insult tashxisida sun’iy intellektdan foydalanish hamda barcha darajadagi shifoxonalar o‘rtasida teletibbiyot xizmatini to‘liq ishga tushirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan har yil yakunida Dasturda belgilangan tadbirlarning ijrosi, erishilgan natijalar hamda yuzaga kelayotgan muammolarni bartaraf etish yuzasidan tahliliy ma’lumot va takliflar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi hamda Vazirlar Mahkamasiga kiritilib, jamoatchilikka e’lon qilib boriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 20-yanvardagi PQ-20-son qaroriga
3-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘tkir yurak-qon tomir va serebrovaskulyar kasalliklarga chalingan bemorlarga tibbiy xizmat ko‘rsatish tizimini takomillashtirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“YO‘L XARITASI”
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Chora-tadbirlar nomi

Amalga oshirish mexanizmi

Ijro muddatlari

Moliyalashtirish manbalari

Mas’ul ijrochilar

1.

Yurak-qon tomir va serebrovaskulyar kasalliklariga chalingan bemorlarga tibbiy yordam ko‘rsatish marshrutlarini ishlab chiqish va amaliyotga joriy qilish.

1. Respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlari, ta’lim muassasalari hamda soha mutaxassislari (kardiolog, intervension jarroh, nevrolog va neyroxirurglar va boshqalar)dan iborat ishchi guruhni shakllantirish.

2026-yil yanvar

-

Sog‘liqni saqlash vazirligi

2. Yurak-qon tomir va serebrovaskulyar kasalliklar bo‘yicha xalqaro klinik protokollarni qabul qilish, tibbiy yordam ko‘rsatish marshrutlari hamda vaqt me’yorlarini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2026-yil mart

Sog‘liqni saqlash vazirligi

3. Dastlab Samarqand viloyati va Toshkent shahrida, bosqichma-bosqich barcha hududlarda tez tibbiy yordam brigadalari va tibbiyot muassasalariga tasdiqlangan yurak-qon tomir va serebrovaskulyar kasalliklar bo‘yicha tibbiy yordam ko‘rsatish marshrutlari, klinik protokollar hamda standart operatsion muolajalarni amaliyotga joriy qilish.

Bunda tez tibbiy yordam brigadalari tomonidan tromb erituvchi dori vositalari qo‘llanishi, tumanlararo qo‘shma shikastlanishlar va o‘tkir qon-tomir kasalliklari markazlari tomonidan instrumental tekshiruvlardan o‘tkazilishi hamda ko‘rsatmaga ko‘ra Respublika ixtisoslashgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi hamda Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazlarining hududiy filiallari hamda hududiy ko‘p tarmoqli tibbiyot markazlari tomonidan shoshilinch stentlash hamda insultda qon-tomir jarrohligi amaliyotlarini yo‘lga qo‘yish.

2026-yil maydan boshlab

Sog‘liqni saqlash vazirligi,

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari

2.

Aholi orasida yurak-qon tomir va serebrovaskulyar kasalliklarni erta aniqlash va ularning oldini olish tizimini takomillashtirish.

1. Xalqaro tajribada keng qo‘llaniladigan yurak-qon tomir va serebrovaskulyar kasalliklarni erta bosqichlarda aniqlash imkonini beruvchi savolnoma va algoritmlarni tasdiqlash.

2. Yurak-qon tomir va serebrovaskulyar kasalliklarni erta bosqichlarda aniqlash bo‘yicha savolnoma va algoritmlarni amaliyotda qo‘llash yuzasidan oilaviy shifokorlarni bosqichma-bosqich ish joyida o‘qitish.

2026-yil mart

Tibbiyotni rivojlantirish davlat maqsadli jamg‘armasi mablag‘lari

Sog‘liqni saqlash vazirligi

3. 30 yoshdan oshgan aholini oilaviy shifokorlar tomonidan yurak-qon tomir va serebrovaskulyar kasalliklarni erta aniqlash bo‘yicha skrining tekshiruvidan yiliga kamida bir marotaba o‘tkazishni boshlash.

4. Aholida yurak-qon tomir kasalliklarini erta aniqlash bo‘yicha skrining tekshiruvlarini o‘tkazish, jumladan, koronarografiya usulida tekshiruvlarni tashkil etish.

2026-yil maydan boshlab

3.

Yurak-qon tomir va serebrovaskulyar kasalliklarga tibbiy xizmat ko‘rsatishni tartibga solish.

1. Yurak-qon tomir va serebrovaskulyar kasalliklar bo‘yicha xalqaro klinik protokollar asosida tibbiyot muassasalari tomonidan tibbiy xizmat ko‘rsatish tartibi hamda har bir holat bo‘yicha bemorlar marshruti va tibbiy xizmat ko‘rsatish algoritmlarini tasdiqlash.

2026-yil mart

-

Sog‘liqni saqlash vazirligi

2. Yurak-qon tomir va serebrovaskulyar kasalliklarda bemorlar marshruti va tibbiy xizmat ko‘rsatish algoritmlarini Infarkt va insultga qarshi kurashish milliy dasturi joriy qilingan hududlardagi tibbiyot muassasalariga joriy qilish.

3. O‘tkir yurak-qon tomir va serebrovaskulyar kasalliklarda aholiga shoshilinch tibbiy xizmat ko‘rsatuvchi davlat va nodavlat tibbiyot tashkilotlarini bemorlar marshruti, klinik protokollar hamda tashxislash va davolash standartlarini inobatga olgan holda doimiy belgilab borish.

2026-yil maydan boshlab

4.

O‘tkir yurak-qon tomir va serebrovaskulyar kasalliklarda aholiga tez tibbiy yordam ko‘rsatish tizimini takomillashtirish.

1. Shoshilinch holatlarda EKG-telemetriya hamda FAST algoritmidan foydalanish va o‘tkir yurak-qon tomir va serebrovaskulyar kasalliklarda trombolizis terapiyasini o‘tkazish bo‘yicha tez tibbiy yordam brigadasi tibbiyot xodimlari uchun o‘quv dasturlarini xalqaro tashkilotlarni jalb qilgan holda ishlab chiqish.

2026-yil fevral

-

Sog‘liqni saqlash vazirligi

2. Tez tibbiy yordam brigadasi tibbiyot xodimlarini:

a) infarktda EKG-telemetriya hamda EKG natijalarini sun’iy intellekt yordamida tahlil qilish, shifoxonagacha bo‘lgan muddatda trombolizis terapiyasini o‘tkazish;

b) insultda FAST algoritmidan foydalanish hamda tromb erituvchi dori vositalarini qo‘llash bo‘yicha qisqa muddatli malaka oshirish kurslarida bosqichma-bosqich o‘qitish.

2026-yil apreldan boshlab

Sog‘liqni saqlash vazirligi,

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar

va Toshkent shahri hokimliklari

5.

Yurak-qon tomir va serebrovaskulyar kasalliklarni o‘tkazgan bemorlarning ma’lumotlar bazasini shakllantirish.

1. “Elektron sog‘liqni saqlash” axborot tizimida yagona yurak-qon tomir va serebrovaskulyar kasalliklar reyestrini yuritish imkoniyatini yaratish.

2026-yil aprel

Davlat budjetidan Sog‘liqni saqlash vazirligiga ajratilgan mablag‘lar

Raqamli texnologiyalar vazirligi,

Sog‘liqni saqlash vazirligi

2. Yagona yurak-qon tomir va serebrovaskulyar kasalliklar reyestrining Infarkt va insultga qarshi kurashish milliy dasturi amaliyotga joriy qilingan hududlardagi birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalari, tuman (shahar) markaziy shifoxonalari, tumanlararo qo‘shma shikastlanishlar va o‘tkir qon-tomir kasalliklari markazlari, hududiy va respublika darajasidagi tibbiyot muassasalari hamda xususiy tibbiyot tashkilotlari tomonidan yuritilishini ta’minlash.

2026-yil apreldan boshlab

Sog‘liqni saqlash vazirligi,

Raqamli texnologiyalar vazirligi

3. Infarkt va insultga qarshi kurashish xalqaro dasturlari (“Stent for Life” va “Action Plan for Stroke”) doirasida yurak-qon tomir va serebrovaskulyar kasalliklarida aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifatini baholash tizimini joriy qilish.

Sog‘liqni saqlash vazirligi,

Raqamli texnologiyalar vazirligi

4. Xalqaro hamkor tashkilotlar bilan birgalikda Infarkt va insultga qarshi kurashish milliy dasturi amaliyotga joriy qilingan hududlarda yurak-qon tomir va serebrovaskulyar kasalliklar bo‘yicha aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifatini doimiy baholab borish.

Sog‘liqni saqlash vazirligi

6.

O‘tkir yurak-qon tomir va serebrovaskulyar kasalliklarda aholiga tez tibbiy yordam ko‘rsatish tizimining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash.

1. Samarqand viloyati va Toshkent shahri tez tibbiy yordam brigadalarini elektrokardiogramma natijalarini sun’iy intellekt yordamida tahlil qilish hamda telemetriya qilish imkonini beruvchi elektrokardiograf hamda monitorli defibrillyator uskunasi bilan ta’minlash.

2026-yil mart

Tibbiyotni rivojlantirish davlat maqsadli jamg‘armasi mablag‘lari 22 mlrd so‘m

Sog‘liqni saqlash vazirligi

2. Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarning tez tibbiy yordam brigadalarini elektrokardiogramma natijalarini sun’iy intellekt yordamida tahlil qilish hamda telemetriya qilish imkonini beruvchi elektrokardiograf hamda monitorli defibrillyator uskunalari bilan ta’minlash.

2026-yil iyulga qadar

Davlat budjeti 135 mlrd so‘m

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari

3. Samarqand viloyati va Toshkent shahri shifoxonalarini tromb erituvchi dori vositalari bilan ta’minlash.

2026-yil mart

Davlat budjeti 5 mlrd so‘m

Sog‘liqni saqlash vazirligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

4. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida shifoxonalarni tromb erituvchi dori vositalari bilan ta’minlash.

2026-yil sentabrga qadar

Davlat budjeti 16 mlrd so‘m

2027-yildan boshlab har yili 52 mlrd so‘m

Sog‘liqni saqlash vazirligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

5. Samarqand viloyati va Toshkent shahri tumanlararo qo‘shma shikastlanishlar va o‘tkir qon-tomir kasalliklari markazlarini bosh miyada qon aylanishining o‘tkir buzilishi holatlarida instrumental tashxislash uchun zarur dori va sarflov vositalari bilan ta’minlash.

2026-yil mart

Davlat budjeti 2 mlrd so‘m

Sog‘liqni saqlash vazirligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

6. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyatlar tumanlararo qo‘shma shikastlanishlar va o‘tkir qon-tomir kasalliklari markazlarini bosh miyada qon aylanishining o‘tkir buzilishi holatlarida instrumental tashxislash uchun zarur dori va sarflov vositalari bilan ta’minlash.

2026-yil sentabrga qadar

Davlat budjeti 7,5 mlrd so‘m

Sog‘liqni saqlash vazirligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

2027-yildan boshlab

Har yili 23 mlrd so‘m

7.

Hududiy tibbiyot muassasalari mutaxassislarining malakasini oshirish.

1. Respublika markazlari tomonidan “Angels Initiative” xalqaro tashabbus tashkiloti bilan hamkorlikda xorijiy va mahalliy soha mutaxassislaridan iborat mobil ishchi guruhlarni shakllantirish.

2026-yil yanvar

-

Sog‘liqni saqlash vazirligi

2. Samarqand viloyati va Toshkent shahri tumanlararo qo‘shma shikastlanishlar va o‘tkir qon-tomir kasalliklari markazlarining infarkt va insult brigadalari tibbiyot xodimlarining bosh miyada qon aylanishining o‘tkir buzilishi holatlarida instrumental tashxislash usullari bo‘yicha malakasini oshirish.

3. Samarqand viloyati va Toshkent shahri hududiy darajadagi shoshilinch ixtisoslashgan tibbiy xizmat ko‘rsatuvchi tibbiyot muassasalari mutaxassislarining bosh miyada qon aylanishining o‘tkir buzilishi holatlarida instrumental tashxislash usullari bo‘yicha hamda murakkab stentlash va insultda qon tomir jarrohligi amaliyotlari bo‘yicha malakasini oshirish.

2026-yil fevral

Xalqaro tashkilotlar hamda ijrochilarning budjetdan tashqari mablag‘lari

4. Barcha tumanlararo qo‘shma shikastlanishlar va o‘tkir qon-tomir kasalliklari markazlarining infarkt va insult brigadalari tibbiyot xodimlarining bosh miyada qon aylanishining o‘tkir buzilishi holatlarida instrumental tashxislash usullari bo‘yicha hamda hududiy darajadagi tibbiyot muassasalarida murakkab stentlash va insultda qon-tomir jarrohligi amaliyotlari bo‘yicha malakasini oshirish.

2026-2027-yillar

8.

Hududiy darajadagi tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash.

1. Samarqand viloyati va Toshkent shahridagi o‘tkir yurak-qon tomir va bosh miyada qon aylanishining o‘tkir buzilishi holatlarida bemorlarga shoshilinch ixtisoslashgan tibbiy xizmat ko‘rsatuvchi tibbiyot muassasalarini stentlash va insultda qon-tomir jarrohligi amaliyotlari uchun zarur sarflov vositalari bilan ta’minlash.

2026-yil mart

Davlat budjeti 45 mlrd so‘m

Sog‘liqni saqlash vazirligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

2. O‘tkir yurak-qon tomir va bosh miyada qon aylanishining o‘tkir buzilishi holatlarida bemorlarga shoshilinch ixtisoslashgan tibbiy xizmat ko‘rsatuvchi tibbiyot muassasalarini stentlash va insultda qon-tomir jarrohligi amaliyotlari uchun zarur sarflov vositalari bilan ta’minlash.

2026-yil sentabrga qadar

Davlat budjeti 52 mlrd so‘m

2027-yildan boshlab har yili 205 mlrd so‘m

9.

Tumanlararo qo‘shma shikastlanishlar va o‘tkir qon-tomir kasalliklari markazlarida yurak-qon tomir kasalliklariga chalingan bemorlarga tunu kun ixtisoslashgan tibbiy yordam ko‘rsatilishini ta’minlash.

1. Tajriba-sinov loyihasi doirasidagi tuman (shahar) shifoxonalari tarkibida tashkil etilgan tumanlararo qo‘shma shikastlanishlar va o‘tkir qon-tomir kasalliklari markazlarining shtat me’yorlarini yurak-qon tomir kasalliklariga tibbiy yordam ko‘rsatish marshrutlari, tashxislash va davolash standartlarini inobatga olgan holda qayta ko‘rib chiqish.

Bunda tumanlararo qo‘shma shikastlanishlar va o‘tkir qon-tomir kasalliklari markazlarida Shoshilinch qabul bo‘limi (Emergency department) tashkil qilinishi va unda jarroh, neyrojarroh, terapevt, anestiziolog-reanimatolog (qizil hududga), MSKT shifokori va o‘rta tibbiyot xodimlaridan iborat infarkt va insult brigadalari tomonidan tunu kun tibbiy xizmat ko‘rsatish imkoniyatini yaratish.

2. Tumanlararo qo‘shma shikastlanishlar va o‘tkir qon-tomir kasalliklari markazlari hamda Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining hududiy filiallarining shtat me’yorlarini Iqtisodiyot va moliya vazirligi va Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi bilan birgalikda belgilangan tartibda tasdiqlash.

2026-yil fevral

Hisob-kitoblar asosida

Sog‘liqni saqlash vazirligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi

10.

Hududiy va respublika darajasidagi tibbiyot muassasalarida bemorlarga tunu kun shoshilinch tibbiy xizmat ko‘rsatishni tashkil qilish.

1. Hududiy va respublika darajasidagi davlat tibbiyot muassasalarida bemorlarni kasallikning og‘irlik darajasi bo‘yicha saralaydigan (triaj) tunu kun ishlaydigan shoshilinch qabul bo‘limlarini tashkil qilish.

2. Hududiy va respublika darajasidagi davlat tibbiyot muassasalarida tashkil qilinadigan shoshilinch qabul bo‘limlarini saqlash xarajatlari Davlat tibbiy sug‘urtasi jamg‘armasi tomonidan qoplanishi uchun Davlat budjetidan qo‘shimcha mablag‘ ajratish.

Bunda tibbiy yordam ko‘rsatishda sarflangan dori va sarflov vositalarining (markazlashgan tartibda xarid qilingan dori va sarflov vositalaridan tashqari) xarajatlari ularning xarid narxida qoplab beriladi.

2026-yil apreldan boshlab

-

Sog‘liqni saqlash vazirligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

Davlat tibbiy sug‘urtasi jamg‘armasi

11.

Nodavlat tibbiyot tashkilotlari tomonidan o‘tkir yurak-qon tomir va serebrovaskulyar kasalliklarda aholiga shoshilinch tibbiy xizmat ko‘rsatishni tashkil qilish.

1. Shoshilinch tibbiy xizmat ko‘rsatiladigan o‘tkir yurak-qon tomir va serebrovaskulyar kasalliklar ro‘yxatini tasdiqlash.

2026-yil mart

-

Sog‘liqni saqlash vazirligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi

2. O‘tkir yurak-qon tomir va serebrovaskulyar kasalliklarda ko‘rsatiladigan shoshilinch tibbiy xizmatlarning bazaviy narxlarini ishlab chiqish va belgilangan tartibda tasdiqlash.

2026-yil iyun

3. Nodavlat tibbiyot tashkilotlari tomonidan o‘tkir yurak-qon tomir va serebrovaskulyar kasalliklarda aholiga shoshilinch tibbiy xizmat ko‘rsatish xarajatlarini Davlat tibbiy sug‘urtasi jamg‘armasi tomonidan bazaviy narxlar asosida qoplab berishni tashkil qilish.

2026-yil iyuldan boshlab

12.

Tibbiy statistik ma’lumotlar yuritish tizimini takomillashtirish.

1. Tibbiy statistik ma’lumotlar yuritish tizimini takomillashtirish bo‘yicha xalqaro ekspertlarni jalb qilish.

2026-yil avgust

Tibbiyotni rivojlantirish davlat maqsadli jamg‘armasi mablag‘lari

Sog‘liqni saqlash vazirligi,

Milliy statistika qo‘mitasi

2. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) hamda xalqaro tajribada qo‘llaniladigan tibbiy-statistik ma’lumotlar yuritish uslubini amaliyotga joriy qilish.

2026-yil yakuniga qadar

13.

Aholi orasida targ‘ibot ishlarini tizimli yo‘lga qo‘yish.

1. Aholi orasida yurak-qon tomir va serebrovaskulyar kasalliklarning xavf omillari hamda ularni bartaraf etish bo‘yicha profilaktik tadbirlar hamda sog‘lom turmush tarziga rioya qilish yuzasidan targ‘ibot ishlarini doimiy tashkil qilish.

2. Ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlar orqali:

“Hoziroq harakatlan — hayotni saqlab qol!” mavzusida ijtimoiy roliklarni ishlab chiqish va ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlar orqali davriy namoyish qilinishini ta’minlash;

infografika, animatsiya va hayoti saqlab qolingan bemorlar haqidagi qisqametrajli videoroliklarni davriy joylashtirish.

2026-yil apreldan boshlab

Davlat budjeti mablag‘lari

Ommaviy axborot vositalari uchun kontent tayyorlash markazi,

Sog‘liqni saqlash vazirligi,

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar

va Toshkent shahri hokimliklari

3. Yurak-qon tomir va serebrovaskulyar kasalliklarning xavf omillari hamda ularni bartaraf etish bo‘yicha profilaktik tadbirlar hamda sog‘lom turmush tarziga rioya qilish yuzasidan bozor va savdo markazlari yaqinida bilbord va bannerlar o‘rnatish.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar

va Toshkent shahri hokimliklari

14.

Ta’lim tashkilotlari, yirik korxona va tashkilotlarda targ‘ibot ishlarini tashkil qilish.

1. Ta’lim tashkilotlari, yirik korxona va tashkilotlarda yurak-qon tomir va serebrovaskulyar kasalliklarning xavf omillari hamda ularni bartaraf etish bo‘yicha profilaktik tadbirlar hamda sog‘lom turmush tarziga rioya qilish, infarkt va insult alomatlarini aniqlash bo‘yicha treninglar, ma’ruzalar va seminarlar o‘tkazishni tashkil etish.

2026-yil apreldan boshlab

-

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi,

Sog‘liqni saqlash vazirligi,

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar

va Toshkent shahri hokimliklari

2. Mahallalarda birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalarining oilaviy shifokorlari va hamshiralar ishtirokida yurak-qon tomir va serebrovaskulyar kasalliklarning xavf omillari hamda ularni bartaraf etish bo‘yicha profilaktik tadbirlar hamda sog‘lom turmush tarziga rioya qilish, infarkt va insult alomatlarini aniqlash bo‘yicha ommaviy chiqishlarni tashkil qilish.

Sog‘liqni saqlash vazirligi

15.

Yurak-qon tomir va serebrovaskulyar kasalliklarni o‘tkazgan bemorlarning reabilitatsiyasini tashkil qilish.

1. Yurak-qon tomir va serebrovaskulyar kasalliklarda bemorlarni erta hamda kechki reabilitatsiya qilish bo‘yicha klinik protokollarni ishlab chiqish maqsadida ishchi guruh tashkil qilish hamda xorijiy tajribaga asoslangan holda reabilitatsiya bosqichlari, uslublari hamda davolash davomiyligini belgilash.

2026-yil fevral

-

Sog‘liqni saqlash vazirligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

2. Tuman (shahar) markaziy shifoxonalari hamda hududiy darajadagi shifoxonalarda yurak-qon tomir va serebrovaskulyar kasalliklardan keyingi erta tibbiy reabilitatsiya qilish tizimini joriy qilish.

Bunda quyidagilarni ta’minlash:

shifoxonalar mutaxassislarining kasallikdan keyingi erta tibbiy reabilitatsiya qilish bo‘yicha bosqichma-bosqich malakasini oshirish;

shifoxonalarni zarur tibbiy asbob-uskunalar bilan jihozlash.

3. Erta tibbiy reabilitatsiya xarajatlarini Davlat tibbiy sug‘urtasi jamg‘armasi hisobidan qoplash tizimini joriy qilish.

2026-yil apreldan boshlab

Hisob-kitoblar asosida

16.

Barcha hududlarda Infarkt va insultga qarshi kurashish milliy dasturini bosqichma-bosqich joriy etish.

2026-yil 1-oktabrdan boshlab bosqichma-bosqich respublikaning barcha hududlarida xalqaro dasturlar asosida ishlab chiqilgan Infarkt va insultga qarshi kurashish milliy dasturini joriy etish.

Reja-jadval asosida

-

Sog‘liqni saqlash vazirligi

17.

Yurak-qon tomir va serebrovaskulyar kasalliklarni davolovchi mutaxassislarni tayyorlash va malakasini oshirish.

1. Neyrointervensionist hamda reanimatolog mutaxassislarni xalqaro standartlar asosida tayyorlash (qayta tayyorlash) uchun respublikaga xorijiy hamkorlarni jalb qilish. Bunda:

o‘qitish jarayonlari tizimli va doimiy tashkil etilishini ta’minlash;

infarkt va insultga qarshi kurashish milliy dasturi joriy qilingan hududlarda mahalliy mutaxassislarni tayyorlash uchun xorijiy mutaxassislarni (neyrointervensionist va neyroreanimatologlar) jalb qilish.

2. Har yili kamida 10 nafar neyrointervensionist hamda neyroreanimatolog mutaxassislarni tayyorlash (qayta tayyorlash) maqsadida Yaponiya va Yevropa Ittifoqi davlatlariga tibbiyot xodimlarini o‘qishga yuborish.

Bunda o‘qib respublikaga qaytgan mutaxassislarning Yaponiya va Yevropa Ittifoqi davlatlarida tan olinadigan sertifikatga ega bo‘lishini ta’minlash.

2026 — 2030-yillar davomida

Tibbiyotni rivojlantirish davlat maqsadli jamg‘armasi

Sog‘liqni saqlash vazirligi

18.

Tez tibbiy yordam hamda patologik anatomiya xizmati faoliyatini takomillashtirish.

Tez tibbiy yordam hamda patologik anatomiya xizmatini takomillashtirish bo‘yicha normativ-huquqiy hujjat loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2026-yil aprel

-

Sog‘liqni saqlash vazirligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 20-yanvardagi PQ-20-son qaroriga
4-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Infarkt va insultga qarshi kurashish milliy dasturini 2026 — 2030-yillarda amalga oshirish samaradorligini aniqlash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
KO‘RSATKICHLARI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Samaradorlik ko‘rsatkichlari

2025-yil

2026-yil

2027-yil

2028-yil

2029-yil

2030-yil

1.

Qon aylanish tizimi kasalliklaridan o‘limning umumiy ulushi (foizda)

57,6

57

55

53

51

49

2.

Infarktda gospital o‘lim ko‘rsatkichi (foizda)

11,3

11,0

10,0

8,5

7,5

7,0

3.

Serebrovaskulyar kasalliklarda gospital o‘lim ko‘rsatkichi (foizda)

8,0

8,0

7,6

7,2

6,8

6,5

4.

Har 100 ming nafar aholi o‘rtasida infarkt ko‘rsatkichi

65,3

68,0

70,0

60,0

55,0

50,0

5.

Har 100 ming nafar aholi o‘rtasida insult ko‘rsatkichi

158,0

165,0

210,0

180,0

160,0

150,0

6.

Har 100 ming nafar aholiga to‘g‘ri keladigan infarktdan o‘limlar ko‘rsatkichi

18,0

17,5

17,0

16,0

15,0

14,0

7.

Har 100 ming nafar aholiga to‘g‘ri keladigan o‘tkir bosh miya qon aylanishi buzilishidan o‘limlar ko‘rsatkichi

23,0

22,0

21,5

20,0

18,0

16,0

8.

Infarkt va insultdan keyingi nogironlik ko‘rsatkichi (foizda)

85

80

75

70

65

60

9.

Insult va infarktda o‘tkaziladigan trombolizis muolajalari soni

1 500

2 500

4 000

5 000

6 000

7 000

10.

Shoshilinch holatlarda o‘tkaziladigan stentlash amaliyotlari soni

4 000

5 000

6 000

7 000

8 000

9 000

11.

Shoshilinch holatlarda o‘tkaziladigan bosh miya qon tomir jarrohliklari soni

0

1 500

2 500

5 000

5 500

6 000

12.

“Oltin soat” ichida infarktda yordam ko‘rsatilgan bemorlar ulushi (foizda)

60

65

70

75

80

90

13.

“Oltin soat” ichida insultda yordam ko‘rsatilgan bemorlar ulushi (foizda)

1

3

7

10

14

18

14.

Insult holatlarida trombolizis yoki trombektomiya bilan qamrov ulushi (foizda)

10

30

50

70

80

90

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 20-yanvardagi PQ-20-son qaroriga
5-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Samarqand viloyati va Toshkent shahridagi tez tibbiy yordam brigadalarini T-EKG uskunasi hamda monitorli defibrillyator bilan jihozlash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TAQSIMOTI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Hudud nomi

T-EKG uskunasi

Monitorli defibrillyator

Samarqand viloyati

1.

Samarqand shahri

21

18

2.

Kattaqo‘rg‘on shahri

5

5

3.

Oqdaryo tumani

7

6

4.

Bulung‘ur tumani

11

8

5.

Jomboy tumani

11

7

6.

Ishtixon tumani

18

12

7.

Kattaqo‘rg‘on tumani

19

9

8.

Qo‘shrabot tumani

7

6

9.

Narpay tumani

3

8

10.

Payariq tumani

18

6

11.

Pastdarg‘om tumani

27

5

12.

Paxtachi tumani

7

8

13.

Samarqand tumani

13

12

14.

Nurobod tumani

11

6

15.

Urgut tumani

40

11

16.

Toyloq tumani

13

7

Jami

231

134

Toshkent shahri

1.

Uchtepa tumani

21

-

2.

Bektemir tumani

8

3

3.

Yunusobod tumani

35

3

4.

Mirzo Ulug‘bek tumani

24

4

5.

Mirobod tumani

12

2

6.

Shayxontohur tumani

25

3

7.

Olmazor tumani

27

3

8.

Sergeli tumani

14

2

9.

Yashnobod tumani

25

6

10.

Yakkasaroy tumani

9

3

11.

Yangihayot tumani

14

3

12.

Chilonzor tumani

21

3

Jami

235

35

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh: Sog‘liqni saqlash vazirligiga mazkur ro‘yxatga zaruratga ko‘ra o‘zgartirish kiritish vakolati beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 20-yanvardagi PQ-20-son qaroriga
6-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga kiritiladigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1999-yil 10-iyundagi “Zulfiya nomidagi Davlat mukofotini ta’sis etish bo‘yicha takliflarni qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida”gi PF-2326-son Farmonida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) muqaddima va 2-bandning ikkinchi xatboshisi “sport,” so‘zidan keyin “tibbiyot,” so‘zi bilan to‘ldirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) 6-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“6. Belgilansinki, Zulfiya nomidagi Davlat mukofotini berish, uning ko‘krak nishonlari va diplomini tayyorlash bilan bog‘liq sarf-xarajatlar mazkur maqsadlar uchun Oila va xotin-qizlar qo‘mitasiga Davlat budjetidan ajratilgan mablag‘lar hisobidan amalga oshiriladi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(v) 1-ilovaning 1-bandi birinchi xatboshisi va 2-bandi birinchi xatboshisi “sport,” so‘zidan keyin “tibbiyot,” so‘zi bilan to‘ldirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(g) 2-ilovaning 1-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“1. Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi huzuridagi Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti komissiyasi (keyingi o‘rinlarda — Komissiya) ta’lim, fan, adabiyot, madaniyat, san’at, sport, tibbiyot, axborot texnologiyalari va boshqa sohalardagi eng nufuzli arboblardan, ijodiy uyushmalar, nodavlat notijorat tashkilotlar, ta’lim, madaniyat, tibbiyot va sport muassasalarining taniqli vakillaridan tashkil topadi va uning tarkibi har to‘rt yilda uchdan ikki qismi yangilanishi nazarda tutilgan holda Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi. Mazkur Komissiya a’zolari jamoatchilik asosida ishlaydilar”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 12-noyabrdagi “Sog‘liqni saqlash tizimini tashkil etishning yangi modeli va davlat tibbiy sug‘urtasi mexanizmlarini Sirdaryo viloyatida joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4890-son qarori 5-ilovasining matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Davlat tibbiy sug‘urtasi jamg‘armasi Kuzatuv kengashining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TARKIBI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Sharaxmetov Shaxrux Shaturg‘unovich

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi mas’ul xodimi, Kuzatuv kengashi raisi

Xudayarov Asilbek Anvarovich

sog‘liqni saqlash vaziri, Kuzatuv kengashi raisi o‘rinbosari

Turaxujayev Halilillo Sobirjonovich

Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi raisi

Fazilkarimov Otabek Rustamovich

iqtisodiyot va moliya vazirining o‘rinbosari

Lavozimi bo‘yicha

Qoraqalpog‘iston Respublikasi sog‘liqni saqlash vaziri, viloyatlar va Toshkent shahar sog‘liqni saqlash boshqarmalari boshliqlari

Ishanxodjayev Kamoliddin Nuriddinovich

O‘zbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi raisi

Ermatov Zoxid Shavkatovich

Davlat tibbiy sug‘urtasi jamg‘armasi ijro etuvchi direktori, Kuzatuv kengashi kotibi

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh: Kuzatuv kengashi a’zolari boshqa ishga o‘tgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimga yangi tayinlangan yoki tegishli funksiyalarni bajarish zimmasiga yuklangan shaxslar kiritiladi”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 22-yanvardagi “Sog‘liqni saqlash sohasida islohotlarni chuqurlashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-38-son qarori 9-bandi “a” kichik bandining to‘rtinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Bunda 2028-yilga qadar respublika darajasidagi barcha davolash-profilaktika muassasalari milliy yoki xalqaro akkreditatsiyadan o‘tkazilishi nazarda tutilsin”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 21-maydagi “Onkologik, gematologik va immunologik kasalliklarga chalingan bolalarga tibbiy yordam ko‘rsatishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-183-son qaroriga 2-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Bolalar onkologiyasi, gematologiyasi va immunologiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazining kuzatuv kengashi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TARKIBI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

1.

Sh.Sh. Sharaxmetov

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi mas’ul xodimi, Kuzatuv kengashi raisi

2.

A.A. Xudayarov

sog‘liqni saqlash vaziri, Kuzatuv kengashi raisi o‘rinbosari

3.

B.J. A’loyev

tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari

4.

O.R. Fazilkarimov

iqtisodiyot va moliya vaziri o‘rinbosari

5.

Sh.X. Gulamov

investitsiyalar, sanoat va savdo vazirining o‘rinbosari v.b.

6.

N.U. Muxammadiyev

adliya vaziri o‘rinbosari

7.

D.K. Adilov

qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari

8.

A.A. Abduqayumov

Respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktori

9.

T.U. Aripova

Immunologiya va inson genomikasi instituti direktori

10.

D.A. Agzamxodjayeva

Bolalar onkologiyasi, gematologiyasi va immunologiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktori o‘rinbosari, Kuzatuv kengashi kotibi

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh: Kuzatuv kengashi a’zolari boshqa ishga o‘tgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimga yangi tayinlangan yoki tegishli funksiyalarni bajarish zimmasiga yuklangan shaxslar kiritiladi”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-maydagi “Sog‘liqni saqlash tizimidagi islohotlarni amalga oshirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-185-son qaroriga 1-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Tuman (shahar) sog‘liqni saqlash bo‘limlarining namunaviy tashkiliy tuzilmasi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Bo‘lim boshlig‘i

Boshliq o‘rinbosari — statsionar sho‘basi boshlig‘i*

Boshliq o‘rinbosari — oilaviy tibbiyot sho‘basi boshlig‘i

Boshliq o‘rinbosari — moliya-iqtisod sho‘basi boshlig‘i

Statsionar sho‘basi

(onalik va bolalikni muhofaza qilish, statsionar xizmatlar)

2 — 4

Oilaviy tibbiyot sho‘basi

(oilaviy poliklinikalar faoliyatini muvofiqlashtirish)

2 — 4

Markazlashgan moliya-buxgalteriya xizmati**

Pullik, DXSH va autsorsing xizmatlarini rivojlantirish bo‘yicha bosh mutaxassis

1

Tuman (shahar) statsionar tibbiyot muassasalari

1-2 tip oilaviy poliklinikalar

Axborot texnologiyalari bo‘yicha bosh mutaxassis

1

Sog‘lom turmush tarzi va tashkiliy-uslubiy sho‘basi

3-4

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi bo‘limi, tez tibbiy yordam xizmati, nodavlat tibbiyot tashkilotlari

Inson resurslarini boshqarish xizmati**

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Boshqaruv xodimlarining umumiy cheklangan soni — 15 — 21 nafar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Tajriba-sinov loyihasi doirasida tuman (shahar) sog‘liqni saqlash bo‘limlari xodimlarining cheklangan soni 21 nafar etib belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Tuman (shahar) sog‘liqni saqlash bo‘limi boshlig‘i belgilangan shtatlar soni va mehnatga haq to‘lash fondi doirasida bo‘lim tuzilmasiga o‘zgartirish kiritish huquqiga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Texnik va xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar soni belgilangan me’yorlarga muvofiq kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Tuman (shahar) tibbiyot bo‘limlarining tarkibiy bo‘linmalari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 25-yanvardagi “Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini samarali yo‘lga qo‘yishga doir birinchi navbatdagi tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-14-son Farmoniga muvofiq belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* Tuman (shahar) sog‘liqni saqlash bo‘limi boshlig‘ining o‘rinbosari — statsionar sho‘basi boshlig‘iga hududda onalik va bolalikni muhofaza qilish vazifasi yuklatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
** Sog‘liqni saqlash vazirligi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan belgilanadigan shtat me’yorlari asosida kiritiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tuman (shahar) sog‘liqni saqlash bo‘limi xodimlarining umumiy cheklangan soniga kiritilmaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ushbu xodimlarga tuman (shahar) sog‘liqni saqlash bo‘limi xodimlari uchun belgilangan mehnatga haq to‘lash shartlari tatbiq etiladi”.
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 24.01.2026-y., 07/26/20/0072-son)