15.04.2025 yildagi PQ-142-son
Hujjat 17.04.2025 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarzdorlik hisobiga banklar balansiga olingan mol-mulklar realizatsiyasini jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Muddati o‘tgan qarzdorlikni undirish mexanizmlarini takomillashtirish va bank balansidagi harakatsiz mol-mulklarni sotish imkoniyatlarini oshirish orqali banklarni moliyaviy sog‘lomlashtirish hamda qaytgan moliyaviy resurs hisobidan tadbirkorlik subyektlari faoliyatini moliyalashtirishni kengaytirish maqsadida qaror qilaman:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
I. Maqsadlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu qarorni qabul qilishdan ko‘zlangan asosiy maqsad etib banklar balansidagi harakatsiz mol-mulklar ulushini kamaytirish, jumladan, 2025-2026-yillarda kamida 4 trillion so‘mlik ushbu turdagi mol-mulklarni sotish belgilansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
II. Qarzdorlik hisobiga bank balansiga olingan mol-mulklarni sotishni jadallashtirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. 2025-yil 1-maydan boshlab ustav fondida davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq bo‘lgan banklarga (keyingi o‘rinlarda — davlat ishtirokidagi banklar) va ular huzuridagi investitsiya kompaniyalariga auksionda sotilmasdan qarzdorliklarni so‘ndirish evaziga bank balansiga olingan mol-mulklarni bozor qiymatida to‘g‘ridan-to‘g‘ri sotishga, shu jumladan, kredit, bo‘lib-bo‘lib to‘lash, lizing shartnomalari yoki qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa bitimlar orqali sotishga ruxsat etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Tijorat banklariga qarzdorliklarni so‘ndirish evaziga bank balansiga qabul qilingan bino-inshootlar, texnologik uskunalar va boshqa mol-mulklar negizida tijorat banklari huzuridagi investitsiya kompaniyalari orqali to‘xtab qolgan ishlab chiqarish (xizmat ko‘rsatish) faoliyatini tiklab, ularni tayyor biznes sifatida salohiyatli investorlarga sotish huquqi berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
III. Qarzdorliklarni so‘ndirish jarayonini tezlashtirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Markaziy bank va Oliy sudning 2025-yil 1-sentabrdan da’vo arizasi bo‘yicha ishni soddalashtirilgan ish yuritish tartibida ko‘rib chiqish uchun da’voning maksimal bahosini yuridik shaxslarga nisbatan bazaviy hisoblash miqdorining bir yuz ellik baravarigacha, yakka tartibdagi tadbirkorlarga nisbatan yuz baravarigacha, jismoniy shaxslarga nisbatan ellik baravarigacha oshirish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Bosh prokuratura Markaziy bank va Adliya vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda majburiy ijro jarayonida auksionda sotilmagan mol-mulklarni undiruvchiga berishning quyidagi tartibini nazarda tutuvchi qonun loyihasini Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga kiritsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchi idoralar tomonidan mol-mulklarga nisbatan qo‘yilgan barcha taqiqlarni davlat ijrochisining qarori asosida yechish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) davlat ijrochisining qarori unda ko‘rsatilgan shaxsga mol-mulkka bo‘lgan huquqni ro‘yxatdan o‘tkazish (hisobga qo‘yish) uchun asos bo‘lib hisoblanishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(v) mol-mulk bo‘yicha mavjud majburiyatlar uning sobiq egasi — qarzdor zimmasida qolishi, mazkur majburiyatlarni bajarishni undiruvchi ixtiyoriy ravishda o‘z zimmasiga olgan holatlar bundan mustasno.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Oliy sud, Markaziy bank va Majburiy ijro byurosi uch oy muddatda tegishliligi bo‘yicha Oliy sud, Majburiy ijro byurosi, banklar va boshqa moliya tashkilotlari o‘rtasida suddagi ishlar va ijro hujjatlari bo‘yicha o‘rnatilgan tartibda axborot almashinuvini yo‘lga qo‘ysin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IV. Qaror ijrosini tashkil etish, ta’minlash va nazorat
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining va O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Markaziy bank manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov va Markaziy bank raisi T.A. Ishmetov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2025-yil 15-aprel,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-142-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 15-apreldagi PQ-142-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining va O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 7-martdagi “Hududlarda aholini tadbirkorlikka keng jalb qilish va oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4231-son qarorida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) 1-bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasidagi chora-tadbirlar ijrosini tashkil etish va muvofiqlashtirish bo‘yicha respublika komissiyasi (keyingi o‘rinlarda — Respublika komissiyasi) 1-ilovaga muvofiq”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) quyidagi mazmundagi 62-band bilan to‘ldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“62. Respublika komissiyasiga oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida kredit ajratishning miqdorlari va shartlariga o‘zgartirish kiritish vakolati berilsin”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(v) 1-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasidagi chora-tadbirlar ijrosini tashkil etish va muvofiqlashtirish bo‘yicha respublika komissiyasi
TARKIBI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

J.A. Qo‘chqorov

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri, Respublika komissiyasi raisi

T.A. Ishmetov

Markaziy bank raisi

B.E. Zaxidov

kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri

I.I. Norqulov

iqtisodiyot va moliya vazirining birinchi o‘rinbosari

A.A. Kamalov

Markaziy bank raisi o‘rinbosari

Lavozimi bo‘yicha

loyihalarni moliyalashtirishda ishtirok etuvchi tijorat banklari rahbarlari

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh: Respublika komissiyasi a’zolari boshqa ishga o‘tgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangidan tayinlangan yoki zimmasiga tegishli funksiyalarni bajarish yuklangan shaxslar kiritiladi”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 27-martdagi “Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida amalga oshiriladigan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-5041-son qarorining 3-bandida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) beshinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) oltinchi xatboshi beshinchi xatboshi deb hisoblansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(v) beshinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari” va “Temir daftar”ga kiritilgan fuqarolarga ajratilgan kreditlarning maqsadli ishlatilishini monitoring qilish mas’uliyati tijorat banklari bilan birga mos ravishda O‘zbekiston mahallalari uyushmasining tuman (shahar) bo‘limlari, tuman (shahar) yoshlar ishlari bo‘limlari, shuningdek, mahalla fuqarolar yig‘ini raislari zimmasiga yuklatiladi”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 24-iyuldagi “Elektron onlayn-auksionni o‘tkazish tartibini soddalashtirish, uning shaffofligini oshirish hamda ishtirokchilar huquqlarining ishonchli himoyasini kafolatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5197-son qarori 3-bandining ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“ustav fondida davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq bo‘lgan yuridik shaxslar, shuningdek, ustav fondining 50 foizi va undan ortig‘i 50 foiz va undan ortiq miqdorda davlat ulushiga ega yuridik shaxsga tegishli bo‘lgan yuridik shaxslarning (keyingi o‘rinlarda — davlat ishtirokidagi korxonalar) ulushlari, ko‘chmas mulklari, avtomototransport vositalari hamda boshqa asosiy vositalarini realizatsiya qilish, bundan auksionda sotilmasdan qarzdorliklarni so‘ndirish evaziga bank balansiga olingan mol-mulklarni bozor qiymatida to‘g‘ridan-to‘g‘ri sotish, shu jumladan, kredit, bo‘lib-bo‘lib to‘lash, lizing shartnomalari yoki qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa bitimlar orqali realizatsiya qilish mustasno”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 20-dekabrdagi “Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish va aholining daromad manbaini kengaytirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-55-son qarorida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) 1-bandning “v” kichik bandi “qarz oluvchiga beradigan tavsiyasi asosida” so‘zlaridan keyin “shuningdek, mahsulot yetkazib berilganligi (xizmat ko‘rsatilganligi) mahalla bankiri tomonidan tasdiqlangandan so‘ng” so‘zlari bilan to‘ldirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) 2-bandning o‘n birinchi xatboshisidagi “sektor rahbarlari va” so‘zlari chiqarib tashlansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(v) 5-bandning uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”ga kiritilgan fuqarolarga kredit ajratilishi ularni ushbu daftarlardan chiqarish uchun asos hisoblanmaydi va fuqarolar mazkur daftarlardan amaldagi qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibga muvofiq chiqariladi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(g) 11-bandning ikkinchi xatboshisidagi “hamda sektor rahbarlari” so‘zlari chiqarib tashlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 14-sentabrdagi “Kichik biznesni rivojlantirishni moliyaviy va institutsional qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-306-son qarorining 10-bandidagi “Markaziy bankning asosiy stavkasidan 4 foizlik punkt yuqori stavkada” so‘zlari “17,5 foiz stavkada” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 2-apreldagi “Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida aholining biznes tashabbuslarini moliyalashtirishni takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-149-son qarorining 2-bandida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) sakkizinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“aholi tomorqasida biznesni yo‘lga qo‘yish uchun o‘zlarining ichki imkoniyatlaridan foydalangan holda tadbirkorlik qilishni istagan Kambag‘al oilalar reyestri va Ijtimoiy himoya yagona reyestriga kiritilgan oilalarga issiqxona qurish, chorva mollari boqish, parrandachilik, quyonchilik, tomorqaga mavsumiy ekinlar ekish uchun kreditlar naqd pulda berilishi mumkin”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) to‘qqizinchi xatboshi chiqarib tashlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-iyuldagi “Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlarining yagona elektron platformasi orqali kreditlar ajratish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 373-son qarorida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-banddagi “sektor rahbarlari bilan birgalikda” so‘zlari chiqarib tashlansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ilovaning 47-bandi oltinchi xatboshisidagi “sektor rahbarlari va” so‘zlari chiqarib tashlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 12-yanvardagi 18-son qarori bilan tasdiqlangan “E-auksion” elektron savdo platformasida elektron onlayn-auksion va tanlovlarni tashkil etish hamda o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 28-bandi quyidagi mazmundagi beshinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Undiruv garovga qo‘yilgan mol-mulkka suddan tashqari tartibda qaratilganda mazkur mol-mulkni sotish bo‘yicha auksion qadami ushbu Nizomning 55-bandida nazarda tutilgan tartibda belgilanadi”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh: ushbu ilovaning 3-bandi 2025-yil 1-maydan boshlab kuchga kiradi.
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.04.2025-y., 07/25/142/0350-son)