31.01.2023 yildagi PQ-39-son
Hujjat 03.04.2024 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida aholining biznes tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashni yangi bosqichga olib chiqishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aholining tadbirkorlik tashabbuslarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash, birinchi navbatda, mahallalarda kichik biznes va tadbirkorlik muhitini yanada yaxshilash, yoshlar va xotin-qizlarni daromadli mehnat bilan band qilish borasidagi tadbirlarni tizimli ravishda davom ettirish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. 2023-yilda oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari (keyingi o‘rinlarda — dasturlar) doirasidagi loyihalarni moliyalashtirish uchun kamida 13 trillion so‘m yo‘naltirilsin va ushbu resurslarning hududlar kesimidagi maqsadli parametrlari 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda, dasturlar doirasida 2,8 trillion so‘m kredit mablag‘lari AT Xalq banki, “Agrobank” ATB va “Mikrokreditbank” ATBning (keyingi o‘rinlarda — vakolatli banklar) o‘z resurslari hisobidan ajratiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Belgilansinki, 2023-yil 1-fevraldan boshlab dasturlar doirasida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kreditlar ustuvor ravishda dasturlar bo‘yicha avval kreditlardan foydalanmagan aholi va tadbirkorlik subyektlariga ajratiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
agrar tarmoqda o‘z biznesini tashkil etishga ko‘maklashish, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirishda dehqon xo‘jaliklarining ulushini oshirish maqsadida uzoq muddatga qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer maydonlarini ijaraga olib, belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tgan dehqon xo‘jaliklari va kichik tadbirkorlik subyektlariga 50 mln so‘mgacha garovsiz kredit beriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tadbirkorlik subyektlarining mahallalarda, shu jumladan tashkil etilgan mikromarkazlarda ishlab chiqarishni, xizmat ko‘rsatish sohasini va hunarmandchilikni hamda aholi bilan kooperatsiya va kasanachilikni kengaytirishga yo‘naltirilgan loyihalari uchun hokim yordamchilarining tavsiyanomasi asosida ajratiladigan kreditlar miqdori amaldagi 225 million so‘mdan 300 million so‘mgacha oshiriladi. Bunda, tashabbuskor loyihada kamida o‘ttiz foiz ulush bilan ishtirok etishi lozim;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
dasturlar doirasida ilgari olgan kreditlaridan samarali foydalanib, tadbirkorligini yo‘lga qo‘ygan va kredit to‘lovlarini o‘z vaqtida amalga oshirgan kichik tadbirkorlik subyektlariga faoliyatini yanada kengaytirishi uchun mazkur kreditlardan takroran foydalanishga ruxsat etiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
imtiyozli kreditlardan foydalanib, daromad topishga qaratilgan faoliyat bilan shug‘ullanayotgan fuqarolar qonunchilikda belgilangan yo‘nalishlar bo‘yicha o‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida tasniflanadi;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hokim yordamchisining tavsiyasiga ko‘ra kredit summasining 10 million so‘mgacha bo‘lgan qismi (hunarmandlar uchun 20 million so‘mgacha) bank kartalariga o‘tkazib beriladi;
(2-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 2-apreldagi PQ-149-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.04.2024-y., 07/24/149/0262-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ajratilgan kreditlarni o‘z muddatida qaytarmagan fuqaro va tadbirkorlik subyektlariga dasturlar doirasida yangi kreditlar berilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Belgilansinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
dasturlar doirasida kreditlarni yillik 14 foiz stavkada ajratish tartibi saqlab qolinadi;
Oldingi tahrirga qarang.
(3-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 10-noyabrdagi PF-193-sonli Farmoniga asosan 2024-yil 1-martdan chiqariladi — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 11.11.2023-y., 06/23/193/0844-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan aholi tomorqalaridan samarali foydalanish yo‘nalishida tomorqa yer egalariga beriladigan mikrokreditlar miqdori 3 million so‘mgacha oshiriladi hamda ushbu mikrokreditlar Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlarining yagona elektron platformasi orqali ajratiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
dasturlarni moliyalashtirish uchun Davlat budjeti, Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi hamda boshqa jamg‘armalardan ajratilgan resurslarning 2023-2024-yillarda so‘ndiriladigan qismi har oyda vakolatli banklarga dasturlar doirasidagi loyihalarni moliyalashtirish uchun yo‘naltiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Markaziy bank, vakolatli banklar Personallashtirish agentligi, Ichki ishlar vazirligi, Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi bilan birgalikda 2023-yil 1-iyundan boshlab aholi va tadbirkorlik subyektlariga kredit ajratish jarayonida qarz oluvchini ID-kartadagi (biometrik pasportdagi) biometrik ma’lumotlar asosida identifikatsiya qilishni yo‘lga qo‘ysin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Personallashtirish agentligi, Ichki ishlar vazirligi vakolatli banklarga aholi va tadbirkorlik subyektlarini raqamli verifikatsiyalash uchun biometrik ma’lumotlardan foydalanishda amaliy yordam ko‘rsatsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Belgilansinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlari tijorat banklari bilan birgalikda dasturlar bo‘yicha ajratilgan kreditlarning ularni so‘ndirish grafigiga muvofiq belgilangan muddatlarda qaytarilishiga mas’ul hisoblanadi va har oy yakuni bilan muammoli kreditlarni undirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarni muhokama qilib boradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hududlarda har oylik kreditlash hajmlari kreditlarni so‘ndirish grafigining bajarilmagan qismiga mos ravishda kamaytiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tuman (shahar) hokimlarining birinchi o‘rinbosarlari tuman (shahar) oilaviy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash markazlari bilan birgalikda dasturlar ijrosini, shu jumladan ajratilgan kreditlar samaradorligini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida har chorak yakuni bo‘yicha xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlarida hisobot berib borishi amaliyoti joriy etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Quyidagilarga:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
iqtisodiyot va moliya vazirining, Markaziy bank raisining hamda kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining o‘rinbosarlariga (dastur koordinatorlariga) — haqiqiy ehtiyojdan hamda moliyalashtirish taklif etilayotgan loyihalarning istiqboli va qo‘shimcha ish o‘rinlari yaratishga yo‘naltirilganligidan kelib chiqqan holda, ajratilayotgan mablag‘larni vakolatli banklar va viloyatlar kesimida tezkor qayta taqsimlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklariga hududiy oilaviy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash markazlari bilan birgalikda — dasturlar doirasida hududlarga ajratilgan mablag‘larning yillik va oylik limitlarini tuman (shahar) va mahalla (ovul) kesimida taqsimlash, amalga oshirilayotgan loyihalarning istiqboli va qo‘shimcha ish o‘rinlari yaratishga yo‘naltirilganligidan kelib chiqqan holda, mahallalar limitini har oyning o‘ninchi sanasiga qadar qayta ko‘rib chiqish vakolati berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Bosh vazir o‘rinbosari J. Qo‘chqorov Markaziy bank raisi M. Nurmuratov va vakolatli banklar bilan birgalikda 2023-yil 1-iyulga qadar dasturlar doirasida ajratiladigan kreditlar hajmini kamida yana 2 trln so‘mga oshirish yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga taklif kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Vazirlar Mahkamasi (J. Qo‘chqorov) bir oy muddatda mazkur qarordan kelib chiqqan holda dasturlar doirasida kredit ajratish tartibini takomillashtirishni nazarda tutuvchi qaror loyihasini ishlab chiqsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Hisob palatasi (B. Turabov) har chorakda dasturlar doirasidagi kreditlardan samarali foydalanilganligi va ularning maqsadli ajratilganligi bo‘yicha o‘rganishlar o‘tkazgan holda, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga axborot kiritib borsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga 2-ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Bosh vazir o‘rinbosari J.A. Qo‘chqorov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2023-yil 31-yanvar,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-39-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 31-yanvardagi PQ-39-son qaroriga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2023-yilda oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasidagi loyihalarni moliyalashtirishning hududlar kesimidagi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
MAQSADLI PARAMETRLARI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

mlrd so‘m

T/r

Hududlar nomi

2023-yilda yo‘naltiriladigan mablag‘lar

Shundan:

avval berilgan kreditlarning so‘ndirilishi hisobidan

Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi hisobidan

vakolatli banklarning resurslari hisobidan

JAMI:

13 000

6 900

3 381

2 719

1.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi

950

457

342

151

2.

Andijon viloyati

1 100

596

275

229

3.

Buxoro viloyati

1 150

570

324

256

4.

Jizzax viloyati

790

364

135

290

5.

Qashqadaryo viloyati

1 100

533

327

240

6.

Navoiy viloyati

780

396

204

180

7.

Namangan viloyati

950

641

159

150

8.

Samarqand viloyati

1 100

668

231

200

9.

Surxondaryo viloyati

1 091

572

278

241

10.

Sirdaryo viloyati

600

319

181

100

11.

Toshkent viloyati

1 060

494

356

209

12.

Farg‘ona viloyati

1 100

636

214

249

13.

Xorazm viloyati

941

484

266

191

14.

Toshkent shahri

290

171

89

30

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 31-yanvardagi PQ-39-son qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 7-iyundagi “Har bir oila — tadbirkor” dasturini amalga oshirish to‘g‘risida”gi PQ-3777-son qarorida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikkinchi xatboshidagi “jismoniy shaxslarga” so‘zlaridan keyin “hamda belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tgan kichik tadbirkorlik subyektlariga” so‘zlari bilan to‘ldirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uchinchi va to‘rtinchi xatboshilardagi “225” raqami “300” raqami bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) 10-banddagi “225” raqami “300” raqami bilan almashtirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 14-iyuldagi “Aholi bandligini ta’minlash borasidagi ishlarni takomillashtirish va samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3856-son qarori 6-bandi “v” kichik bandining birinchi xatboshisidagi “225” raqami “300” raqami bilan almashtirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 7-martdagi “Hududlarda aholini tadbirkorlikka keng jalb qilish va oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4231-son qarorida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) 6-bandning birinchi xatboshisidagi “O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirining birinchi o‘rinbosari S.M. Xolxo‘jayev, moliya vazirining o‘rinbosari D.Sh. Sultanov, Markaziy bank raisining o‘rinbosari A.A. Kamalovlar” so‘zlari “Iqtisodiyot va moliya vazirining, Markaziy bank raisining hamda kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining o‘rinbosarlari” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) 8-bandning uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“jismoniy shaxslarga tovarlar (xizmatlar) fiskal belgili kassa cheki asosida yetkazib berilgan (xizmatlar ko‘rsatilgan) va loyiha egasi undan qanoatlanish hosil qilganidan so‘ng ajratiladi va mahsulot yetkazib beruvchi (xizmat ko‘rsatuvchi)ning hisobraqamiga o‘tkazib beriladi”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 28-noyabrdagi “Hunarmandchilikni yanada rivojlantirish va hunarmandlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi”gi PQ-4539-son qarori 9-bandining uchinchi xatboshisidagi “225” raqami “300” raqami bilan almashtirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 13-oktabrdagi “Aholini tadbirkorlikka jalb qilish tizimini takomillashtirish va tadbirkorlikni rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4862-son qarori 5-bandining ikkinchi xatboshisidagi “tashkil etish uchun” so‘zlaridan keyin “hamda belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tgan kichik tadbirkorlik subyektlariga” so‘zlari bilan to‘ldirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 27-martdagi “Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish davlat dasturlari doirasida amalga oshiriladigan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-5041-son qarorida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) 2-bandning birinchi xatboshisidagi “Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirining birinchi o‘rinbosari S.M. Xolxo‘jayev, moliya vazirining o‘rinbosari Q.X. Taparov, Markaziy bank raisining o‘rinbosari A.A. Kamalov” so‘zlari “Iqtisodiyot va moliya vazirining, Markaziy bank raisining hamda kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining o‘rinbosarlari” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) 3-bandning to‘rtinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“kredit oluvchi jismoniy shaxslarga tovarlar (xizmatlar) fiskal belgili kassa cheki asosida yetkazib berilgan (xizmatlar ko‘rsatilgan) va loyiha egasi undan qanoatlanish hosil qilganidan so‘ng kredit mablag‘lari mahsulot yetkazib beruvchi (xizmat ko‘rsatuvchi)ning hisobraqamiga o‘tkazib beriladi”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 20-dekabrdagi “Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish va aholining daromad manbaini kengaytirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-55-son qarorida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birinchi xatboshidagi “davomida” so‘zi “1-yanvardan boshlab” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“g” kichik band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“g) chorvachilikni rivojlantirish yo‘nalishida kreditlar kamida 10 boshdan 50 boshgacha chetdan keltirilgan yoki mahalliylashtirilgan (naslchilik xo‘jaliklarida yetishtirilgan) va chorva hayvonlarini identifikatsiyalash tizimida aks etgan chorva mollarini (qoramol, qo‘y, echki) boqish uchun ferma tashkil etishga beriladi. Bunda, kreditlar va xarid qilingan chorva mollari (qoramol, qo‘y, echki) to‘g‘risida axborotlar “Online-mahalla” platformasidagi ma’lumotlar bazasiga majburiy tartibda kiritiladi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) 5-bandning to‘rtinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“dasturlar doirasida ilgari ajratilgan kredit mablag‘lari bo‘yicha mavjud qarzdorligi to‘liq so‘ndirilmagan (Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasidan ajratiladigan kreditlar hamda qarzdorlik belgilangan muddatlarda to‘liq so‘ndirib kelinayotgan kreditlar bundan mustasno), shuningdek, avval ajratilgan kreditlardan maqsadsiz foydalangan qarz oluvchilarga ushbu dasturlar orqali yangi kredit ajratilishiga ruxsat etilmaydi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) 10-bandning uchinchi xatboshisidagi “iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirining birinchi o‘rinbosari S.M. Xolxo‘jayev, Markaziy bank raisining o‘rinbosari A.A. Kamalov, moliya vazirining o‘rinbosari D.Sh. Sultanovga” so‘zlari “iqtisodiyot va moliya vazirining, Markaziy bank raisining hamda kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining o‘rinbosarlariga” so‘zlari bilan almashtirilsin.
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 31.01.2023-y., 07/23/39/0060-son; 11.11.2023-y., 06/23/193/0844-son; 03.04.2024-y., 07/24/149/0262-son)