O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
VALYUTA VA EKSPORT-IMPORT OPERATSIYALARI BO‘YIChA HISOB VA HISOBOT TARTIBINI TAKOMILLAShTIRISh TO‘G‘RISIDA
[Ko‘chirma]
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 25-oktabrdagi 422-sonli “Ichki valyuta bozorida almashuv kurslarini birxillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Valyuta bozorini erkinlashtirish jarayonlarini yanada chuqurlashtirish, valyuta operatsiyalari bo‘yicha buxgalteriya hisobi va hisobotini yuritish, eksport-import operatsiyalari bo‘yicha bojxona to‘lovlarini hisoblab chiqish va hisob-kitob tartibini maqbullashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Belgilansinki, 2000-yil 1-maydan boshlab O‘zbekiston Respublikasi hududida valyuta operatsiyalari bo‘yicha buxgalteriya hisobi, statistika hisoboti va boshqa hisobotlar, shuningdek, bojxona to‘lovlarini hisoblab chiqish O‘zbekiston Respublikasining banklararo valyuta bozorida belgilanadigan birjadan tashqari valyuta bozori kursi bo‘yicha amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
2. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki, Moliya vazirligi, Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda:
banklararo valyuta bozorida belgilanadigan birjadan tashqari valyuta kursini qayd etish va e’lon qilish tartibini ishlab chiqsinlar va tasdiqlasinlar, ko‘rsatib o‘tilgan tartib 2000-yil 1-maydan joriy qilinishini ta’minlasinlar;
xorijiy valyutadagi operatsiyalarni buxgalteriya hisobi, statistika hisoboti va boshqa hisobotlarda aks ettirish tartibini ishlab chiqsinlar va tasdiqlasinlar.
3. O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi, Davlat bojxona qo‘mitasi, Moliya vazirligi huzuridagi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish qo‘mitasi xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan tovarlar va xizmatlar narxlarining asossiz, sun’iy ravishda oshirilishiga yo‘l qo‘ymaslik va bunday urinishlarning oldini olish bo‘yicha zarur kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilishini ta’minlasinlar, bunda ijtimoiy ahamiyatli tovarlar narxlariga alohida e’tiborni qaratsinlar.
Keyingi tahrirga qarang.
6. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki hafta muddatda:
qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiquvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin;
idoraviy normativ hujjatlarni mazkur qarorga muvofiqlashtirsin.
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari B.S. Hamidov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2000-yil 28-aprel,
171-son