03.08.2021 yildagi PQ-5207-son
Hujjat 04.08.2021 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Respublikada limon ko‘chatlarini yetishtirish va limon yetishtiruvchi issiqxona xo‘jaliklarini tashkil etishni jadal rivojlantirish, sohaning eksport salohiyatini yanada yuksaltirish hamda aholi bandligi va daromadlari darajasini oshirish, ayniqsa, qishloq joylarda yangi ish o‘rinlari yaratish mexanizmini ta’minlaydigan issiqxonalarni barpo etish hamda limon yetishtirishni kompleks rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari Sh.M. G‘aniyev va qishloq xo‘jaligi vaziri J.A. Xodjayev zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2021-yil 3-avgust,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-5207-son

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 3-avgustdagi PQ-5207-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-avgustdagi “Erkin iqtisodiy zonalar samarali faoliyat ko‘rsatishi uchun vazirliklar, idoralar va joylardagi davlat hokimiyati organlarini muvofiqlashtirishni kuchaytirish va ularning mas’uliyatini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3175-son qaroriga 2-ilova quyidagi mazmundagi izoh bilan to‘ldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh. O‘zbekiston Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasining mazkur qarorga muvofiq “Turonbank” ATBda ochilgan kredit liniyasining 2021-yil 1-avgust holatiga qoldiq mablag‘lari Jamg‘armaning bank ustav kapitalidagi ulushini oshirishga yo‘naltiriladi”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 7-martdagi “Hududlarda aholini tadbirkorlikka keng jalb qilish va oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4231-son qarori quyidagi mazmundagi 61-band bilan to‘ldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“61. Mazkur qarorga muvofiq tijorat banklariga taqsimlangan mablag‘lardan “Turonbank” ATBga kredit resursi sifatida qayta moliyalashtirilgan qismining 2021-yil 1-avgust holatiga qoldiq qismi O‘zbekiston Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasining bank ustav kapitalidagi ulushini oshirish uchun yo‘naltirilsin”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 19-fevraldagi “Limonchilik tarmog‘ini yanada rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4610-son qarorida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) 4-band quyidagi mazmundagi uchinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“2021-2022-yillarda “Turonbank” ATB tomonidan moliyalashtirish hisobiga tashkil etiladigan limonzorlar maydonlarining prognoz ko‘rsatkichlari 1a-ilovaga muvofiq”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uchinchi xatboshi to‘rtinchi xatboshi deb hisoblansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) 5-bandning “b” kichik bandida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birinchi xatboshi “qishloq xo‘jaligi korxonalari” so‘zlaridan keyin “, jismoniy shaxslar” so‘zlari bilan to‘ldirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikkinchi xatboshidagi “har bir gektari uchun 30 million so‘mdan oshmaydigan miqdori” so‘zlari “har bir sotixi uchun 300 ming so‘mdan oshmaydigan miqdori” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) 7-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Moliya vazirligi hamda O‘zbekiston Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi “Turonbank” ATBga O‘zbekiston Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasidan ajratilgan 357,8 mlrd so‘m ekvivalentidagi qoldiq mablag‘larni jamg‘armaning bank ustav kapitalidagi ulushini oshirish uchun yo‘naltirilishini ta’minlasin”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) quyidagi mazmundagi 1a-ilova bilan to‘ldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 19-fevraldagi PQ-4610-son qaroriga
1a-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2021-2022-yillarda “Turonbank” ATB tomonidan moliyalashtirish hisobiga tashkil etiladigan limonzorlar maydonlarining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PROGNOZ KO‘RSATKIChLARI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Hududlar nomi

Tashkil etiladigan limonzorlar

gektar

Limon hosili

tonna

Yaratiladigan doimiy ish o‘rinlari

Mavsumiy ish o‘rinlari

Talab etiladigan limon ko‘chatlari

dona

JAMI:

2 031

120 000

12 186

14 217

2 234 100

1.

Andijon viloyati

26

1 500

156

182

28 600

2.

Buxoro viloyati

20,5

1 200

123

144

22 550

3.

Qashqadaryo viloyati

5,5

300

33

39

6 050

4.

Namangan viloyati

862,5

50 800

5 175

6 038

948 750

5.

Surxondaryo viloyati

1 000

59 300

6 000

7 000

1 100 000

6.

Farg‘ona viloyati

100

5 900

600

700

110 000

7.

Xorazm viloyati

2,5

150

15

18

2 750

8.

Toshkent viloyati

14

850

84

98

15 400

.

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 16-iyundagi “Xizmatlar sohasini qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4752-son qarori quyidagi mazmundagi 21-band bilan to‘ldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“21. Mazkur qarorga muvofiq tijorat banklariga taqsimlangan mablag‘lardan “Turonbank” ATBga kredit resursi sifatida qayta moliyalashtirilgan qismining 2021-yil 1-avgust holatiga qoldiq qismi O‘zbekiston Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasining bank ustav kapitalidagi ulushini oshirish uchun yo‘naltirilsin”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 27-martdagi “Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida amalga oshiriladigan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-5041-son qarori 4-bandining “b” kichik bandi uchinchi xatboshisi “Turonbank” ATBga” so‘zlaridan keyin “(ajratilgan mablag‘lar hisobidan “Turonbank” ATB ustav kapitalini oshirish orqali)” so‘zlari bilan to‘ldirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 11-maydagi “Xizmatlar sohasini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5113-son qaroriga 3-ilova quyidagi mazmundagi izoh bilan to‘ldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh. O‘zbekiston Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasidan mazkur qarorga muvofiq “Turonbank” ATBga kredit resursi sifatida ajratilgan mablag‘larning 2021-yil 1-avgust holatiga qoldiq qismi Jamg‘armaning bank ustav kapitalidagi ulushini oshirish uchun yo‘naltiriladi”.
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.08.2021-y., 07/21/5207/0750-son)