1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik to‘g‘risidagi qonunchilik / 09.01.04.00 Kichik va xususiy tadbirkorlik. Oilaviy tadbirkorlik;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik to‘g‘risidagi qonunchilik / 09.01.09.00 Tadbirkorlarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash va huquqlarini himoya qilish]
[TSZ:
1.Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Tadbirkorlik faoliyatini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hududlarda aholini tadbirkorlikka keng jalb qilish va oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[Ko‘chirma]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
So‘nggi yillarda mamlakatimizda aholini tadbirkorlikka keng jalb qilish, oilaviy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, yoshlarning biznes g‘oyalarini amalga oshirishga har tomonlama ko‘maklashish borasida qator choralar ko‘rilmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hududlarda oilalarni tadbirkorlik faoliyatiga keng jalb qilishga, ularning barqaror va qo‘shimcha daromad manbaiga ega bo‘lishiga, milliy hunarmandchilik yanada rivojlanishiga, xotin-qizlarning tadbirkorlik tashabbuslari amalga oshirilishiga, yosh tadbirkorlarning istiqbolli g‘oyalari va loyihalari ro‘yobga chiqishiga hamda shu asosda aholining bandligi ta’minlanishiga zamin yaratilmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shu bilan birga, aholining mehnat orqali daromad topishga bo‘lgan qiziqishini keskin oshirish, ayniqsa muhtoj oilalarning hunarmandchilik, kasanachilik va boshqa tadbirkorlik faoliyatini, shuningdek, hududlarda foydalanilmayotgan binolarda ishlab chiqarish va xizmatlar ko‘rsatishni, aholi tomorqalari va bo‘sh ekin maydonlaridan unumli foydalangan holda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarishni kengaytirish bilan bog‘liq loyihalarni imtiyozli shartlarda moliyalashtirishni tizimli ravishda davom ettirishni taqozo etmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Respublika hududlarida aholining daromad topishga qaratilgan muayyan mehnat faoliyati bilan shug‘ullanishiga, oilaviy tadbirkorlik rivojlanishiga har tomonlama ko‘maklashish va mazkur yo‘nalishdagi ishlarni tizimli tashkil etish maqsadida:
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.01.00.00 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 01.11.00.00ga qarang) / 02.01.06.00 Vazirlar Mahkamasining komissiyalari va boshqa organlari. Zaxira jamg‘armasi;
2.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.01.00 Davlat dasturlari, konsepsiyalar va boshqalar;
3.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik to‘g‘risidagi qonunchilik / 09.01.04.00 Kichik va xususiy tadbirkorlik. Oilaviy tadbirkorlik]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Aholini tadbirkorlikka keng jalb qilish va oilaviy tadbirkorlikni yanada rivojlantirish borasidagi chora-tadbirlar ijrosini tashkil etish va muvofiqlashtirish bo‘yicha:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Markaziy banki, tijorat banklari va tegishli idoralar rahbarlaridan hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining o‘rinbosarlaridan iborat Respublika komissiyasi 1-ilovaga muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar, Toshkent shahar hokimlari, tuman (shahar) hokimlarining birinchi o‘rinbosarlari rahbarligida, viloyat, tuman (shahar) iqtisodiyot va sanoat, bandlik, moliya, investitsiya, soliq, statistika bo‘linmalari, hududiy Savdo-sanoat palatasi, tijorat banklari, “Mahalla” xayriya jamoat fondi, Yoshlar ittifoqi va O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi hududiy bo‘linmalari rahbar va xodimlaridan iborat tarkibda “Oilaviy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash markazlari” (keyingi o‘rinlarda — Markazlar);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi hamda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi markaziy apparati tarkibida boshqaruv xodimlarining belgilangan cheklangan umumiy soni doirasida bo‘linmalar;
1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.19.00.00 Bank tizimi / 07.19.01.00 Markaziy bank, uning tarkibiy bo‘linmalari va muassasalari]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tuzilmasida Aholi tadbirkorligini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash dasturlarini muvofiqlashtirish va monitoring qilish boshqarmasi;
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.04.00.00 Mahalliy ijroiya organlari (Hokimliklar) (shuningdek, 01.15.03.00ga qarang) / 02.04.03.00 Mahalliy ijroiya organlarining tuzilmasi va shtatlari]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tarkibida boshqaruv xodimlarining belgilangan cheklangan umumiy soni doirasida tegishli sektorlar tashkil etilsin.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.06.00 Ijtimoiy va boshqa sohalarni moliyalashtirish;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.19.00.00 Bank tizimi / 07.19.02.00 Tijorat banklari. Xususiy banklar. Xorijiy banklar]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ijtimoiy dasturlarni moliyalashtirishda ishtirok etayotgan banklarga aholini tadbirkorlikka keng jalb qilish va oilaviy tadbirkorlikni yanada rivojlantirish dasturlarini moliyalashtirish va monitoring yuritishni tashkil etish bo‘yicha maxsus boshqarmalar va filiallarda maxsus bo‘limlar ochish hamda boshqarma (bo‘lim)lar faoliyatiga bevosita rahbarlikni rais o‘rinbosariga biriktirish tavsiya etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Namangan viloyatida 2019-yilda “Har bir oila — tadbirkor” dasturi asosida aholi bandligi va daromadlari oshishiga ko‘maklashish va amaliy yordam ko‘rsatish maqsadida tajriba tariqasida Namangan viloyati Bandlik bosh boshqarmasida 14 ta shtat birligidan iborat tadbirkorlikni rivojlantirish va aholining o‘zini o‘zi band qilishini rag‘batlantirish bo‘limi tashkil etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Har bir oila — tadbirkor” dasturi doirasida aholining daromad olish borasidagi loyihalarini amalga oshirishga ko‘maklashish, agrotexnika va veterinariya xizmatlari ko‘rsatish, ishsiz va band bo‘lmagan aholini, shu jumladan uning muhtoj qatlamlarini tadbirkorlikka va o‘zini o‘zi band qilishning samarali shakllariga o‘rgatish, klaster tizimi orqali daromadli mehnat faoliyatiga jalb etish, loyihalarning uzluksiz va muvaffaqiyatli amalga oshirilishiga amaliy yordam berish bo‘limning asosiy vazifalari etib belgilansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. “Har bir oila — tadbirkor” dasturi doirasida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nazarda tutilgan loyihalar va tadbirlarni moliyalashtirish O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi hamda xalqaro moliya institutlari kredit liniyalari mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
imtiyozli kreditlar oilaviy tadbirkorlik, daromad topishga qaratilgan muayyan mehnat faoliyati bilan shug‘ullanish va faoliyat turini kengaytirish istagini bildirgan aholi hamda tadbirkorlik subyektlariga yillik 8 foiz stavkada 3 — 6 oygacha bo‘lgan imtiyozli davr bilan 3 yildan ko‘p bo‘lmagan muddatga ajratiladi;
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xo‘jalik boshqaruvi organlari / 02.03.02.00 Vazirliklar;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.28.00.00 Investitsiyalar va xorijdan mablag‘ jalb qilish (shuningdek, 07.05.04.00, 09.12.03.00, 10.01.05.00larga qarang) / 07.28.05.00 Xorijdan mablag‘ jalb qilish]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xalqaro moliya institutlari mablag‘larini jalb etishga Investitsiyalar va tashqi savdo vazirining o‘rinbosari Sh.A. Vafayev mas’ul etib belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirining birinchi o‘rinbosari A.Ya. Xaydarov, Iqtisodiyot va sanoat vazirining o‘rinbosari A.R. Karimov, Markaziy bank raisining o‘rinbosari S.M. Xolxo‘jayevlar Dastur koordinatorlari etib belgilansin hamda ularga:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
viloyatlar va tuman (shahar)lar Markazlari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlarni muvofiqlashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
viloyatlar va tuman (shahar)larda dastur ijrosini ta’minlashda ishtirok etadigan tijorat banklarini belgilash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ajratilayotgan resurslarni hududlarning salohiyati, mablag‘larni o‘zlashtirish darajasidan kelib chiqqan holda hududlar va banklar kesimida taqsimlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
haqiqiy ehtiyojdan hamda shakllantirilgan loyihalarning istiqboli va qo‘shimcha ish o‘rinlari yaratishga yo‘naltirilganligidan kelib chiqqan holda ajratilayotgan resurslarni tijorat banklari hamda hududlar kesimida tezkor qayta taqsimlash vakolatlari berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Dastur koordinatorlari va tijorat banklarining rahbarlari zimmasiga:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tuman (shahar)lar ixtisoslashuvi hamda aholi ko‘nikmalaridan kelib chiqqan holda tadbirkorlik faoliyati rivojlanishi uchun mahalliy hokimliklar bilan birgalikda qo‘shimcha chora-tadbirlarni belgilash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qishloq va mahallalarda aholining oilaviy biznesni rivojlantirish borasidagi takliflari va xohish-istaklaridan kelib chiqib hamda dasturni amalga oshirishdagi mavjud muammolarni bartaraf etish yuzasidan viloyat Markazlariga ko‘rsatmalar berib borish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Dasturda belgilangan vazifalar ijrosi bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan har chorak yakuni bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga axborot kiritib borish vazifalari yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
viloyatlar yoki tuman (shahar)lar Markazlari tomonidan oilalarning xohish va istaklari, tadbirkorlik subyektlari va yoshlarning loyihalari, ushbu faoliyatni amalga oshirish uchun yetarli sharoitlari mavjudligi chuqur o‘rganilib, har bir oila va tadbirkorlik subyektlarining taklif etayotgan loyihalariga kredit ajratish maqsadga muvofiqligi to‘g‘risida beriladigan xulosalar asosida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tovarlar (xizmatlar) shartnoma asosida kelishilgan narxda yetkazib berilgandan (xizmatlar ko‘rsatilgandan) va loyiha egasi undan qanoatlanish hosil qilganidan so‘ng ajratiladi va mahsulot yetkazib beruvchi (xizmat ko‘rsatuvchi)ning hisobraqamiga o‘tkazib beriladi.
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi to‘g‘risidagi qonunchilik / 05.01.00.00 Ishga joylash va aholi bandligi / 05.01.01.00 Umumiy masalalar;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xo‘jaligi / 09.14.06.00 Fermer xo‘jaliklari. Klaster va issiqxona xo‘jaliklari;
3.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.02.00.00 Fan / 13.02.12.00 Innovatsiya. Innovatsion faoliyat. Innovatsion infratuzilma]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, manfaatdor vazirliklar, idoralar va uyushmalar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda bir oy muddatda barcha tuman (shahar)larda aholi va muhtoj oilalarni foydali mehnatga jalb etgan holda eksportbop, bozor talabiga to‘liq javob beradigan qishloq xo‘jaligi va sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish, qayta ishlash va sotish jarayonini qamrab olgan klaster tizimini keng joriy etish bo‘yicha aniq choralarni ko‘rsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahsulotlarni yetishtirish va qayta ishlash jarayonida aholining, birinchi navbatda, muhtoj oilalarning ishtirokini va moddiy manfaatdorligini oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish bo‘yicha ilg‘or xorijiy tajribalarni o‘rganish asosida ulardan mahalliy sharoitlarda keng foydalanish, klaster tizimini joriy qilishda xorijiy mutaxassislarni va mazkur sohada yuqori ko‘rsatkichlarga erishgan yetakchi tadbirkorlarni jalb qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
serhosil meva-sabzavot ekinlarini ekish, naslli chorva mollarini yetishtirish, tayyor mahsulotlarni saqlash va qayta ishlash jarayoniga zamonaviy innovatsion, resurs tejaydigan texnologiyalarni joriy qilish masalalariga alohida e’tibor qaratsin.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik to‘g‘risidagi qonunchilik / 09.01.09.00 Tadbirkorlarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash va huquqlarini himoya qilish;
2.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.17.00 Xalq badiiy hunarmandchiligi]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi, Yoshlar ittifoqi va Markazlar bilan birgalikda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tadbirkorlik sohasida muayyan tajriba va yutuqlarga erishgan tadbirkorni ularning soha va imkoniyatlarini o‘rgangan holda tajriba orttirish, ko‘nikma shakllantirish maqsadida “Ustoz-shogird” an’anasi asosida maslahatlarni berish bo‘yicha imtiyozli kreditlar olayotgan tashabbuskor, ayniqsa yosh tadbirkorlarga biriktirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aholining, ayniqsa yoshlarning biznes g‘oya va startaplarini amaliyotga tatbiq etishga har tomonlama ko‘maklashish maqsadida ilg‘or xorijiy tajribadan kelib chiqqan holda “biznes inkubatorlar”ni tashkil etish choralarini ko‘rsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar, Toshkent shahar hokimliklari va Markazlarga:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hududlarning o‘ziga xos xususiyatini hisobga olib, “bir mahalla — bir mahsulot” tamoyili asosida har bir mahallani aniq bir yo‘nalishga ixtisoslashtirish, imtiyozli kreditlarni mavjud sharoit va oilalarning xohish-istaklari inobatga olingan holda ajratilishiga e’tibor qaratish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qishloq va mahallalarda aholi va tadbirkorlik subyektlariga bo‘sh turgan yer maydonlarini qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish maqsadida 2 yil muddatda ushbu yer maydonlarini haqiqiy daromad manbaiga aylantirish sharti bilan doimiy yoki uzoq muddatga ijaraga berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shahar va tumanlar markazlarida foydalanilmasdan turgan binolarni tadbirkorlik subyektlariga ularda ishlab chiqarish va xizmatlar ko‘rsatish loyihalarini amalga oshirish sharti asosida doimiy yoki uzoq muddatga foydalanish huquqi bilan berish vazifalari yuklatilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 8-avgustdagi “Hududlarning jadal ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini ta’minlashga doir ustuvor chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-3182-son qaroriga muvofiq tashkil etilgan sektor rahbarlari hamda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari raislari o‘zlari rahbarlik qilayotgan hududlarga ajratilgan imtiyozli kreditlarning maqsadli ishlatilishi ta’minlanishida va kreditlarning belgilangan muddatda qaytarilishiga mas’ul ekanligi belgilab qo‘yilsin hamda bu borada tijorat banklariga har tomonlama amaliy yordam ko‘rsatsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki va loyihada ishtirok etayotgan tijorat banklariga, xonadonlarga tashrif buyurgan holda imtiyozli kreditlardan foydalanish samarasi, natijadorligi va belgilangan muddatlarda qaytarilishini muntazam ravishda nazorat qilib borish vazifasi yuklatilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Nazorat ishlarini tashkil etish va muvofiqlashtirish hamda kreditlash shartlari bajarilmagan holatlarda tegishli choralar ko‘rilishi uchun mas’ul etib O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki raisi o‘rinbosari O.A. Butayev belgilansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — moliya vaziri J.A. Qo‘chqorov, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki raisi M.B. Nurmuratov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2019-yil 7-mart,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-4231-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 7-martdagi PQ-4231-son qaroriga 1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hududlarda aholini tadbirkorlikka keng jalb qilish va oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirishga doir ishlarni muvofiqlashtirish bo‘yicha respublika komissiyasi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TARKIBI

J.A. Qo‘chqorov
—
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — moliya vaziri, Komissiyasi raisi
M.B. Nurmuratov
—
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bank raisi
Sh.D. Kudbiyev
—
O‘zbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vaziri
A.I. Ikramov
—
O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi
A.A. Hayitov
—
O‘zbekiston Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi raisi
A.Ya. Xaydarov
—
O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining birinchi o‘rinbosari
A.R. Karimov
—
O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va sanoat vaziri o‘rinbosari
S.M. Xolxo‘jayev
—
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bank raisi o‘rinbosari
Sh.A. Vafayev
—
O‘zbekiston Respublikasi investitsiya va tashqi savdo vaziri o‘rinbosari — Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi ijrochi direktori
lavozimi bo‘yicha
—
Loyihalarni moliyalashtirishda ishtirok etayotgan tijorat banklari rahbarlari
lavozimi bo‘yicha
—
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyat va Toshkent shahar hokimlarining iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosarlari
lavozimi bo‘yicha
—
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyat va Toshkent shahar hokimlarining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosarlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh: Komissiya a’zolari boshqa ishga o‘tgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangidan tayinlangan yoki zimmasiga tegishli funksiyalarni bajarish yuklangan shaxslar kiritiladi.