O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Jismoniy shaxslar tomonidan naqd xorijiy valyutani O‘zbekiston Respublikasining bojxona chegarasi orqali olib kirish va olib chiqib ketish qoidalarini tasdiqlash haqida
Keyingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Jismoniy shaxslar tomonidan naqd xorijiy valyutani olib kirish va olib chiqib ketish tartibini yanada soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 6-dekabrdagi PF-5276-son Farmoniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Keyingi tahrirga qarang.
1. Jismoniy shaxslar tomonidan naqd xorijiy valyutani O‘zbekiston Respublikasining bojxona chegarasi orqali olib kirish va olib chiqib ketish qoidalari 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
3. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
4. Vazirliklar va idoralar o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — “O‘zagrotexsanoatxolding” AJ boshqaruvi raisi N.S. Otajonov va O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi raisi M.V. Toxiriy zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2018-yil 30-yanvar,
66-son
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 30-yanvardagi 66-son qaroriga
1-ILOVA
1-ILOVA
Jismoniy shaxslar tomonidan naqd xorijiy valyutani O‘zbekiston Respublikasining bojxona chegarasi orqali olib kirish va olib chiqib ketish
QOIDALARI
Keyingi tahrirga qarang.
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Qoidalar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Jismoniy shaxslar tomonidan naqd xorijiy valyutani olib kirish va olib chiqib ketish tartibini yanada soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 6-dekabrdagi PF-5276-son Farmoniga muvofiq jismoniy shaxslar (O‘zbekiston Respublikasining rezidentlari va norezidentlari) tomonidan naqd xorijiy valyutani olib kirish va olib chiqib ketish tartibini belgilaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ushbu Qoidalar diplomatik daxlsizlikka ega bo‘lgan shaxslarga nisbatan tatbiq etilmaydi.
2. Jismoniy shaxslar tomonidan olib kirilayotgan va olib chiqib ketilayotgan 2000 (ikki ming) AQSH dollari ekvivalentidan ortiqcha miqdordagi naqd xorijiy valyuta unga deklaratsiya to‘ldirish va bojxona organi xodimiga taqdim etish yo‘li bilan bojxona nazoratidan o‘tkaziladi.
Bunda yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasida olib kirilayotgan yoki olib chiqib ketilayotgan naqd xorijiy valyutaning jami summasi ko‘rsatiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
3. Jismoniy shaxsning xohishiga ko‘ra ekvivalenti 2 000 (ikki ming) AQSH dollariga teng yoki undan oshmaydigan miqdordagi naqd xorijiy valyuta deklaratsiyalanishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
2-bob. Naqd xorijiy valyutani olib kirish
Keyingi tahrirga qarang.
4. Jismoniy shaxslarga O‘zbekiston Respublikasi hududiga bojxona nazorati qoidalariga rioya qilgan holda cheklanmagan miqdorda naqd xorijiy valyutani olib kirishga ruxsat etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
3-bob. Naqd xorijiy valyutani olib chiqib ketish
Keyingi tahrirga qarang.
5. O‘zbekiston Respublikasi tashqarisiga naqd xorijiy valyutani erkin olib chiqib ketish jismoniy shaxslarga ekvivalenti 5 000 (besh ming) AQSH dollariga teng yoki undan oshmaydigan miqdorda bojxona nazorati qoidalariga rioya qilgan holda ruxsat etiladi.
Belgilangan summadan ortiqcha mablag‘ni olib chiqib ketish:
rezidentlar tomonidan — O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining ruxsatnomasi asosida amalga oshiriladi, ushbu ruxsatnomada olib chiqib ketiladigan naqd xorijiy valyutaning jami summasi ko‘rsatiladi;
norezidentlar tomonidan — O‘zbekiston Respublikasiga kirish chog‘ida to‘ldirilgan yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasi asosida amalga oshiriladi, ushbu deklaratsiyada naqd xorijiy valyuta summasi olib chiqib ketilayotgan naqd xorijiy valyuta summasidan kam bo‘lmagan miqdorda ko‘rsatilgan bo‘lishi lozim.
Norezidentlar — respublikada belgilangan tartibda tashkil qilingan musobaqalar, tanlov va olimpiadalarning sovrindorlari yoki qatnashchilari tomonidan belgilangan summadan ortiqcha naqd xorijiy valyuta olib chiqib ketilayotganda naqd xorijiy valyuta olinganligining qonuniyligini tasdiqlovchi hujjat ular tomonidan ushbu naqd xorijiy valyutani olib chiqib ketish uchun asos hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
6. Ekvivalenti 5 000 (besh ming) AQSH dollaridan ortiqcha naqd xorijiy valyutani olib chiqib ketish uchun asos bo‘lgan hujjatni boshqa shaxslarga berishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
7. Rezident tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining ruxsatnomasini va norezident tomonidan O‘zbekiston Respublikasiga kirish chog‘ida to‘ldirilgan yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasini ishlatish bir marotaba amalga oshiriladi va kelgusida ekvivalenti 5 000 (besh ming) AQSH dollaridan ortiqcha naqd xorijiy valyutani olib chiqib ketish uchun asos sifatida foydalanishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
4-bob. Yakunlovchi qoidalar
8. Jismoniy shaxslar O‘zbekiston Respublikasining bojxona chegarasidan o‘tayotganlarida naqd xorijiy valyutaning haqqoniy va to‘g‘ri deklaratsiyalanganligi uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
9. Jismoniy shaxs bojxona organlari xodimlarining xatti-harakatlari yuzasidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilishlari mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 30-yanvardagi 66-son qaroriga
2-ILOVA
2-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblanayotgan ayrim qarorlari
RO‘YXATI
1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Respublikada naqd xorijiy valyutaning muomalada bo‘lishini tartibga solish chora-tadbirlarini amalga oshirish to‘g‘risida” 1996-yil 31-oktabrdagi 376-son qarori.
2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlarini to‘liq yoki qisman o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash hamda ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida” 1998-yil 16-apreldagi 161-son qaroriga 2-ilovaning 9-bandi.
3. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Valyuta bozorini yanada erkinlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2001-yil 22-iyundagi 263-qaroriga ilovaning 1-bandi to‘rtinchi xatboshi (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2001-y., 6-son, 30-modda).
Keyingi tahrirga qarang.
4. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi bojxona chegaralari orqali jismoniy shaxslar tomonidan naqd xorijiy valyutani olib kirish va olib chiqib ketish tartibiga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida” 2009-yil 5-oktabrdagi 268-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QHT, 2009-y., 41-son, 442-modda).
5. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Bojxona kodeksini tasdiqlash to‘g‘risida” 2016-yil 20-yanvardagi O‘RQ-400-son hamda “O‘zbekiston Respublikasining Bojxona kodeksi qabul qilinishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartishlar kiritish, shuningdek ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risida” 2016-yil 20-yanvardagi O‘RQ-401-son qonunlari)“ 2016-yil 20-iyundagi 211-son qaroriga 1-ilovaning 3-bandi (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2016-y., 6-son, 59-modda).