O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
AVTOMOBIL SANOATINI BOSHQARISH TUZILMASINI TAKOMILLASHTIRISH CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
[Ko‘chirma]
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 16-avgustdagi PF-111-sonli “Ijtimoiy munosabatlarni huquqiy tartibga solishning barqarorligini ta’minlash, sifati va samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xo‘jalik boshqaruvi organlari tizimini takomillashtirish to‘g‘risida” 2003-yil 22-dekabrdagi PF-3366-son Farmoniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi va O‘zbekiston avtomobilsozlik korxonalari uyushmasi kengashining uyushmani ochiq aksiyadorlik jamiyati shaklidagi “O‘zavtosanoat” aksiyadorlik kompaniyasi (“O‘zavtosanoat” aksiyadorlik kompaniyasi)ga aylantirish to‘g‘risidagi taklifi qabul qilinsin.
Belgilansinki, “O‘zavtosanoat” aksiyadorlik kompaniyasi “O‘zavtosanoat” uyushmasi huquqlari va majburiyatlari bo‘yicha uning huquqiy vorisi hisoblanadi.
2. Quyidagilar “O‘zavtosanoat” aksiyadorlik kompaniyasining asosiy vazifalari etib belgilansin:
o‘rta muddatli va uzoq muddatli istiqbolda avtomobilsozlikni barqaror rivojlantirish strategiyasi va dasturlarini ishlab chiqish, tarmoqda yagona ilmiy-texnika va investitsiya siyosatini o‘tkazish;
marketing tadqiqotlarini tashkil etish, raqobatbardoshli mahsulotlar (ishlar, xizmatlar)ning yangi turlarini ishlab chiqarishni o‘zlashtirishda, ularning jahon bozorlariga kirib borishida ko‘maklashish;
tarmoq korxonalarini zamonaviylashtirishga va texnologiya bilan qayta jihozlashga, ushbu maqsadlar uchun xorijiy investitsiyalarni jalb etishga ko‘maklashish, yetakchi xorijiy firmalar bilan birgalikda avtomobil transportining zamonaviy turlarini, ular uchun butlovchi buyumlar va detallarni ishlab chiqarish korxonalarini tashkil etish;
avtomobil tarmog‘i korxonalari va tashkilotlariga axborot xizmatlari ko‘rsatish;
tarmoq uchun malakali ishchi kadrlar va mutaxassislar tayyorlashni, menejmentning zamonaviy metodlarini egallagan, bozor sharoitlarida samarali ishlashga qodir bo‘lgan boshqaruv kadrlari malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlashni tashkil etish.
3. “O‘zavtosanoat” aksiyadorlik kompaniyasi tarkibiga kiradigan korxonalar ro‘yxati va uning xodimlarining cheklangan umumiy soni 56 kishi, shu jumladan boshqaruv xodimlari soni 38 kishi bo‘lgan ijro etuvchi apparati tuzilmasi 1 va 2-ilovalarga muvofiq ma’qullansin.
Keyingi tahrirga qarang.
“O‘zavtosanoat” aksiyadorlik kompaniyasi boshqaruvi raisiga, zarurat bo‘lganda, kompaniyaning ijro etuvchi apparati tuzilmasiga xodimlarning belgilangan cheklangan umumiy soni doirasida o‘zgartirishlar kiritishga ruxsat etilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Belgilab qo‘yilsinki, “O‘zavtosanoat” aksiyadorlik kompaniyasi boshqaruvi raisi va uning o‘rinbosarlari kompaniya boshqaruvi yuqori organi tomonidan saylanadi, keyinchalik O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi hamda maishiy ta’minot, tibbiy va transport xizmati ko‘rsatish sharoitlariga ko‘ra tegishli ravishda rais — vazirga, rais o‘rinbosarlari – vazir o‘rinbosariga tenglashtiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
4. 3-ilovaga muvofiq tarkibda, 7 kishidan iborat “O‘zavtosanoat” aksiyadorlik kompaniyasi kengashi tuzilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Kengashga aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi o‘tkazilgungacha bo‘lgan davrda kompaniyaning yuqori boshqaruv organi va kuzatuvchi kengashi funksiyasi yuklansin.
Keyingi tahrirga qarang.
4. “O‘zavtosanoat” aksiyadorlik kompaniyasi kengashi uch oy muddatda:
O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi bilan birgalikda qayta tashkil etilayotgan “O‘zavtosanoat” uyushmasining mol-mulkini baholashni tashkil etsin hamda uning mol-mulki va aktivlari, shu jumladan Kompaniya tarkibiga kiruvchi aksiyadorlik jamiyatlaridagi Uyushmaga tegishli aksiyalar paketlari, shuningdek avtomobil sanoatini rivojlantirishni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash doirasida Uyushmaga ajratilgan pul mablag‘lari hisobiga “O‘zavtosanoat” aksiyadorlik kompaniyasining ustav jamg‘armasini shakllantirsin;
kompaniyaning yangi tahrirdagi ustavini tasdiqlasin va uni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga taqdim etsin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi huzuridagi Qimmatli qog‘ozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi “O‘zavtosanoat” aksiyadorlik kompaniyasi aksiyalari emissiyasi prospektini emissiya prospektini ro‘yxatdan o‘tkazganlik uchun yig‘im undirmasdan ro‘yxatdan o‘tkazsin.
Belgilab qo‘yilsinki, “O‘zavtosanoat” aksiyadorlik kompaniyasi ustav jamg‘armasini shakllantirish vaqtida davlat kompaniyasi hisoblanadi hamda aksiyalari ulushining 51 foizini davlatda qoldirgan va 49 foiz miqdoridagi qolgan qismini xorijiy investorlarga sotgan holda belgilangan tartibda xususiylashtiriladi.
7. Vazirlar Mahkamasining “O‘zavtosanoat” O‘zbekiston avtomobilsozlik korxonalari uyushmasini tashkil etish va uning faoliyati masalalari to‘g‘risida” 1994-yil 17-martdagi 143-son qarori o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari O‘.T. Sultonov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2004-yil 23-avgust,
405-son
“O‘zavtosanoat” aksiyadorlik kompaniyasi tarkibiga kiradigan korxonalar ro‘yxati
I. Aksiyadorlik jamiyatlari
1.“O‘zDEUavto” QK YAJ
2. “O‘zDongVon” QK YAJ
3. “O‘zSeMyung” QK YAJ
4. “O‘zTongXong” QK YAJ
5. “O‘zDongJu” QK YAJ
6. “O‘zKoram” QK YAJ
7. “O‘zDongYang” QK YAJ
8. “SamKochAvto” QK YAJ
9. “O‘zEksayd” QK YAJ
10. “O‘zKodji” QK YAJ
11. “Avtooyna” OAJ
12. “O‘zavtosanoatservis” OAJ
13. “Avtosankomplekt” OAJ
14. “Zenit” OAJ
15. “Shovot-podshipnik” OAJ
16. “O‘zavtotexxizmat” OAJ
17. “Ist-Baterflyay” QK MChJ
II. Unitar korxonalar
18. “Avtosanoattrans” UK
19. “Avtosanimpeks” UK
20. “Avto Olam” UK jurnali tahririyati
Keyingi tahrirga qarang.
“O‘zavtosanoat” aksiyadorlik kompaniyasi ijro etuvchi apparatining tuzilmasi
Keyingi tahrirga qarang.
Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 23-avgustdagi 405-son qaroriga
3-ILOVA
3-ILOVA
“O‘zavtosanoat” aksiyadorlik kompaniyasi kengashining
TARKIBI
| Sultonov O‘.T. | — | Bosh vazir o‘rinbosari, Kompaniya kengashi raisi |
| Guskova T.N. | — | O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirining birinchi o‘rinbosari |
| Hasanov S.S. | — | O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirining o‘rinbosari |
| Yakovlev I.G. | — | O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari |
| Sodiqov X.M. | — | O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirining o‘rinbosari |
| Jo‘rayev Sh.J. | — | “Asaka” banki boshqaruvi raisi |
| Tishchenko S.P. | — | Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki boshqaruvi raisining birinchi o‘rinbosari |
Keyingi tahrirga qarang.
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 34-35-son, 392-modda; 2006-y., 30-son, 290-modda; 2010-y., 23-son, 183-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.04.2020-y., 09/20/217/0426-son)