O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
VALYUTA OPERATSIYALARINI YANADA ERKINLASHTIRISH CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Ichki valyuta bozorini yanada erkinlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2003-yil 16-iyuldagi 317-son va “Tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirishda valyuta operatsiyalarini erkinlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2003-yil 15-avgustdagi 355-son qarorlarini bajarish yuzasidan, shuningdek qonun hujjatlarini qabul qilingan qarorlarga muvofiqlashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Xalqaro valyuta fondi Bitimi Moddalarining VIII moddasi doirasida O‘zbekiston Respublikasi tomonidan majburiyatlar qabul qilinishi bilan valyuta operatsiyalari ko‘plab ayirboshlash kurslari amaliyotini yoki cheklovchi (kamsituvchi) valyuta chora-tadbirlarini qo‘llanmasdan amalga oshirilishi belgilab qo‘yilsin.
2. Quyidagilar:
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston respublika valyuta birjasida operatsiyalar hajmini kengaytirishga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida” 1994-yil 23-noyabrdagi 566-son qarori;
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida” 2000-yil 5-dekabrdagi 467-son qaroriga 2-ilova o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritilsin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari R.S. Azimov va Markaziy bank raisi F.M. Mullajonov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2003-yil 1-oktabr,
420-son
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan o‘zgartirishlar
1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Tashqi savdo operatsiyalarini amalga oshirishda xorijiy valyutadagi mablag‘lardan foydalanish ustidan nazoratni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1996-yil 13-martdagi 95-son qarorida:
6-band o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin;
2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Barter asosidagi eksport-import operatsiyalarini qisqartirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1996-yil 13-avgustdagi 280-son qarorida:
1-bandning ikkinchi xatboshidagi “MDH va Baltiya mamlakatlariga” so‘zlari chiqarib tashlansin;
2-bandning uchinchi xatboshidagi “shuningdek valyuta mablag‘larining bir qismi belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankiga sotilishi” so‘zlari chiqarib tashlansin;
3-banddagi “shuningdek valyuta mablag‘larining bir qismi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankiga majburiy ravishda sotilishi” so‘zlari chiqarib tashlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
3. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Tovar bozorlari konyunkturasini o‘rganish markazini O‘zbekiston Respublikasining Istiqbolni belgilash va statistika davlat qo‘mitasi huzuridagi Tovar bozorlari konyunkturasini o‘rganish respublika markaziga aylantirish to‘g‘risida” 1996-yil 14-avgustdagi 286-son qaroriga 1-ilova II bo‘limining 2-bandi o‘n ikkinchi xatboshi chiqarib tashlansin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Birjadan tashqari valyuta bozorini yanada rivojlantirish va mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2000-yil 29-iyundagi 245-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2000-y., 6-son, 33-modda):
4-bandning ikkinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
1-ilova 2-bandining “e” kichik bandi va 3-bandning sakkizinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
Keyingi tahrirga qarang.
qarorga 3-ilova o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Valyuta bozorini yanada erkinlashtirish va valyuta almashtirish operatsiyalarini kengaytirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2000-yil 30-iyundagi 250-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2000-y., 6-son, 34-modda):
2-bandning oltinchi va yettinchi xatboshi quyidagi mazmundagi xatboshi bilan almashtirilsin:
“jismoniy shaxslarga yo‘l cheklari vakolatli banklar tomonidan almashtirish punktlarida operatsiyani amalga oshirish kunidagi sotib olish kursi bo‘yicha ularning xohishiga ko‘ra naqd milliy valyutaga yoki naqd xorijiy valyutaga almashtiriladi”;
2-ilova 12-bandining yettinchi va sakkizinchi xatboshi quyidagi mazmundagi xatboshi bilan almashtirilsin:
“jismoniy shaxslarga yo‘l cheklari vakolatli banklar tomonidan almashtirish punktlarida operatsiyani amalga oshirish kunidagi sotib olish kursi bo‘yicha ularning xohishiga ko‘ra naqd milliy valyutaga yoki naqd xorijiy valyutaga almashtiriladi”;
3a-ilova (maxfiy) o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Keyingi tahrirga qarang.
6. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Valyuta bozorini yanada erkinlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2001-yil 22-iyundagi 263-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2001-y., 6-son, 30-modda) 8-bandining uchinchi xatboshidagi “asbob-uskunalar, butlovchi buyumlar, xom ashyo, materiallar” so‘zlari “tovarlar” so‘zi bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
7. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Birjadan tashqari valyuta bozori faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2001-yil 10-iyuldagi 294-son qaroriga 2-ilovada (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2001-y., 7-son, 38-modda):
2-bandning “v” kichik bandidagi “iste’mol tovarlari, asbob-uskunalar, butlovchi buyumlar, xom ashyo, materiallar” so‘zlari “tovarlar” so‘zi bilan almashtirilsin;
“g” kichik bandi chiqarib tashlansin;
“d” va “e” kichik bandlar tegishli ravishda “g” va “d” kichik bandlar hisoblansin.
Keyingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim
qarorlariga kiritilayotgan o‘zgartirishlarga
ILOVA
qarorlariga kiritilayotgan o‘zgartirishlarga
ILOVA
Import kontraktini hisobga olish va uning harakatini nazorat qilish
sxemasi
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2003-y., 19-son, 178-modda; 2013-y., 14-son, 180-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 12.01.2018-y., 09/18/16/0549-son, Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.04.2022-y., 09/22/210/0345-son; 16.08.2024-y., 06/24/111/0623-son)