O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
BOZORLAR VA SAVDO KOMPLEKSLARI FAOLIYATINI TARTIBGA SOLISHGA DOIR QO‘SHIMCHA CHORA-TADBIRLAR TO‘G‘RISIDA
Respublika bozorlari va savdo komplekslari faoliyatini tashkil etish va boshqarishni yanada takomillashtirish, aholiga xizmat ko‘rsatish darajasini oshirish va savdo qilish sharoitlarini yaxshilash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
O‘zbekiston Respublikasi bozorlarida savdo faoliyatini tashkil etish qoidalari 1-ilovaga muvofiq;
O‘zbekiston Respublikasida savdo komplekslari faoliyatini tashkil etish qoidalari 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi bilan birgalikda tadbirkorlik subyektlariga ushbu qaror bilan tasdiqlangan Qoidalar talablarini, shu jumladan joylarda seminarlar, davra suhbatlari tashkil etish yo‘li bilan, ommaviy axborot vositalarini keng jalb qilgan holda tushuntirish yuzasidan kompleks chora-tadbirlar ko‘rsin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 3-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 4-ilovaga muvofiq ba’zi qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R.S.Azimov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2012-yil 28-avgust,
253-son
Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 28-avgustdagi 253-son qaroriga
1-ILOVA
1-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi bozorlarida savdo faoliyatini tashkil etish
qoidalari
I. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Qoidalar O‘zbekiston Respublikasi bozorlarida savdo faoliyatini tashkil etishga qo‘yiladigan asosiy talablarni belgilaydi.
2. Ushbu Qoidalarda quyidagi asosiy atamalar va tushunchalardan foydalanilgan:
dehqon (oziq-ovqat) bozori — Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan belgilangan joylarda doimiy yoki vaqtinchalik asosda faoliyat ko‘rsatadigan hamda savdo rastalari, savdo o‘rinlari va turg‘un savdo shoxobchalari (shu jumladan savdo pavilyonlari)dan foydalangan holda keng turdagi qishloq xo‘jaligi oziq-ovqat mahsulotlarining va uni qayta ishlashdan olinadigan mahsulotlarning chakana savdosi uchun zarur shart-sharoitlar yaratishga mo‘ljallangan mulkiy kompleks;
chorva mollari, parrandalar va boshqa hayvonlar bozori — yuridik shaxsning alohida bo‘linmasi hisoblanadigan, dehqon (oziq-ovqat) bozorining chorva mollari, parrandalar va boshqa hayvonlar sotiladigan filiali;
ilgari foydalanishda bo‘lgan mol-mulkni sotish bozori — Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan ixtisoslashuvi majburiy tartibda ko‘rsatilgan holda belgilanadigan muayyan kunlar va joylarda ilgari foydalanishda bo‘lgan nooziq-ovqat tovarlari va mol-mulkning chakana savdosi amalga oshiriladigan bozor;
dam olish kuni yarmarkasi — mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining bevosita qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilari tomonidan sotish uchun muayyan vaqtga (odatda dam olish kunlariga) shart-sharoitlar yaratish uchun maxsus ajratilgan hudud.
Keyingi tahrirga qarang.
3. Dehqon (oziq-ovqat) bozori, chorva mollari, parrandalar va hayvonlar sotish bozori, ilgari foydalanishda bo‘lgan mol-mulkni sotish bozori (keyingi o‘rinlarda bozor deb ataladi) hududida joylashgan turg‘un chakana savdo obyektlari faoliyati va umumiy ovqatlanish xizmatlari ko‘rsatish O‘zbekiston Respublikasida chakana savdo hamda umumiy ovqatlanish mahsulotlarini ishlab chiqarish va sotish (xizmatlar ko‘rsatish) qoidalariga muvofiq amalga oshiriladi.
II. Bozorlarni tashkil etish tartibi
4. Bozorni tashkil etish Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining bozor tashkil etish uchun yer uchastkasi ajratish to‘g‘risidagi qarori asosida amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
5. Dam olish kuni yarmarkalari tashkil etish mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlari asosida amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
6. Qarorda bozorning joylashgan o‘rni, ixtisoslashuvi, ish tartibi, undagi savdo o‘rinlarining soni va joylashishi majburiy tartibda belgilanadi.
7. Bozor faoliyatini tashkil etish bozor tashkil etish uchun ajratilgan yer uchastkasini ijaraga oluvchi yuridik shaxs tomonidan ta’minlanadi. Ko‘rsatib o‘tilgan yuridik shaxs ochiq aksiyadorlik jamiyati shaklida yoki mas’uliyati cheklangan jamiyat shaklida tashkil etiladi, uning muassislaridan bittasi majburiy tartibda ustav fondidagi ulushi kamida 51 foiz bo‘lgan mahalliy davlat hokimiyati organi bo‘lishi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
8. Tashkil etilayotgan bozorlar ustav fondining eng kam miqdori yuridik shaxslarning tegishli tashkiliy-huquqiy shakllari uchun qonun hujjatlarida belgilangan miqdorga muvofiq bo‘lishi kerak.
9. Bozorlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tadbirkorlik subyektlari uchun belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
10. Bozorlarni qayta tashkil etish va tugatish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
III. Bozor hududini obodonlashtirishga, obyektlarni joylashtirishga va bozorni jihozlashga qo‘yiladigan umumiy talablar
11. Bozorda quyidagilar bo‘lishi kerak:
asfaltlangan (chorva mollari, parrandalar va boshqa hayvonlar sotish bozoridan tashqari), yaxshi yoritilgan, yondosh hududdan to‘siq bilan ajratilgan savdo maydoni;
bozorda ish vaqti tugagandan keyin yopiladigan kirish va chiqish joylari;
bozorning nomi, ixtisoslashuvi va ish tartibi ko‘rsatilgan holda davlat tilida rasmiylashtirilgan peshlavha;
jihozlangan va tartib raqamlari qo‘yilgan turg‘un hamda mavsumiy savdo rastalari va savdo qilish uchun joylar, turg‘un savdo shoxobchalari (shu jumladan pavilyonlar). Bunda bozor ma’muriyati tasdiqlagan va bozor obyektlarining joylashish sxemasi ko‘rinarli joyga osilgan va obyektlarning amalda joylashgan o‘rni, shuningdek bozor rastalari va savdo o‘rinlarining joylashishi xaridorlarning bozorda erkin yurishini hamda savdo rastalari va joylariga bemalol borishini ta’minlashi kerak;
davlat soliq xizmati organlari, hududiy ichki ishlar organlari, sanitariya-epidemiologiya nazorati, tibbiyot punkti, davlat veterinariya-sanitariya ekspertizasi laboratoriyasi yoki davlat veterinariya xizmati organlarining tayanch punktlarini joylashtirish uchun xonalar (mol go‘shti va o‘simliklardan tayyorlangan oziq-ovqat mahsulotlarini sotishda);
Keyingi tahrirga qarang.
buyumlarni saqlash joylari, dezinfeksiyalovchi moddalarni saqlash, go‘sht mahsulotlarini maydalash (go‘sht sotishda) uchun alohida xonalar;
sotuvchilar va xaridorlar uchun aravachalarni prokatga berish punkti;
o‘lchov–tortish vositalarini prokatga berish punkti (ilgari foydalanishda bo‘lgan mol-mulkni sotish bozorlaridan tashqari);
avariya hamda favqulodda vaziyatlar holatlarida yong‘inni o‘chirish va aholini xabardor qilish vositalari;
bozorlar hududida va unga tutash hududlarda joylashgan avtotransport vositalarini vaqtincha saqlash joylari, jamoat hojatxonalari, suv quvurlari, yuz-qo‘l yuvgichlar, axlat to‘plagichlar, radiouzel va boshqa zarur infratuzilma obyektlari.
12. Bozor hududi dehqon (oziq-ovqat) bozori, chorva mollari, parrandalar va boshqa hayvonlar bozori, ilgari foydalanishda bo‘lgan mol-mulkni sotish bozori bir-biri bilan yondosh bo‘lmasligi sharti bilan aniq ajratib qo‘yilgan bo‘lishi kerak.
Bozor hududi savdo kompleksi bilan yondosh bo‘lishi mumkin.
13. Bozor hududida quyidagilar taqiqlanadi:
obyektlarni joylashtirishning tasdiqlangan sxemasidan tashqari qo‘shimcha savdo o‘rinlarini tashkil etish;
yuklarni tashish uchun mo‘ljallangan vositalar (konteynerlar)dan oziq-ovqat tovarlarini sotish;
nooziq-ovqat tovarlarini sotish, turg‘un savdo shoxobchalari orqali sotish bundan mustasno;
oziq-ovqat tovarlarini avtomashinalardan sotish, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ixtisoslashgan avtotransport va asbob-uskunalardan (avtolavkalar, avtodo‘konlar, izotermik sig‘imlar, tirik baliq sotish uchun avtoakvariumlar va shu kabilardan) sotish bundan mustasno;
alkogolli mahsulotlarni sotish (qonun hujjatlarida belgilangan tartibda, bozor hududida joylashgan turg‘un savdo shoxobchasi bundan mustasno);
audiovizual asarlar, fonogrammalar, EHM uchun dasturlar va ularning moddiy jismlari, kompyuter va maishiy texnikani sotish (bozor hududida joylashgan turg‘un savdo shoxobchasi bundan mustasno);
qimmatbaho metallar va toshlarni, shuningdek ulardan yasalgan buyumlarni sotish (bozor hududida joylashgan turg‘un savdo shoxobchasi bundan mustasno);
hayvonlar terisini sotish;
xorijiy valyutani sotish (vakolatli banklarning belgilangan tartibda jihozlangan va faoliyat ko‘rsatuvchi almashtirish punktlari bundan mustasno);
Keyingi tahrirga qarang.
dori-darmon vositalarini sotish (dorixonalardan tashqari);
veterinariya preparatlari va biologik preparatlarni sotish (ixtisoslashtirilgan dorixonalar va zoologiya do‘konlaridan tashqari);
bolalar oziq-ovqat mahsulotlarini sotish (davlat sanitariya nazorati talablariga muvofiq maxsus jihozlangan hamda ushbu mahsulotlarni saqlash va sotish shart-sharoitlari ta’minlangan turg‘un savdo shoxobchalaridan tashqari);
bulka nonlar sotish (bozor hududida joylashgan turg‘un savdo shoxobchasi bundan mustasno);
uyda tayyorlangan oziq-ovqat tovarlarini sotish (ularni qonun hujjatlarida belgilangan normalar va qoidalarga rioya etgan holda sotish bundan mustasno);
qonun hujjatlarida taqiqlangan boshqa tovarlar va buyumlarni sotish.
14. Tanishish uchun qulay joylarda quyidagilar o‘rnatiladi:
a) tovar turlarining asosiy guruhlari bo‘yicha savdo zonalari ko‘rsatkichlari;
b) savdo zonalari, umumiy ovqatlanish va servis xizmati ko‘rsatish obyektlari, ma’muriy binolar, davlat soliq xizmati organi, davlat veterinariya-sanitariya ekspertizasi laboratoriyasi yoki bozordagi davlat veterinariya xizmati organining binosi (chorva mollari va o‘simlik mahsulotlarini sotishda), nazorat o‘lchovi tarozilari, prokat punktlari, bozorlar hududida va ularga tutash hududlarda joylashgan avtotransport vositalarini vaqtincha saqlash joylari, jamoat hojatxonalari va boshqa obyektlarning joylashish sxemasi ko‘rsatilgan stendlar;
v) favqulodda vaziyatlar ro‘y berganda bozorni evakuatsiya qilish sxemasi;
g) bozordagi kirish joylarida axborot stendi, unda sotuvchilar va bozorga keluvchilar uchun quyidagilar bo‘ladi:
“Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni va ushbu Qoidalarning matnlari;
savdo faoliyatini va tovarlarning ayrim turlarini sotishni tartibga soluvchi qoidalar;
bir martalik yig‘im, ijara to‘lovi, ko‘rsatiladigan majburiy va boshqa xizmatlar ro‘yxati va qiymati, shuningdek bozorda savdo o‘rinlarini berish hamda xizmatlar ko‘rsatish tartibi va shartlari to‘g‘risidagi axborotlar;
bozor ma’muriyatining, tuman (shahar) hokimligining, davlat veterinariya xizmati sanitariya-epidemiologiya nazorati, davlat soliq xizmati, ichki ishlar hududiy organlarining telefon raqamlari.
Keyingi tahrirga qarang.
15. Savdo operatsiyalari o‘lchash-tortish vositalaridan (tarozilar, tarozi toshlari, o‘lchovli sig‘imlar, metrlar va boshqalardan) foydalangan holda amalga oshiriladigan bozorlarda metrologik qoidalar va normalar talablariga muvofiq bo‘lgan o‘lchov anjomlari mavjud bo‘lishi shart.
Tarozilar va boshqa o‘lchov anjomlari sotuvchining ish joyida tortib ko‘rish, qiymatini aniqlash va tovarni berish bo‘yicha barcha jarayonlarning ko‘rinib turishi ta’minlangan holda o‘rnatilishi kerak.
16. Bozor hududidagi maxsus ajratilgan joylarda umumiy ovqatlanish, servis xizmati ko‘rsatish va tijorat banklari obyektlari (filiallar, mini-banklar, bank kassalari, inkassatsiya punktlari) joylashtiriladi.
17. Bozorlarda sanitariya kunlari mahalliy davlat hokimiyati organi tomonidan tasdiqlangan jadvalga muvofiq belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
18. Bozor hududida tovarlarni tashishni va bozorda savdo jarayonini tashkil etish tovarlarni tashib keltirish (qabul qilib olish), saqlash va sotish uchun zarur sharoitlarni to‘liq ta’minlashi kerak.
19. Mijozlarning bozor hududiga kirishi – bepul.
20. Bozor hududida savdoni amalga oshirishda fiskal xotirali nazorat-kassa mashinalarini va bank plastik kartochkalaridan to‘lovlarni qabul qilish bo‘yicha to‘lov terminallarini qo‘llash qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi. Bir martalik yig‘imlar, ijara to‘lovlari va avtomatlashtirilgan hisobga olishning bank tizimi orqali ko‘rsatiladigan xizmatlar uchun beriladigan cheklar nazorat-kassa mashinalari yoki bank plastik kartochkalaridan to‘lovlarni qabul qilib olish bo‘yicha to‘lov terminallarining cheklariga tenglashtiriladi.
Aholi bilan pulli hisob-kitoblarni amalga oshiruvchi xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan qo‘llaniladigan nazorat-kassa mashinalari yagona texnik talablarga muvofiq bo‘lishi kerak va belgilangan tartibda majburiy sertifikatsiyalanishi zarur.
Sertifikatga ega bo‘lmagan yoki belgilangan yagona texnik talablarga javob bermaydigan nazorat-kassa mashinalaridan foydalangan holda chek berish aybdor shaxslarni qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlikka tortish uchun asos hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
IV. Bozorni boshqarish, sotuvchilarning va bozor ma’muriyatining huquq va majburiyatlari
21. Bozorni boshqarish bozor ma’muriyati tomonidan amalga oshiriladi, unga ushbu Qoidalar va boshqa qonun hujjatlari talablariga rioya qilish uchun javobgarlik yuklanadi.
22. Bozorda sotuvchilar quyidagi huquqlarga ega:
ushbu Qoidalar talablariga muvofiq savdo faoliyatini amalga oshirish;
bozor ma’muriyatidan ushbu Qoidalarga muvofiq ishlash uchun shart-sharoitlar bilan ta’minlashni talab qilish;
bozor ma’muriyatidan bozorning ish tartibi va rejimi bo‘yicha zarur tushuntirishlar olish;
bozor ma’muriyati tomonidan ko‘rsatiladigan pulli xizmatlardan foydalanish;
o‘zlarining faoliyati nazorat organlari tomonidan tekshirilayotganda bozor ma’muriyati xodimlarini taklif etish;
bozor ma’muriyatiga bozor faoliyatini yaxshilash bo‘yicha takliflar kiritish.
23. Sotuvchilar bozorda quyidagilarga majbur:
bozorda savdo faoliyatini amalga oshirishda shaxsini tasdiqlovchi hujjatga, bir martalik yig‘im to‘langanligi to‘g‘risidagi chekga, xususiy tadbirkor sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomaga (o‘zi yetishtirgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini, chorva mollari, parrandalar va boshqa hayvonlarni, shuningdek ilgari foydalanishda bo‘lgan tovarlarni sotish holatlaridan tashqari) va qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa hujjatlarga ega bo‘lish;
faqat bozor ma’muriyati tomonidan belgilangan joylardagina savdo qilish;
faqat bozor ma’muriyati tomonidan taqdim etilgan tarozilar va boshqa o‘lchov asboblaridan foydalanish (turg‘un savdo shoxobchalaridan tashqari);
Keyingi tahrirga qarang.
savdo o‘rinlarini toza va tartibli saqlash;
bozor ma’muriyati va nazorat qiluvchi organlarning qonuniy talablarini bajarish;
Keyingi tahrirga qarang.
ushbu Qoidalarga va qonun hujjatlarida belgilangan boshqa talablarga rioya etish.
24. Bozor ma’muriyati quyidagi huquqlarga ega:
yuridik shaxslarga va yuridik shaxs tashkil etmagan yakka tartibdagi tadbirkorlarga bozorda savdo faoliyatini amalga oshirish hamda xizmatlar ko‘rsatish uchun shartnoma asosida turg‘un savdo shoxobchalari berish;
bozorlarda jismoniy shaxslarga faqat ularda yakka tartibdagi tadbirkor sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma mavjud bo‘lganda, ular bir martalik to‘lovni to‘lashgan taqdirda yozma shartnomalar tuzmasdan savdo o‘rinlari berish (o‘zlari yetishtirgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini, chorva mollarini, parrandalar va boshqa hayvonlarni, shuningdek ilgari foydalanishda bo‘lgan tovarlarni sotish bundan mustasno);
shartnoma asosida qo‘shimcha xizmatlar ko‘rsatish;
nazorat organlari vakillari bozorlarda o‘z funksiyalarini amalga oshirayotganda ularga hamrohlik qilish;
ijarachilar tomonidan ijara to‘lovi to‘lanmaganda, shuningdek bozorda savdo faoliyatini amalga oshirishga qonunda belgilangan talablar bir necha marta buzilganligi holatlari hujjatlar bilan tasdiqlangan taqdirda savdo o‘rinlari taqdim etish, turg‘un savdo shoxobchalarini ijaraga berish yuzasidan ular bilan tuzilgan shartnomalarni muddatidan oldin bekor qilish.
Bozor hududida tarozilar va boshqa o‘lchov anjomlarini prokatga berish, yuk saqlash joylarini tashkil etish, yuklarni tashish uchun aravachalarni ijaraga berish bo‘yicha xizmatlar faqat belgilangan tariflarga muvofiq bozor ma’muriyati tomonidan ko‘rsatilishi mumkin.
25. Bozor ma’muriyati quyidagilarga majbur:
sotuvchilar va o‘z xodimlari tomonidan ushbu Qoidalarga va belgilangan savdo qoidalariga rioya etilishini nazorat qilish;
dehqon bozorlarida sotuvchilarni qat’iy ajratilgan savdo o‘rinlari bo‘yicha joylashtirish;
savdo o‘rinlari berishda bir martalik yig‘im undirilishini ta’minlash;
qonun hujjatlariga muvofiq ma’muriyat bilan ijaraga oluvchi o‘rtasida tuziladigan ijara shartnomasi asosida har oylik ijara to‘lovining o‘z vaqtida to‘lanishini nazorat qilish;
ko‘rsatilayotgan va boshqa xizmatlar uchun bir martalik yig‘im, ijara to‘lovlari va boshqa tushumlarning bank tizimi orqali avtomatlashtirilgan hisobga olish yo‘li bilan bank kassalari orqali qabul qilinishini ta’minlash;
mahalliy budjetlarga, shuningdek budjetdan tashqari maqsadli jamg‘armalarga to‘lovlarning o‘z vaqtida ajratilishini ta’minlash;
bozor ishlarini va bozor faoliyati bilan bog‘liq jarayonlarni savdo faoliyatini amalga oshirish tartibini belgilovchi va atrof muhitni muhofaza qilishni, bozor joylashgan hududdagi epidemiologik, epizootik va ekologik xavfsizlikni ta’minlovchi veterinariya-sanitariya qoidalari va normalariga qat’iy muvofiq holda tashkil etish;
bozorga olib kiriladigan oziq-ovqat mahsulotlari sifatining ekspress analiz laboratoriyasini tashkil etib tegishli sertifikat berish va tegishli sertifikatga ega bo‘lmagan mahsulotlarni sotishni taqiqlash;
jamoat tartibini saqlash, qo‘riqlashni tashkil etish bo‘yicha zarur chora-tadbirlar ko‘rish, bozorning normal faoliyat ko‘rsatishi uchun, shu jumladan uning energiya, issiqlik va suv ta’minoti bo‘yicha zarur sharoitlarni ta’minlash;
sotuvchilar va xaridorlar uchun aravachalar prokati punktlari ishi, o‘lchash vositalari va saqlash kameralari uchun mas’ullarni tegishli buyruq bilan tayinlash;
300 ta va undan ortiq turg‘un savdo shoxobchalari va savdo o‘rinlari mavjud bo‘lgan bozor hududlarida va bozorga tutash hududlardagi avtotransport vositalarini vaqtincha saqlash joylarini fiskal xotirali nazorat-kassa mashinalari va to‘lovlarni bank plastik kartochkalaridan qabul qilish bo‘yicha to‘lov terminallari bilan jihozlashni ta’minlash, avtotransport vositalarining kirishi va chiqishi vaqtini qayd etish funksiyasiga ega bo‘lgan elektron hisoblagichlarni majburiy tartibda o‘rnatish;
Keyingi tahrirga qarang.
bozor maydonini, ma’muriy-xo‘jalik binolarini, umumiy ravishda foydalaniladigan joylarni zarur sanitariya-texnik holatda saqlash;
yondosh hududlarning o‘z vaqtida yig‘ishtirilishi va obodonlashtirilishini ta’minlash;
qattiq maishiy chiqindilar, yirik hajmli axlatlar, turli xil idishlar va shu kabilarning tashib ketilishini ta’minlash.
26. Bozor ma’muriyati:
sotuvchilarning tegishli texnik talablarga, sanitariya normalari va qoidalariga muvofiq bo‘lgan anjomlarga ehtiyojini;
xaridorlarga xizmat ko‘rsatish chog‘ida paydo bo‘ladigan nizoli vaziyatlarning sabablarini bartaraf etish bo‘yicha chora-tadbirlar ko‘rilishini;
sotuvchilarning minimal kasbiy tayyorgarligi bo‘yicha tadbirlar amalga oshirilishini;
Keyingi tahrirga qarang.
tuman (shahar) hokimligida ro‘yxatdan o‘tkazilgan mulohazalar va takliflar daftarlarining mavjud bo‘lishini va ular xaridorlarning birinchi talabiga binoan taqdim etilishini;
Keyingi tahrirga qarang.
banklarning inkassatsiya punktlari va kassalari ishi uchun eng qulay shart-sharoitlar yaratilishini, bir martalik yig‘im, ijara to‘lovlari va ko‘rsatilayotgan xizmatlar uchun tushumlarning banklar kassalariga topshirilishini ta’minlashga ko‘maklashishni, bozorlar va ularning filiallari hududida o‘z faoliyatini amalga oshiruvchi xo‘jalik yurituvchi subyektlar naqd tushumining har kuni inkassatsiya qilinishi (topshirilishi)ni ta’minlaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
27. Bozor ma’muriyati nazorat qiluvchi organlar vakillariga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda o‘tkaziladigan tekshirishlarni amalga oshirishda ko‘maklashadi, aniqlangan qoida buzilishlarini bartaraf etish bo‘yicha ta’sirchan chora-tadbirlar ko‘radi. Zarurat bo‘lganda, bozor ma’muriyati nazorat organlari xodimlariga tekshirishlarni o‘tkazish davri uchun xonalar ajratadi.
28. Bozor ma’muriyati iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlari talablarining bajarilishi, bozorlarning faoliyati, belgilangan savdo qoidalarining bajarilishi yuzasidan qonun hujjatlariga muvofiq javob beradi.
Bozor hududida yer uchastkalari ajratishga, shuningdek bozorga tegishli ko‘chmas mulk obyektlarining jismoniy va yuridik shaxslarga mulk qilib berilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
29. Bozor ma’muriyati rahbariyati ushbu Qoidalarga rioya qilinmaganligi yoki bozor ma’muriyati xodimlari va sotuvchilar tomonidan ularga rioya etilishi yuzasidan zarur nazoratning yo‘qligi uchun javob beradi.
Bozor ma’muriyati rahbarlari bir martalik yig‘imlarning, ijara to‘lovlarining va ko‘rsatiladigan xizmatlar uchun to‘lovlarning o‘z vaqtida va to‘liq undirilishi ta’minlanmaganligi, shuningdek savdo o‘rinlarining jismoniy shaxslarga ularning yakka tartibdagi tadbirkor sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomasiz berilganligi uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgarlikka tortilishi mumkin, o‘zi yetishtirgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini, chorva mollarini, parrandalar va boshqa hayvonlarni, shuningdek ilgari foydalanishda bo‘lgan tovarlarni sotish holatlari bundan mustasno.
V. Savdo o‘rinlarini berish va bozorning ish rejimi
30. Bozorda savdo o‘rinlari jismoniy shaxslarga faqat ularning yakka tartibdagi tadbirkor sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma mavjud bo‘lgan taqdirda beriladi, o‘zi yetishtirgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini, chorva mollari, parrandalar va boshqa tovarlarni, shuningdek ilgari foydalanishda bo‘lgan tovarlarni sotish holatlari bundan mustasno.
O‘zi yetishtirgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini sotish uchun jismoniy shaxslarga o‘rinlar ushbu Qoidalarga ilovaga muvofiq tegishli mahalliy davlat hokimiyati organi, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi, bog‘dorchilik-uzumchilik yoki polizchilik shirkati boshqaruvi tomonidan berilgan sotilayotgan mahsulot jismoniy shaxs tomonidan unga yoki uning oila a’zolariga ajratilgan yer uchastkasida yetishtirilganligini tasdiqlovchi, belgilangan shakldagi hujjat (ma’lumotnoma) taqdim etilgan taqdirda beriladi.
Ma’lumotnomada jismoniy shaxs doimiy yashaydigan joyning manzili, yer uchastkasining joylashgan joyi va maydoni, bir yilda o‘zi yetishtirgan qishloq xo‘jaligi mahsulotini sotishning mumkin bo‘lgan hajmi majburiy tartibda ko‘rsatiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
31. Bozorlarda bir savdo o‘rni o‘lchami ko‘pi bilan 1,2 pogon metr etib belgilanadi, poliz mahsulotlari, gullar va ko‘chatlar, idishli va o‘ramli mahsulotlar sotishda esa 6,0 kv. metrga teng o‘lchamda belgilanadi. Belgilangan o‘lchamdan ortiq bo‘lgan har bir o‘rin uchun bozor ma’muriyati tomonidan to‘liq miqdorda to‘lov undiriladi.
32. Savdo o‘rnini yoki uning bir qismini uchinchi shaxsga berish taqiqlanadi.
33. Bozorning ish rejimi bozorni tashkil etishda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining qarorida belgilanadi.
34. Bozor hududidagi alohida savdo obyektlarining ish vaqti bozorning umumiy ish rejimi bilan tartibga solinadi.
35. Rejali sanitariya-texnik ishlarni amalga oshirish uchun bozor yopilganda bozor ma’muriyati oldindan, mazkur ishlarni amalga oshirishdan oldin yetti ish kunidan kechikmay sotuvchilar, aholi va mahalliy davlat hokimiyati organini bozorning yopilishi sabablari va davri to‘g‘risida xabardor qiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
36. Bozor ishlagan vaqtda alohida savdo obyektini (pavilyonni, turg‘un savdo shoxobchasini) yopish zarur bo‘lgan taqdirda sotuvchi xaridorlar uchun obyektning yopilish davri to‘g‘risidagi e’lonni osib qo‘yishi, obyekt ish vaqtining 1 soatidan ko‘proq vaqtga yopilgan taqdirda esa xaridorlar uchun e’londan tashqari – bu haqda bozor ma’muriyatini yozma shaklda xabardor qilishi shart.
37. Bozor avariya va favqulodda vaziyatlarda shoshilinch tadbirlarni bajarish uchun yopilgan taqdirda e’lon sotuvchilar, xaridorlar va mahalliy davlat hokimiyati organlariga darhol yetkaziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
VI. Bozorlar daromadlarining manbalari
38. Quyidagilar bozorlar daromadlarining manbalari hisoblanadi:
bir martalik yig‘imdan tushumlar;
ijara to‘lovidan olingan daromadlar;
sotuvchilar va xaridorlarga xizmatlar ko‘rsatishdan olingan daromadlar;
Keyingi tahrirga qarang.
bozor ma’muriyati tomonidan amalga oshiriladigan qishloq xo‘jaligi tovarlarini tayyorlash, xarid qilish va sotishdan (dehqon bozorlari uchun) olingan daromadlar;
qonun hujjatlariga zid bo‘lmagan boshqa tushumlar.
39. Bozorga soliq solish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
VII. Bir martalik yig‘imni, ijara to‘lovlarini, ko‘rsatiladigan xizmatlar uchun to‘lovni undirishni tashkil etish
40. Bozor ma’muriyati bir martalik yig‘im to‘lovini, ijara to‘lovlarini, ko‘rsatiladigan majburiy va boshqa xizmatlar uchun to‘lovni undirishning barcha sotuvchilar uchun qulay shart-sharoitlari yaratilishi uchun javob beradi.
41. Bozor ma’muriyati quyidagilarni tashkil etishi shart:
bozor hududida savdoni amalga oshirish shart-sharoitlariga oid davlat tilida yozilgan plakatlar, tushuntirish jadvallarini bir martalik yig‘im, ijara to‘lovi stavkalarini, shuningdek ko‘rsatiladigan majburiy va boshqa xizmatlar ro‘yxati va qiymatini qayd etgan holda, ko‘rinarli joyga joylashtirish;
tegishli tarzda, shu jumladan fiskal xotirali nazorat-kassa mashinalari va to‘lovlarni bank plastik kartochkalaridan qabul qilish bo‘yicha to‘lov terminallari bilan jihozlangan, bir martalik yig‘imni, ijara to‘lovlarini va ko‘rsatiladigan xizmatlar haqini undirishning xodimlar (kassirlar) doimiy ravishda ish joyida bo‘lishlari kerak bo‘lgan turg‘un punktlarini tashkil etish.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Bir martalik yig‘im, ijara to‘lovlari, ko‘rsatiladigan xizmatlar haqi undiriladigan turg‘un punktlar soni 100 sotuvchiga (savdo o‘rinlariga) 1 ta punkt hisobidan kelib chiqqan holda belgilanishi kerak;
bozorda savdo qilganlik uchun bir martalik yig‘imni undirishning asosiy shartlarini, sotuvchi va xaridorlarga ko‘rsatiladigan xizmatlar ro‘yxati va qiymatini radiouzel orqali muntazam ravishda ma’lum qilib borish;
bir martalik yig‘imni to‘lashdan bosh tortgan sotuvchilarni aniqlash maqsadida savdo rastalari va umuman bozor hududini nazoratchilar tomonidan muntazam ravishda aylanib chiqish;
savdoni amalga oshirish, bir martalik yig‘imni to‘lash tartibini buzuvchi shaxslarga nisbatan qonun hujjatlarida belgilangan jarimalar qo‘llanilishi zarur bo‘ladigan holatlarda davlat soliq xizmati organlari va huquqni muhofaza qilish organlari bilan tezkor aloqa o‘rnatish ishlarini tashkil etish.
42. Bozor ma’muriyati tomonidan bir martalik yig‘imni, ko‘rsatilgan xizmatlar uchun va ijara to‘lovlarini qabul qilish fiskal xotirali nazorat-kassa mashinalari va bank plastik kartochkalaridan to‘lovlarni qabul qilish bo‘yicha to‘lov terminallari majburiy qo‘llangan holda amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
100 ta va undan ko‘p turg‘un savdo shoxobchalariga ega bo‘lgan bozorlarda va ularning filiallarida hamda ijara to‘lovlari va ko‘rsatilgan xizmatlar uchun to‘lovlar faqat bank tizimi orqali avtomatlashtirilgan hisobga olish yo‘li bilan, yig‘imning to‘liqligini davlat soliq xizmati organlari xodimlari tomonidan har kuni tekshirgan holda undiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Bunda bir martalik yig‘imni to‘lash savdo o‘rni berishda, savdo boshlangunga qadar amalga oshiriladi. Chorva mollari, parrandalar va boshqa hayvonlarni sotish bozorlarida bir martalik yig‘im bozor hududiga kirishda undiriladi.
Bir martalik yig‘im to‘langanligi to‘g‘risida sotuvchiga beriladigan chekda bozorning nomi, bozorni soliq to‘lovchi identifikatsiya raqami (STIR), chek berilgan vaqt va sana, to‘lovning nomi (bir martalik yig‘im to‘lovi), to‘lov summasi, o‘rin raqami, sotiladigan tovarning nomi, nazorat-kassa mashinasi yoki to‘lov terminalining raqami to‘g‘risidagi ma’lumotlar bo‘lishi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
43. Ko‘rsatilgan xizmatlar uchun to‘lovni undirish bozorlarda hisobga olish xodimlari (kassirlar) tomonidan sotuvchilarga fiskal xotirali nazorat-kassa mashinalari va to‘lovlarni bank plastik kartochkalaridan qabul qilish bo‘yicha to‘lov terminallari cheki berilgan holda amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
44. Bir martalik yig‘imni, ijara to‘lovlarini, bozorlarda ko‘rsatilgan xizmatlar haqini undirish va undan tushgan tushumlar hisobini yuritish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan belgilanadi.
45. Bir martalik yig‘im to‘lovi bozorlarda chakana savdo qiluvchi jismoniy shaxslardan qonun hujjatlariga muvofiq belgilangan stavkalar bo‘yicha undiriladi.
46. Bozor ma’muriyati tomonidan undiriladigan bir martalik yig‘im to‘lovi, ijara to‘lovi va ko‘rsatiladigan xizmatlar haqi miqdorlari har yili hududiy moliya organlari va davlat soliq xizmati hududiy organlari bilan kelishgan holda, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan, biroq har yili O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan belgilanadigan eng kam miqdorlardan past bo‘lmagan miqdorda tasdiqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Bozor hududida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini tushirish maqsadida avtomashinalarning kirishi uchun to‘lov undirilmaydi.
VIII. Bozorlarda tovarlarni sotishga qo‘yiladigan talablar
47. Quyidagilar dehqon bozorlarida sotiladigan tovarlarning asosiy turlari hisoblanadi:
qishloq xo‘jaligi oziq-ovqat mahsulotlari, ularni qayta ishlashdan olingan mahsulotlar, yordamchi xo‘jaliklar va hunarmandchilik korxonalari mahsulotlari;
ko‘chatlar, urug‘liklar, gullar va gul ko‘chatlari.
48. Dehqon bozorlarida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini sotish:
jismoniy shaxslar – dehqon va fermer xo‘jaliklari vakillari, bog‘bonlar va polizchilar, yuridik shaxs tashkil etmagan yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan – jihozlangan savdo o‘rinlarida, bir martalik yig‘imni majburiy to‘lagan holda;
Keyingi tahrirga qarang.
yuridik shaxslar – qishloq xo‘jaligi korxonalari, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash va savdo korxonalari tomonidan – ijara shartnomasi shartlarida turg‘un savdo shoxobchalari orqali, fiskal xotirali nazorat-kassa mashinalarini va to‘lovlarni bank plastik kartochkalaridan qabul qilish bo‘yicha to‘lov terminallarini majburiy qo‘llagan, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda naqd pul tushumini topshirgan holda amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Bozorlarda yuridik shaxs bo‘lmagan yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash natijasida olingan tovarlarni turg‘un savdo shoxobchalari orqali, bozor ma’muriyati bilan ijara shartnomasi shartlarida, fiskal xotirali nazorat-kassa mashinalarini va to‘lovlarni bank plastik kartochkalaridan qabul qilish bo‘yicha to‘lov terminallarini majburiy qo‘llagan, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda naqd pul tushumini topshirgan holda sotishga ruxsat etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
49. Dehqon bozorlarida savdo-xarid qilish korxonalari tomonidan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini xarid qilish, tayyorlash va sotish ham amalga oshirilishi mumkin.
50. Go‘sht va go‘sht mahsulotlari, sut va sut mahsulotlari, baliq, go‘sht va baliqdan tayyorlangan pazandalik mahsulotlarini, qandolatchilik mahsulotlarini sotish sanitariya-epidemiologiya nazorati, veterinariya xizmati talablariga muvofiq maxsus jihozlangan hamda ushbu mahsulotni saqlash va sotishning zarur shart-sharoitlarini ta’minlovchi, umumiy ravishda foydalaniladigan oziq-ovqat mahsulotlarini sotish bo‘yicha ixtisoslashtirilgan pavilyonlarda amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
51. Bozorda import qishloq xo‘jaligi oziq-ovqat mahsulotlarini sotishga faqat ushbu bandning ikkinchi xatboshida ko‘rsatilgan hujjatlar mavjud bo‘lgan taqdirda ruxsat etiladi.
Import tovarlarni chakana savdoda sotuvchi yakka tartibdagi tadbirkor yuridik shaxs bo‘lmasdan yakka tartibdagi tadbirkor sifatida, eksport-import operatsiyalarini va chakana savdoni amalga oshirish huquqi bilan belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilgan bo‘lishi kerak hamda uning tijorat faoliyati uchun mo‘ljallangan tovarlarni chetdan keltiruvchi yuridik shaxs bo‘lmagan yakka tartibdagi tadbirkorning ro‘yxatdan o‘tkazish (ruxsat berish) tartibotlaridan o‘tishining belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan kartochkasiga, shuningdek respublika hududiga tovarlar keltirganligini va ularning bojxonada rasmiylashtirilganligini tasdiqlovchi hujjatlarga, muvofiqlik sertifikatlariga, bojxona to‘lovlari va qat’iy soliq to‘langanligini tasdiqlovchi hujjatlarga ega bo‘lishi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
52. Bozorda nooziq-ovqat iste’mol tovarlari (ilgari foydalanishda bo‘lgan tovarlardan tashqari) bilan chakana savdo qilish faqat fiskal xotirali nazorat-kassa mashinalari va to‘lovlarni bank plastik kartochkalaridan qabul qilish bo‘yicha to‘lov terminallari majburiy qo‘llangan holda turg‘un savdo obyektlari orqali amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Nooziq-ovqat iste’mol tovarlarini savdo rastalarida sotishga yo‘l qo‘yilmaydi.
53. Bozorlarda xaridorlarga qulaylik yaratish uchun savdo o‘rinlari va rastalarda o‘rash materiallari (qog‘oz va polietilen paketlar, savatlar, jo‘natish qutilari) sotishga ruxsat etiladi.
54. Bozor hududida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini sotishda sotuvchilarda quyidagilar bo‘lishi lozim:
sotilayotgan mahsulotning veterinariya qoida va normalari talablariga muvofiqligini tasdiqlovchi bozorlardagi veterinariya-sanitariya ekspertizasi laboratoriyasining yoki davlat veterinariya xizmati organining xulosasi;
bir martalik yig‘im va ko‘rsatilgan xizmatlar to‘lovi to‘langanligini tasdiqlovchi chek.
Ushbu hujjatlar sotuvchida butun ish vaqti davomida saqlanadi hamda bozor va davlat soliq xizmati organlari mas’ul xodimlarining birinchi talabiga ko‘ra ko‘rsatiladi.
IX. Ilgari foydalanishda bo‘lgan mol-mulkni sotish bozorlari faoliyatining xususiyatlari
55. Ilgari foydalanishda bo‘lgan xo‘jalik tovarlari va maishiy texnika, mebel, kiyim-bosh, qurilish materiallari, transport vositalari, shu jumladan ularga ehtiyot qismlar va ilgari foydalanishda bo‘lgan boshqa tovarlar ilgari foydalanishda bo‘lgan mol-mulkni sotish bozorida sotiladigan tovarlarning asosiy turlari hisoblanadi.
56. Ilgari foydalanishda bo‘lgan mol-mulkni sotish bozori hududida:
obyektlarni joylashtirishning tasdiqlangan sxemasidan tashqari qo‘shimcha savdo o‘rinlari tashkil etish;
qishloq xo‘jaligi oziq-ovqat mahsulotlarini va ularni qayta ishlash mahsulotlarini sotish (ularni bozor hududida joylashgan turg‘un savdo shoxobchalari orqali sotish bundan mustasno);
yangi import va mahalliy iste’mol tovarlarini hamda boshqa yangi mol-mulkni sotish (ularni bozor hududida joylashgan turg‘un savdo shoxobchalari orqali sotish bundan mustasno);
tovarlarni avtomashinalar yoki konteynerlardan sotish;
tayyor armiya anjomlarini va belgilangan namunadagi formali kiyim-boshni, harbiy turdagi boshqa tovarlarni, muassasalar, tashkilotlar va korxonalar shtampi bosilgan choyshablar, ichki ishlar organlarida qo‘llaniladigan maxsus vositalar va maxsus aslaha-anjomlarni sotish;
sotilishi qonun hujjatlarida taqiqlangan boshqa tovarlar va buyumlarni sotish taqiqlanadi.
X. Dam olish kuni yarmarkalarining ish tartibi
57. Dam olish kuni yarmarkalarini o‘tkazish joyi va muddatlari to‘g‘risidagi qaror fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari taqdimnomasiga ko‘ra mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan qabul qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
58. Mahalliy davlat hokimiyati organlari davlat soliq xizmati organlari, ichki ishlar organlari, sanitariya-epidemiologiya nazorati hududiy organlari va boshqa manfaatdor tashkilotlar ishtirokida dam olish kuni yarmarkalarini tayyorlash, o‘tkazish va yopish bo‘yicha zarur tadbirlarni amalga oshiradilar.
Keyingi tahrirga qarang.
59. Dam olish kuni yarmarkalari hududida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini va ularni qayta ishlashdan olingan tovarlarni, shuningdek ilgari foydalanishda bo‘lgan nooziq-ovqat iste’mol tovarlarini sotishga ruxsat etiladi.
60. Dam olish kuni yarmarkalari hududida savdo o‘rinlari bepul beriladi.
61. Dam olish kuni yarmarkalarida mahsulotlarni sotish quyidagi hujjatlar mavjud bo‘lgan taqdirda amalga oshiriladi:
tovarga oid hujjatlar;
sotuvchining shaxsini tasdiqlovchi hujjatlar.
Ushbu hujjatlar sotuvchida butun ish vaqti davomida saqlanadi va nazorat organlari hamda shahar (tuman) hokimliklarining birinchi talabiga ko‘ra ko‘rsatiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
XI. Bozorlar faoliyatini nazorat qilish
62. Bozorlar, unga tutashib ketgan avtotransport vositalarini vaqtincha saqlash joylari, shuningdek ular hududida faoliyatni amalga oshiruvchi tadbirkorlik subyektlari faoliyatini, ular tomonidan ushbu Qoidalarga, soliq to‘g‘risidagi qonunlarga, savdo faoliyatini tartibga soluvchi normalar va qoidalarga rioya qilinishini nazorat qilish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda davlat soliq xizmati organlari tomonidan amalga oshiriladi.
63. Soliq organlari tomonidan o‘tkaziladigan tekshirishlarga iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish bo‘yicha jamoat tashkilotlari, O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi va uning hududiy bo‘linmalari vakillari jalb etilishi mumkin.
64. Bozorda sanitariya va veterinariya normalari va qoidalariga, shuningdek standartlarga, yong‘in xavfsizligi normalari va qoidalariga rioya etilishini nazorat qilish tegishli ravishda O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining sanitariya-epidemiologiya nazorati organlari, O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining davlat veterinariya xizmati organlari va O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Davlat yong‘in xavfsizligi xizmati tomonidan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
65. Ushbu Qoidalarga rioya etilishi yuzasidan ijro va nazoratni tashkil etish uchun shaxsiy javobgarlik Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisiga, viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimlariga, shuningdek bozorlar ma’muriyatiga yuklanadi.
66. Mazkur Qoidalarning buzilishiga yo‘l qo‘ygan yuridik shaxslar va xususiy tadbirkorlar qonun hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
67. Bir martalik yig‘imlarni va ko‘rsatiladigan xizmatlar haqini, ijara to‘lovlarini to‘lamasdan faoliyatni amalga oshiruvchi shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
XII. Bozor (bozordagi savdo obyekti) faoliyatini to‘xtatib turish uchun asos hisoblanadigan qonun buzilishlari ro‘yxati
68. O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda, tegishli hujjatlar bilan tasdiqlangan quyidagi qonun buzilishlari mavjud bo‘lganda bozor (bozordagi savdo obyekti) faoliyati vaqtincha to‘xtatib turilishi mumkin:
yer uchastkasidan foydalanish huquqini belgilovchi, belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan hujjatlar mavjud bo‘lmaganda, shuningdek yer uchastkasidan belgilangan maqsaddan boshqa maqsadda foydalanilganda;
bozor (bozordagi savdo obyekti)ni tashkil etish va undan foydalanishda sanitariya va veterinariya qonun hujjatlari normalarining to‘g‘ridan-to‘g‘ri xavfli epidemiya va yuqumli kasalliklarning tarqalishiga sabab bo‘ladigan tarzda buzilishi holatlari belgilangan muddatda bartaraf etilmaganda;
bozorni tashkil qilish va undan foydalanishda tabiatni muhofaza qilishga doir qonun hujjatlarining, ekologiya talablarining buzilishi holatlari belgilangan muddatda bartaraf etilmaganda;
yong‘inga qarshi xavfsizlik talablariga rioya qilinmaganda;
fiskal xotirali nazorat-kassa mashinalarini va to‘lovlarni bank plastik kartochkalaridan qabul qilish bo‘yicha to‘lov terminallarini qo‘llanish, shuningdek naqd tushumni banklar kassalariga topshirish tartibi muntazam ravishda buzilganda;
Keyingi tahrirga qarang.
bozorni ixtisoslashtirishning ushbu Qoidalarda belgilangan talablari buzilganda.
69. Ko‘rsatilgan qonun buzilishlari aniqlanganda nazorat organlari o‘z vakolatlari doirasida tegishli hujjatlar bilan tasdiqlangan taqdimnomalar kiritadi, ular asosida mahalliy davlat hokimiyati organlari bozor faoliyatini o‘n ish kunidan ortiq bo‘lmagan muddatga to‘xtatib turish haqida qaror qabul qiladi yoki bozor faoliyatini o‘n ish kunidan ortiq muddatga to‘xtatib turish haqida sudga murojaat qiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
70. Yo‘l qo‘yilgan qonun buzilishlari to‘liq bartaraf etilgandan keyin, faoliyatni to‘xtatib turish to‘g‘risida qaror qabul qilgan organ ko‘rsatib o‘tilgan holatlar bartaraf etilganligi to‘g‘risida tasdiqnoma olingan kundan boshlab bir ish kuni mobaynida bozor (bozordagi savdo obyekti) faoliyatini qaytadan tiklash to‘g‘risida qaror qabul qilishi shart.
XIII. Bozor faoliyatini to‘xtatish
71. Bozor faoliyati:
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda yer uchastkasining ijara shartnomasi to‘xtatilganda;
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tomonlardan birining tashabbusiga ko‘ra yer uchastkasining ijara shartnomasi muddatidan oldin bekor qilinganda;
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda bozorni joylashtirishga ajratilgan yer uchastkasi davlat ehtiyojlari uchun olib qo‘yilganda;
qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa holatlarda to‘xtatiladi.
O‘zbekiston Respublikasi bozorlarida savdo faoliyatini tashkil etish qoidalariga
ILOVA
ILOVA
| Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organining, bog‘dorchilik-uzumchilik yoki polizchilik shirkati boshqaruvining blankasi yoki shtampi | | ||||||||||||||||||||||||||||
| | |||||||||||||||||||||||||||||
|
MA’LUMOTNOMA | |||||||||||||||||||||||||||||
| ________________________________________________ manzilida yashovchi | |||||||||||||||||||||||||||||
| _______________________________________________________ga berildi. | |||||||||||||||||||||||||||||
|
(o‘zi yetishtirgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini sotuvchi jismoniy shaxsning F.I.O.) | |||||||||||||||||||||||||||||
| | |||||||||||||||||||||||||||||
| STIR: | | | | | | | | | | (mavjud bo‘lsa) | |||||||||||||||||||
| | |||||||||||||||||||||||||||||
| U ___________ ga maydonli yer uchastkasiga ega. | |||||||||||||||||||||||||||||
| Yer uchastkasi joylashgan joy ________________________________________ | |||||||||||||||||||||||||||||
| Yer uchastkasida quyidagi mahsulotlar yetishtiriladi: | |||||||||||||||||||||||||||||
| | |||||||||||||||||||||||||||||
|
T/r |
Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining nomi |
Ekin maydoni (chorva mollarining bosh soni) |
O‘rtacha hosildorlik (o‘sish, vazn ortishi) |
Bir yilda sotilishi mumkin bo‘lgan hajm (taxminan) | |||||||||||||||||||||||||
|
1 |
2 |
3 |
4 |
5 | |||||||||||||||||||||||||
| | | | | | |||||||||||||||||||||||||
| | | | | | |||||||||||||||||||||||||
| | | | | | |||||||||||||||||||||||||
| | | | | | |||||||||||||||||||||||||
| | | | | | |||||||||||||||||||||||||
| | | | | | |||||||||||||||||||||||||
| | |||||||||||||||||||||||||||||
| | Ma’lumotnomani bergan | ||||||||||||||||||||||||||||
| | mansabdor shaxsning F.I.O. _______________________ | ||||||||||||||||||||||||||||
| | Imzo ____________ | | | | | |
Sana: 20___ yil “___” __________ | ||||||||||||||||||||||
| | |||||||||||||||||||||||||||||
| | M.O‘. | ||||||||||||||||||||||||||||
Keyingi tahrirga qarang.
Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 28-avgustdagi 253-son qaroriga
2-ILOVA
2-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasida savdo komplekslari faoliyatini tashkil etish
qoidalari
I. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Qoidalar O‘zbekiston Respublikasida savdo komplekslari faoliyatini tashkil etishni tartibga soladi.
2. Ushbu Qoidalarda savdo kompleksi deganda chakana savdo va xizmatlar ko‘rsatish sohasining turg‘un obyektlari joylashgan yagona yer uchastkasida qurilgan bino va (yoki) inshootga yoxud binolar va (yoki) inshootlar kompleksiga mulk huquqi bilan yoki boshqa qonuniy asosda egalik qiluvchi yuridik shaxs tushuniladi.
3. Savdo kompleksi hududida joylashgan chakana savdo va umumiy ovqatlanish xizmatlari ko‘rsatishning turg‘un obyektlari faoliyati O‘zbekiston Respublikasida chakana savdo hamda umumiy ovqatlanish mahsulotlarini ishlab chiqarish va sotish (xizmatlar ko‘rsatish) qoidalariga muvofiq amalga oshiriladi.
II. Savdo komplekslarini tashkil etish tartibi
4. Savdo kompleksi faoliyatini tashkil etish yuridik shaxs tomonidan unga foydalanish uchun yoxud ijaraga berilgan yer uchastkasida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ta’minlanadi. Savdo kompleksi faoliyat ko‘rsatishi uchun foydalanishga berilgan yer uchastkasidan boshqa maqsadlarda foydalanilishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Ko‘rsatib o‘tilgan yuridik shaxs har qanday tashkiliy-huquqiy shaklda tashkil etiladi.
Faoliyat ko‘rsatayotgan bozor negizida qayta tashkil etilgan savdo kompleksining muassislaridan bittasi majburiy tartibda ustav fondidagi ulushi kamida 51 foiz bo‘lgan mahalliy davlat hokimiyati organi bo‘lishi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
5. Savdo kompleksini tashkil etish Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining savdo kompleksi tashkil etish uchun yer uchastkasi ajratish to‘g‘risidagi qarori asosida amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
6. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining savdo kompleksini tashkil etish to‘g‘risidagi qarorida savdo kompleksining joylashgan o‘rni, undagi turg‘un savdo shoxobchalarining soni belgilab qo‘yiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
7. Tashkil etilayotgan savdo komplekslari ustav fondining eng kam miqdori yuridik shaxslarning tegishli tashkiliy-huquqiy shakllari uchun qonun hujjatlarida belgilangan miqdorga muvofiq bo‘lishi kerak.
8. O‘zbekiston Respublikasining har qanday yuridik va jismoniy shaxslari savdo kompleksining muassislari bo‘lishi mumkin.
9. Savdo komplekslarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tadbirkorlik subyektlari uchun belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Savdo komplekslarini qayta tashkil etish va tugatish O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
III. Savdo komplekslariga qo‘yiladigan umumiy talablar
10. Savdo kompleksida quyidagilar bo‘lishi kerak:
uning ish vaqti tugagandan keyin yopiladigan kirish va chiqish joylari;
savdo kompleksining nomi, ixtisoslashuvi va ish tartibi ko‘rsatilgan, davlat tilida rasmiylashtirilgan peshlavha;
tartib raqamlari qo‘yilgan turg‘un savdo shoxobchalari (shu jumladan pavilyonlar), shuningdek savdo kompleksi ma’muriyati tasdiqlagan va ko‘rinarli joyga osilgan savdo kompleksi obyektlarining joylashish sxemasi. Bunda savdo o‘rinlarining joylashishi xaridorlarning savdo kompleksida erkin yurishini ta’minlashi kerak;
buyumlarni saqlash joylari;
tovarni turg‘un savdo shoxobchalariga yetkazish uchun aravachalarni prokatga berish punkti;
xarid qilingan tovarlarni avtotransport vositalarini vaqtincha saqlash joylarigacha yoki savdo kompleksi hududidagi yoxud unga yondosh ko‘chalargacha olib borish uchun, aravachalarning qaytarilishi uchun zarur choralarni nazarda tutgan holda, aravachalarni olish va topshirish uchun barcha qulayliklarni yaratib, xaridorlarga bepul aravachalar berish punkti;
avariya hamda favqulodda vaziyatlar holatlarida yong‘inni o‘chirish va aholini xabardor qilish vositalari;
ijarachilar va xaridorlar uchun savdo kompleksi hududida va unga tutash hududlarda avtotransport vositalarini vaqtincha saqlash joylari, jamoat hojatxonalari, suv quvurlari, yuz-qo‘l yuvgichlar, axlat to‘plagichlar, kiyimni kiyib ko‘rish kabinalari va boshqa zarur infratuzilma obyektlari.
11. Savdo kompleksi hududida quyidagilar taqiqlanadi:
turg‘un savdo shoxobchalaridan tashqarida nooziq-ovqat va oziq-ovqat tovarlarini sotish;
avtomashinalardan va yuklarni tashish uchun mo‘ljallangan vositalar (konteynerlar)dan oziq-ovqat va nooziq-ovqat tovarlarini sotish;
vakolatli banklarning belgilangan tartibda jihozlangan va faoliyat ko‘rsatuvchi valyuta almashtirish shoxobchalaridan tashqari, xorijiy valyuta sotish;
qonun hujjatlarida taqiqlangan tovarlar va boshqa buyumlarni sotish.
12. Tanishish uchun qulay joylarda quyidagilar o‘rnatiladi:
a) tovar nomenklaturasining asosiy guruhlari bo‘yicha savdo zonalari ko‘rsatkichlari;
b) savdo zonalari, umumiy ovqatlanish va servis xizmati ko‘rsatish obyektlari, ma’muriy binolar, namoyish qilish xonasi yoki stendi, nazorat o‘lchovi tarozilari, savdo kompleksi hududida va unga tutash hududlarda joylashgan avtotransport vositalarini vaqtincha saqlash joylari, jamoat hojatxonalari va boshqa obyektlarning joylashish sxemasi ko‘rsatilgan stend;
v) favqulodda vaziyatlar ro‘y berganda savdo kompleksini evakuatsiya qilish sxemasi;
g) axborotlar stendi, unda sotuvchilar va savdo kompleksi xaridorlari uchun:
“Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni va ushbu Qoidalarning matnlari;
savdo faoliyatini va tovarlarning ayrim turlarini sotishni tartibga soluvchi qoidalar;
savdo kompleksida binolarni ijaraga berish tartibi va shartlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar, shuningdek ko‘rsatiladigan majburiy xizmatlarning ro‘yxati va qiymati;
bozor ma’muriyatining, tuman (shahar) hokimligining, davlat soliq xizmati, ichki ishlar hududiy organlarining telefon raqamlari.
13. Savdo operatsiyalari o‘lchash-tortish vositalaridan (tarozilar, tarozi toshlari, o‘lchovli sig‘imlar, metrlar va boshqalardan) foydalangan holda amalga oshirilishi kerak bo‘lgan turg‘un shoxobchalarda metrologik qoidalar va normalar talablariga muvofiq bo‘lgan o‘lchov anjomlari mavjud bo‘lishi shart.
14. Savdo kompleksi hududida maxsus ajratilgan joylarda:
umumiy ovqatlanish, servis xizmati ko‘rsatish obyektlari;
ishlab chiqaruvchi korxonalarga (shartnoma shartlarida) istiqbolli tovarlarni ko‘rsatish, ularning taqdimotlarini, reklama kompaniyalarini o‘tkazish imkoniyatini yaratish uchun namoyish qilish xonasi yoki stend;
savdo kompleksida faoliyat ko‘rsatuvchi yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarning har kunlik tushumini qabul qilish uchun banklarning filiallari yoki kassalari, shuningdek inkassatsiya punktlari joylashtiriladi.
15. Savdo kompleksida sanitariya kunlari savdo kompleksi ma’muriyati tomonidan tasdiqlangan jadvalga muvofiq belgilanadi.
16. Savdo kompleksi hududida tovarlarni tashishni tashkil etish xaridorlarning savdo kompleksida erkin yurishiga to‘sqinlik qilmasligi va tovarlarni tashib keltirish (qabul qilib olish), saqlash va sotish uchun zarur sharoitlarni to‘liq ta’minlashi kerak.
17. Savdo komplekslari hududidagi turg‘un savdo shoxobchalarida savdoni amalga oshirishda fiskal xotirali nazorat-kassa mashinalarini va to‘lovlarni bank plastik kartochkalaridan qabul qilish bo‘yicha to‘lov terminallarini qo‘llanish tartibi majburiy hisoblanadi.
Aholi bilan pulli hisob-kitoblarni amalga oshiruvchi xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan qo‘llaniladigan nazorat-kassa mashinalari yagona texnik talablarga muvofiq bo‘lishi va belgilangan tartibda majburiy sertifikatlanishi kerak.
Sertifikatga ega bo‘lmagan yoki belgilangan yagona texnik talablarga javob bermaydigan nazorat-kassa mashinalaridan foydalangan holda chek berish aybdor shaxslarni qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlikka tortish uchun asos hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
18. Mijozlarning savdo kompleksi hududiga kirishi – bepul.
IV. Savdo kompleksini boshqarish. Sotuvchilarning va savdo kompleksi ma’muriyatining huquq va majburiyatlari
19. Savdo kompleksini boshqarish savdo kompleksi ma’muriyati tomonidan amalga oshiriladi, unga ushbu Qoidalarga hamda savdo faoliyatini tartibga soluvchi boshqa qonun hujjatlariga rioya etilishi yuzasidan javobgarlik yuklanadi.
20. O‘z faoliyatini savdo kompleksida joylashgan turg‘un savdo shoxobchalari orqali amalga oshiruvchi yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar (keyingi o‘rinlarda savdo subyektlari deb ataladi) quyidagi huquqlarga ega:
ushbu Qoidalarga muvofiq savdo faoliyatini amalga oshirish;
savdo kompleksi ma’muriyatidan ushbu Qoidalarga muvofiq ishlash uchun shart-sharoitlar bilan ta’minlashni talab qilish;
savdo kompleksi ma’muriyatidan savdo kompleksining ish tartibi va rejimi bo‘yicha zarur tushuntirishlar olish;
savdo kompleksi ma’muriyati tomonidan ko‘rsatiladigan pulli xizmatlardan foydalanish;
o‘zlarining faoliyati nazorat organlari tomonidan tekshirilgan taqdirda savdo kompleksi ma’muriyati xodimlarini taklif etish;
savdo kompleksi ma’muriyatiga savdo kompleksi faoliyatini yaxshilash bo‘yicha takliflar kiritish.
21. Savdo subyektlari quyidagilarga majbur:
tegishli peshlavha shaklida o‘z tashkilotining firma nomini (nomi, ramzi yoki tovar belgisini), yakka tartibdagi tadbirkorning nomini, joylashgan joyini (pochta manzilini) va ish rejimini (ishning boshlanish va tugash vaqtini, tushlik paytini, dam olish kunlarini) iste’molchiga ma’lum qilish;
savdo faoliyatini amalga oshirishda turg‘un savdo shoxobchasi ijarasi to‘g‘risidagi shartnomaga va ijara to‘lovi to‘langanligi to‘g‘risidagi hujjatga, yuridik shaxs yoxud yakka tartibdagi tadbirkorning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomaga, shuningdek qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa hujjatlarga ega bo‘lishi kerak. Ushbu hujjatlar davlat soliq xizmati organlari mas’ul xodimlarining birinchi talabiga ko‘ra ko‘rsatiladi;
naqd tushumni ushbu savdo kompleksi hududida tashkil etilgan inkassatsiya punktlariga (banklar kassalariga) har kuni inkassatsiya qilish (topshirish)ni belgilangan tartibda amalga oshirish;
Keyingi tahrirga qarang.
ijara to‘lovini o‘z vaqtida to‘lash;
faqat savdo kompleksi ma’muriyati tomonidan belgilangan joylarda savdo qilish;
savdo shoxobchalarini toza va tartibli saqlash;
yong‘in xavfsizligi talablariga rioya qilish, texnik va yong‘in signalizatsiyasi vositalari (priborlari) mavjud bo‘lishini ta’minlash;
savdo kompleksi ma’muriyati va nazorat organlarining qonuniy talablarini bajarish;
Keyingi tahrirga qarang.
ushbu Qoidalar normalariga va qonun hujjatlarida belgilangan boshqa talablarga rioya etish.
Turg‘un savdo shoxobchasining ijara huquqlarini uchinchi shaxsga berish taqiqlanadi.
22. Savdo kompleksi ma’muriyati quyidagi huquqlarga ega:
savdo kompleksida savdo faoliyatini amalga oshirish va xizmatlar ko‘rsatish uchun yuridik shaxslarga va yuridik shaxs tashkil qilmagan yakka tartibdagi tadbirkorlarga shartnoma asosida turg‘un savdo shoxobchalari berish. Turg‘un savdo shoxobchalarining ijara huquqi yuridik shaxslarga va yuridik shaxs tashkil qilmagan yakka tartibdagi tadbirkorlarga ochiq tanlov savdolari o‘tkazish natijalari bo‘yicha beriladi;
shartnoma asosida qo‘shimcha xizmatlar ko‘rsatish;
nazorat organlari vakillariga ular savdo komplekslarida o‘z funksiyalarini amalga oshirayotganda hamrohlik qilish;
ijaraga oluvchilar bilan tuzilgan turg‘un savdo shoxobchalarining ijara shartnomasini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda bekor qilish va unga o‘zgartirishlar kiritish.
Tarozilar va boshqa o‘lchov priborlarini ijaraga berish, yuk saqlash joylarini tashkil etish, sotuvchilar va xaridorlar uchun aravachalarni ijaraga berish bo‘yicha xizmatlar faqat savdo kompleksi ma’muriyati tomonidan ko‘rsatilishi mumkin.
23. Savdo kompleksi ma’muriyati quyidagilarga majbur:
savdo subyektlari va o‘z xodimlari tomonidan ushbu Qoidalarga va belgilangan savdo qoidalariga rioya etilishini nazorat qilish;
savdo kompleksi ishlarini va uning faoliyati bilan bog‘liq jarayonlarni savdo faoliyatini amalga oshirishni belgilovchi va savdo kompleksi joylashgan hududda atrof muhitni muhofaza qilishni, epidemik va ekologik xavfsizlikni ta’minlovchi qoidalar va normalarga qat’iy muvofiq ravishda tashkil etish;
savdo kompleksining normal faoliyat ko‘rsatishi uchun jamoat tartibini saqlash, qo‘riqlashni tashkil etish, shu jumladan uning energiya, issiqlik va suv ta’minoti yuzasidan zarur sharoitlarni ta’minlash bo‘yicha zarur chora-tadbirlar ko‘rish;
buyumlarni saqlash joylari hamda sotuvchilar va xaridorlarga aravachalarni prokatga berish punktlari ishlari uchun mas’ullarni buyruq bilan tayinlash;
buyumlarni saqlash joylari, aravachalar berilganligi uchun to‘lovlarni fiskal xotirali nazorat-kassa mashinalarini va to‘lovlarni bank plastik kartochkalaridan qabul qilish bo‘yicha to‘lov terminallarini majburiy qo‘llagan holda qabul qilish;
Keyingi tahrirga qarang.
savdo kompleksi va unga tutash hududni, ma’muriy-xo‘jalik binolarini, umumiy ravishda foydalaniladigan joylarni zarur sanitariya-texnik holatda saqlash;
yondosh hududlarning o‘z vaqtida yig‘ishtirilishi va obodonlashtirilishini ta’minlash;
qattiq maishiy chiqindilar, yirik hajmli axlatlar, turli xil idishlar va shu kabilarning tashib ketilishini ta’minlash.
24. Savdo kompleksi ma’muriyati quyidagilarni ta’minlaydi:
xaridorlarga xizmat ko‘rsatishda yuzaga keladigan nizoli vaziyatlarning sabablarini bartaraf etish chora-tadbirlarini ko‘rish;
belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilgan mulohazalar va takliflar daftari mavjud bo‘lishini ta’minlash hamda uni xaridorlarning birinchi talabiga ko‘ra taqdim etish;
banklar kassalari va inkassatsiya punktlari ishlari uchun eng qulay shart-sharoitlar yaratish, o‘z faoliyatini savdo kompleksida joylashgan turg‘un savdo shoxobchalari orqali amalga oshiruvchi yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarning naqd tushumi har kuni inkassatsiya punktlariga (banklar kassalariga) inkassatsiya qilinishiga (topshirilishiga) ko‘maklashish.
25. Savdo kompleksi ma’muriyati nazorat organlari vakillariga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda o‘tkaziladigan tekshirishlarni amalga oshirishda ko‘maklashadi, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha ta’sirchan chora-tadbirlar ko‘radi. Zarurat bo‘lganda, nazorat organlari xodimlariga tekshirishlarni o‘tkazish davri uchun xonalar ajratadi.
26. Savdo kompleksi ma’muriyati iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlari talablari, belgilangan savdo qoidalari bajarilishi yuzasidan qonun hujjatlariga muvofiq javob beradi.
Savdo kompleksi ma’muriyati rahbariyati ushbu Qoidalar normalariga rioya qilinmaganligi va ularga rioya etilishi bo‘yicha savdo kompleksi ma’muriyati xodimlari tomonidan zarur nazoratning yo‘qligi yuzasidan javob beradi.
Savdo kompleksi ma’muriyati rahbarlari ijara to‘lovlari hamda ko‘rsatiladigan xizmatlar uchun to‘lovlarning o‘z vaqtida va to‘liq undirilishi ta’minlanganligi, shuningdek turg‘un savdo shoxobchalarining jismoniy shaxslarga ular yakka tartibdagi tadbirkor sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomasiz berilganligi uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladilar.
V. Savdo kompleksining ish rejimi
27. Savdo kompleksining ish rejimi savdo kompleksi ma’muriyati tomonidan belgilanadi. Savdo kompleksi hududida alohida savdo obyektlarining ish vaqti savdo kompleksining umumiy ish rejimi bilan tartibga solinadi.
28. Rejali sanitariya-texnik ishlarni bajarish uchun savdo kompleksi yopilganda savdo kompleksi ma’muriyati oldindan, mazkur ishlarni bajarishdan oldin yetti ish kunidan kechikmay savdo subyektlarini, aholini va mahalliy davlat hokimiyati organini savdo kompleksining yopilishi sabablari va davri to‘g‘risida xabardor qiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
29. Savdo kompleksi ishlagan vaqtda alohida savdo obyektini yopish zarur bo‘lgan taqdirda savdo subyekti xaridorlar uchun obyektning yopilishi davri to‘g‘risidagi e’lonni osib qo‘yishi, obyekt ish vaqtining 1 soatidan ko‘proq vaqtga yopilgan taqdirda esa, xaridorlar uchun e’londan tashqari – bu haqda savdo kompleksi ma’muriyatini yozma shaklda xabardor qilishi shart.
30. Avariya va favqulodda vaziyatlarda shoshilinch tadbirlarni bajarish uchun savdo kompleksi yopilgan taqdirda bu haqdagi axborot sotuvchilar, xaridorlar va mahalliy davlat hokimiyati organlariga darhol yetkaziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
VI. Savdo kompleksi daromadlarining manbalari, ijara to‘lovini va ko‘rsatilayotgan xizmatlar uchun to‘lovni undirishni tashkil etish
31. Quyidagilar savdo komplekslari daromadlarining manbalari hisoblanadi:
ijara to‘lovidan olingan daromadlar;
sotuvchilar va xaridorlarga xizmatlar ko‘rsatishdan olingan daromadlar;
qonun hujjatlariga zid bo‘lmagan boshqa tushumlar.
32. Savdo kompleksi daromadlarini taqsimlash qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
33. Savdo va xizmatlar sohasi obyektlari, binolar va inshootlar faqat qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilgan yuridik shaxslarga va yakka tartibdagi tadbirkorlarga shartnoma asosida ijaraga beriladi.
34. Ijara to‘lovini to‘lash savdo kompleksi ma’muriyati bilan ijaraga oluvchi o‘rtasida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tuziladigan ijara shartnomasi asosida amalga oshiriladi.
Ijara to‘lovi ijaraga oluvchi tomonidan har oyda hisobot oyining 25-kunigacha savdo kompleksining bankdagi hisob-kitob raqamiga to‘lanadi.
35. Savdo kompleksi ma’muriyati ijara to‘lovini hamda ko‘rsatiladigan xizmatlar uchun to‘lovni undirishning barcha sotuvchilar uchun qulay shart-sharoitlari yaratilishi uchun javob beradi.
Savdo kompleksi ma’muriyati quyidagilarni tashkil etishga majbur:
savdo kompleksi hududida savdoni amalga oshirish shart-sharoitlari bo‘yicha davlat tilida ijara to‘lovi miqdorlari va ko‘rsatiladigan xizmatlar qiymati ko‘rsatilgan plakatlarni, tushuntirish jadvallarini ko‘rinarli joyga joylashtirish;
tegishli tarzda, shu jumladan fiskal xotirali nazorat-kassa mashinalari va to‘lovlarni bank plastik kartochkalaridan qabul qilish bo‘yicha to‘lov terminallari bilan jihozlangan ko‘rsatiladigan xizmatlar uchun to‘lovni undirishning turg‘un punktlari;
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
ijara to‘lovini undirishning asosiy shartlarini, sotuvchi va xaridorlarga ko‘rsatiladigan xizmatlar ro‘yxati va qiymatini radiouzel orqali muntazam ravishda ma’lum qilib borish;
savdoni amalga oshirish, ijara to‘lovini to‘lash tartibini buzuvchi shaxslarga nisbatan qonun hujjatlarida belgilangan javobgarlik choralarini qo‘llash zarur bo‘lganda davlat soliq xizmati organlari va huquq-tartibotni muhofaza qilish organlari bilan tezkor aloqa o‘rnatish.
36. Savdo komplekslarida ijara to‘lovini va ko‘rsatiladigan xizmatlar uchun to‘lovni qabul qilish fiskal xotirali nazorat-kassa mashinalari va bank plastik kartochkalaridan to‘lovlarni qabul qilish bo‘yicha to‘lov terminallari majburiy qo‘llanib, shuningdek ijaraga oluvchi tomonidan pul mablag‘larini savdo kompleksining bankdagi hisob-kitob raqamiga o‘tkazish yoki bank tizimi orqali avtomatlashtirilgan hisobga olish yo‘li orqali naqd pul bilan, yig‘imning to‘liqligini davlat soliq xizmati organlari xodimlari tomonidan har kuni tekshirgan holda amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
37. Ustav fondida davlat ulushi kamida 51 foizni tashkil etadigan savdo komplekslarida ijara to‘lovi miqdori va ko‘rsatiladigan xizmatlar qiymati har yili hududiy moliya organlari va davlat soliq xizmati hududiy organlari bilan kelishgan holda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan, biroq har yili O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan belgilanadigan eng kam miqdorlardan past bo‘lmagan miqdorda tasdiqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
38. Savdo komplekslariga soliq solish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Bunda ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi kamida 51 foizni tashkil qiladigan savdo komplekslariga bozorlar uchun belgilangan soliq solish tartibi tatbiq etiladi.
VII. Savdo komplekslari ishlarini nazorat qilish
39. Savdo kompleksi, unga tutashgan avtotransport vositalarini vaqtincha saqlash joylari faoliyatini, shuningdek savdo kompleksi hududida faoliyat ko‘rsatuvchi tadbirkorlik subyektlari faoliyatini, ular tomonidan ushbu Qoidalar normalariga, soliq to‘g‘risidagi qonunlarga, savdo faoliyatini tartibga soluvchi boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga rioya etilinishini nazorat qilish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda, davlat soliq xizmati organlari tomonidan amalga oshiriladi.
40. Davlat soliq xizmati organlari tomonidan o‘tkaziladigan tekshirishlarga iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish bo‘yicha jamoat tashkilotlari, Savdo-sanoat palatasi va uning hududiy bo‘linmalari vakillari, shuningdek boshqa nazorat organlari mutaxassislari jalb etilishi mumkin.
41. Mazkur Qoidalarning buzilishiga yo‘l qo‘ygan yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar qonun hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
VIII. Savdo komplekslarida tovarlarni sotishga qo‘yiladigan talablar
42. Quyidagilar savdo komplekslarida sotiladigan tovarlarning asosiy turlari hisoblanadi:
yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan ishlab chiqarilgan tovarlar;
xalq ijodkorligi, xalq hunarmandchiligi korxonalari tovarlari;
mahalliy korxonalarda ishlab chiqarilgan tovarlar;
belgilangan tartibda yakka tartibdagi tadbirkorlar yoki yuridik shaxslar tomonidan olib kelingan import tovarlar.
43. Savdo komplekslarida tovarlarni chakana sotish yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan, fiskal xotirali nazorat-kassa mashinalaridan va to‘lovlarni bank plastik kartochkalaridan qabul qilish bo‘yicha to‘lov terminallaridan majburiy foydalangan holda, turg‘un savdo shoxobchalari orqali amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Tovarlarni sotish bo‘yicha faoliyatning litsenziyalanishi talab etiladigan tovarlar savdosi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
44. Yuridik shaxs tashkil etmagan yakka tartibdagi tadbirkorlar savdo komplekslarida chakana savdoni faqat:
bevosita o‘zlari olib kelgan import tovarlar;
o‘zlari tayyorlagan (sotish taqiqlanmagan) tovarlar;
ushbu tovarlarni ishlab chiqargan boshqa yakka tartibdagi tadbirkorlardan sotib olingan tovarlar;
yuridik shaxslar – mahalliy tovar ishlab chiqaruvchilarning tovarlari bilan – ular sotib olinganligining qonuniyligini tasdiqlaydigan barcha hujjatlar mavjud bo‘lganda amalga oshirish huquqiga ega.
45. Xususiy tadbirkor tomonidan o‘zi import qilgan tovarni sotish yakka tartibdagi tadbirkor sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma hamda tijorat faoliyati uchun mo‘ljallangan tovarlarni keltiruvchi, yuridik shaxs tashkil etmagan yakka tartibdagi tadbirkorning ro‘yxatdan o‘tish (ruxsat berish) tartibotlaridan o‘tishning belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan kartochkasi mavjud bo‘lgan taqdirda amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
46. O‘zi tayyorlagan tovarlarni chakana sotuvchi yakka tartibdagi tadbirkorlar fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari tomonidan berilgan va davlat soliq xizmati organlari tomonidan tasdiqlangan ishlab chiqarish sharoitlari mavjudligini tasdiqlovchi hujjatlarga ega bo‘lishi shart.
47. Boshqa yakka tartibdagi tadbirkorlardan – ushbu tovarlarni ishlab chiqaruvchilardan sotib olingan tovarlarni chakana sotuvchi yakka tartibdagi tadbirkorlar olingan tovarlar uchun haq to‘langanligini tasdiqlaydigan hujjatga, yakka tartibdagi tadbirkorlar - ishlab chiqaruvchilar bilan tuzilgan sotiladigan tovarlarning oldi-sotdi shartnomasiga ega bo‘lishlari shart. Shartnomada majburiy tartibda quyidagi rekvizitlar ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak:
yakka tartibdagi tadbirkorlarning – sotuvchi va xaridorning familiyalari, ismlari va otasining ismlari;
yakka tartibdagi tadbirkorlarning – sotuvchi va xaridor pasportlarining seriyalari, tartib raqamlari va berilgan sanalari;
yakka tartibdagi tadbirkor sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganlik to‘g‘risidagi guvohnomalarning tartib raqamlari va berilgan sanalari hamda guvohnomani bergan davlat hokimiyati organining nomi;
soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami (STIR) va ro‘yxatdan o‘tkazish joyi bo‘yicha davlat soliq inspeksiyasi;
bank rekvizitlari.
48. Savdo kompleksida qonun hujjatlariga muvofiq talab qilinadigan hujjatlarni rasmiylashtirmasdan yoxud ularning amal qilishi to‘xtatib turilgan yoki chaqirib olingan davrda savdo faoliyatini oshirish faoliyatni litsenziyasiz amalga oshirish deb qaraladi va bu holda qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlik choralari ko‘riladi.
IX. Savdo kompleksi faoliyatini to‘xtatib turish yoki to‘xtatish
49. Savdo kompleksi (chakana savdo va xizmatlar ko‘rsatishning turg‘un obyekti) faoliyati qonun hujjatlarida belgilangan tartibda to‘xtatib turilishi yoki to‘xtatilishi mumkin.
Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 28-avgustdagi 253-son qaroriga
3-ILOVA
3-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar
1. Vazirlar Mahkamasining “Valyuta bozorini yanada erkinlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2001-yil 22-iyundagi 263-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2001-yil 6-son, 30-modda) 12-bandining to‘rtinchi xatboshidagi “buyum bozorlari” so‘zlari “bozorlar va savdo komplekslari” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Vazirlar Mahkamasining “Chorsu savdo markazi” savdo kompleksi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” 2001-yil 3-noyabrdagi 438-son qarorida:
a) 2-bandning uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Chorsu savdo markazi” ochiq aksiyadorlik jamiyati hududida savdo faoliyatini amalga oshiruvchi va xizmatlar ko‘rsatuvchi jismoniy shaxslar faoliyati qonun hujjatlariga muvofiq tashkil etiladi”;
b) 3-band o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Keyingi tahrirga qarang.
3. Vazirlar Mahkamasining “Respublikaga iste’mol tovarlari noqonuniy olib kelinishi va sotilishining oldini olish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2002-yil 19-iyuldagi 257-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2002-y., 7-son, 42-modda) 4-bandining birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“4. Savdo komplekslarida yuridik shaxs bo‘lmagan yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan sotilayotgan barcha import iste’mol tovarlariga ular tomonidan tovarlarning respublika hududiga olib kirilganligi faktini va ularning bojxona rasmiylashtiruvini, muvofiqlik sertifikatini, bojxona to‘lovlari hamda belgilangan soliqlar to‘langanligini tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etilishi kerak bo‘lgan tartibi belgilansin”.
Keyingi tahrirga qarang.
4. Vazirlar Mahkamasining “Bozorni iste’mol tovarlari bilan to‘ldirishni rag‘batlantirish hamda ishlab chiqaruvchilar va savdo tashkilotlarining o‘zaro munosabatlarini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2002-yil 13-noyabrdagi 390-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2002-y., 11-son, 67-modda) 4-bandining uchinchi xatboshidagi “buyum bozorlarida” so‘zlari “savdo komplekslarida” so‘zlari bilan almashtirilsin.
5. Vazirlar Mahkamasining “Yuridik va jismoniy shaxslarni ro‘yxatdan o‘tkazishni hamda ular tomonidan savdo faoliyati amalga oshirilishini tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2002-yil 26-noyabrdagi 407-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2002-y., 11-son, 71-modda):
a) 2-bandning birinchi xatboshidagi “buyum bozorlarida” so‘zlari “bozorlarda va savdo komplekslarida” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) qarorga ilovada:
V bo‘lim nomidagi “buyum bozorlarida” so‘zlari “savdo komplekslarida” so‘zlari bilan almashtirilsin;
34-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“34. Yuridik shaxs bo‘lmagan yakka tartibdagi tadbirkorlar savdo komplekslarida chakana savdoni faqat quyidagilar bo‘yicha amalga oshirish huquqiga egadirlar:
yakka tartibdagi tadbirkorlarning bevosita o‘zlari keltirishgan import tovarlar;
o‘zlari tayyorlagan (sotilishi taqiqlanmagan) tovarlar;
ushbu tovarlarni ishlab chiqargan boshqa yakka tartibdagi tadbirkorlardan sotib olingan tovarlar;
mamlakatimiz tovar ishlab chiqaruvchilari tovarlari - ularni qonuniy ravishda sotib olinganligini tasdiqlovchi barcha hujjatlar mavjud bo‘lganda”;
35-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“35. Yakka tartibdagi tadbirkor tomonidan savdo komplekslarida chakana savdo quyidagilar asosida amalga oshiriladi:
yuridik shaxs bo‘lmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchining jismoniy shaxs sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomalar;
savdo kompleksi ma’muriyatining yakka tartibdagi tadbirkorga turg‘un savdo shoxobchasi (chakana savdo va xizmatlar sohasi turg‘un obyektlari) berish to‘g‘risidagi ma’lumotnomasi”;
40-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“40. Savdo komplekslarida yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan tovarlarni chakana sotish fiskal xotiraga ega bo‘lgan nazorat-kassa mashinalarini va to‘lovlarni plastik kartochkalardan qabul qilish bo‘yicha to‘lov terminallarini majburiy qo‘llagan holda amalga oshiriladi”;
44-banddagi “buyum bozorlarida” so‘zlari “savdo komplekslarida” so‘zlari bilan almashtirilsin;
46-banddagi “Buyum bozorlarida” so‘zlari “Savdo kompleksida” so‘zlari bilan almashtirilsin;
6. Vazirlar Mahkamasining “Tovar-xom ashyo birjalari faoliyatini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2004-yil 31-maydagi 251-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2004-y., 5-son, 50-modda) 2-bandining birinchi xatboshidagi “ixtisoslashtirilgan bozorlarda” so‘zlari “savdo komplekslarida” so‘zlari bilan almashtirilsin.
7. Vazirlar Mahkamasining “Tijorat faoliyati uchun mo‘ljallangan tovarlarni olib keluvchi jismoniy shaxslarni ro‘yxatdan o‘tkazishni tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2004-yil 12-avgustdagi 387-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2004-y., 8-son, 80-modda) 1-bandning uchinchi xatboshidagi “buyum bozorlarida” so‘zlari “savdo komplekslarida” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
8. Vazirlar Mahkamasining “Tijorat faoliyati uchun mo‘ljallangan tovarlarni olib keluvchi yuridik shaxs bo‘lmagan yakka tartibdagi tadbirkorlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, hisobga qo‘yish tartibi to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida” 2004-yil 2-sentabrdagi 413-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2004-y., 9-son, 89-modda):
a) 2-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“2. O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi jismoniy shaxslar tomonidan bozorlarda va savdo komplekslarida tadbirkorlik faoliyati amalga oshirilishi ustidan qattiq nazorat o‘rnatsinlar, savdo o‘rinlari va turg‘un savdo shoxobchalari noqonuniy berilganligi uchun bozorlar va savdo komplekslarining rahbarlari va mansabdor shaxslarini jinoiy jazolashgacha javobgarlikka tortsinlar”;
b) 1-ilovaning 43-bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“43. Yakka tartibdagi tadbirkor sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomaga ega bo‘lmagan jismoniy shaxslarga savdo o‘rinlari va turg‘un savdo shoxobchalari berilgan taqdirda bozorlarga, savdo komplekslariga (tashkilotlarga) va boshqa yuridik shaxslarga nisbatan moliyaviy jazolar qo‘llaniladi, ularning mansabdor shaxslari esa qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlikka tortiladilar”.
Keyingi tahrirga qarang.
Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 28-avgustdagi 253-son qaroriga
4-ILOVA
4-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblanayotgan ba’zi qarorlari
ro‘yxati
1. Vazirlar Mahkamasining “Patta to‘lovlari miqdorlarini belgilash haqida” 1993-yil 23-martdagi 152-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1993-y., 3-son, 12-modda)
2. Vazirlar Mahkamasining “Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 23-martdagi 152-son qaroriga qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” 1993-yil 20-iyuldagi 366-son qarori.
3. Vazirlar Mahkamasining “Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini xarid qilish va sotish bo‘yicha ulgurji bozorlar tizimini shakllantirish va rivojlantirish to‘g‘risida” 1998-yil 26-oktabrdagi 452-son qarorining (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1998-y., 10-son, 39-modda) 8-bandi.
4. Vazirlar Mahkamasining “Chilonzor buyum bozori” ochiq aksiyadorlik jamiyati faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” 2003-yil 23-yanvardagi 40-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 1-son, 11-modda).
5. Vazirlar Mahkamasining “Nooziq-ovqat iste’mol tovarlari bilan savdo qilishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2003-yil 28-iyuldagi 330-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 7-son, 68-modda).
6. Vazirlar Mahkamasining “Tovar-xom ashyo birjalari faoliyatini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2004-yil 31-maydagi 251-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2004-y., 5-son, 50-modda) 2-ilovaning 2-bandi.
7. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” 2004-yil 3-noyabrdagi 518-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2004-y., 11-son, 105-modda) ilovaning 2-bandi.
Keyingi tahrirga qarang.
8. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” 2005-yil 12-avgustdagi 196-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2005-y., 8-son, 43-modda) 2-ilovaning 35-bandi.
9. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik faoliyati yuritish uchun ruxsatnoma turlarini qisqartirish va ularni berish tartib-qoidalarini soddalashtirish to‘g‘risida” 2005-yil 21-sentabrdagi PQ-186-son qarori)” 2006-yil 22-maydagi 92-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2006-y., 5-son, 34-modda) ilovaning 15 va 24-bandlari.
10. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish, shuningdek ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Moliya-iqtisodiy, soliq sohasidagi jinoyatlarga, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashishni kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2006-yil 21-apreldagi PQ-331-son qarori)” 2006-yil 6-iyuldagi 130-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2006-y., 7-son, 48-modda) ilovaning 9-bandi.
11. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (“Tadbirkorlik subyektlarini huquqiy himoya qilish tizimi takomillashtirilganligi hamda ularning moliyaviy javobgarligi erkinlashtirilganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasining 2006-yil 10-oktabrdagi O‘RQ-59-son Qonuni)” 2006-yil 10-noyabrdagi 235-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2006-y., 11-son, 86-modda) 1-ilovaning 46-bandi.
12. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining 2008-yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari va Davlat budjeti parametrlari to‘g‘risida” 2007-yil 12-dekabrdagi PQ-744-son qarori)” 2008-yil 28-yanvardagi 16-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2008-y., 1-son, 3-modda) 1-ilova.
Keyingi tahrirga qarang.
13. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Dehqon bozorlari va savdo komplekslari faoliyatini tashkil qilishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2010-yil 26-apreldagi PQ-1326-son qarori)” 2010-yil 8-iyundagi 112-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2010-y., 6-son, 30-modda) ilovaning 3-bandi.
Keyingi tahrirga qarang.
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2012-y., 35-son, 403-modda; 2016-y., 6-son, 56-modda; 2017-y., 7-son, 89-modda, 18-son, 325-modda, 20-son, 363-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.12.2018-y., 09/18/995/2287-son; 23.11.2019-y., 09/19/943/4066-son; 08.07.2020-y., 09/20/429/1039-son, 11.08.2020-y., 09/20/472/1155-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 24.06.2021-y., 09/21/391/0590-son, 20.11.2021-y., 09/21/694/1075-son, 27.04.2022-y., 06/22/122/0396-son; 08.07.2022-y., 09/22/375/0618-son; 07.05.2024-y., 09/24/266/0329-son; 16.08.2024-y., 06/24/111/0623-son; 30.01.2025-y., 09/25/48/0093-son; 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son; 21.07.2026-y., 09/26/393/0764-son)