Hujjat kuchini yo‘qotgan 16.08.2024 05.01.1995 yildagi PF-1030-son
Hujjat kuchini yo‘qotgan 16.08.2024
Hujjat 05.01.1995 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Farmoni
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
XUSUSIY TADBIRKORLIKDA TASHABBUS KO‘RSATISH VA UNI RAG‘BATLANTIRISH TO‘G‘RISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur Farmoni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 16-avgustdagi PF-111-sonli “Ijtimoiy munosabatlarni huquqiy tartibga solishning barqarorligini ta’minlash, sifati va samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Respublika aholisini tadbirkorlik sohasiga keng ko‘lamda jalb etishni ta’minlash, ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohasida xususiy biznesning rolini sifat jihatidan oshirish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Qoraqalpog‘iston Respublikasining Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari, vazirliklar va idoralar, korporatsiyalar, konsernlar, uyushmalar va respublikaning boshqa tashkilotlari o‘zlarining kundalik faoliyatida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
moddiy-texnika, axborot va kadr resurslariga erishishda tadbirkorlar bilan davlat korxonalarining to‘la teng huquqliligini og‘ishmay ta’minlasinlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonunlarda ko‘zda tutilgan hollardan tashqari, tadbirkorlarning tezkor-xo‘jalik va xo‘jalik-tijorat faoliyatiga aralashishga yo‘l qo‘ymasinlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tomonlardan birining aybi bilan ko‘rilgan zararni va boy berilgan foydani qoplash sharti bilan, iqtisodiy munosabatlarda boshqaruv organlari bilan tadbirkorlarning ikki tomonlama mas’uliyati prinsipiga amal qilsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining Prokuraturasi va Adliya vazirligi tadbirkorlar va xususiy mulk egalarining huquqlariga rioya etish yuzasidan qabul qilingan qonunlar hamda Farmonlarning qat’iyan bajarilishini nazorat qilishni ta’minlasinlar. Ularni so‘zsiz bajarish va qonunbuzarliklarning oldini olish borasida tezkor choralarni ko‘rsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Belgilab qo‘yilsinki, xususiy korxonalar qonunlarda ko‘zda tutilgan hujjatlarni ular joylashgan hududdagi hokimlikka topshirgandan keyin uch kun muddat ichida belgilangan tartibda davlat tomonidan ro‘yxatga olinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Korxonalarni ro‘yxatga olishni tashkil qilish uchun javobgarlik o‘z maqomlariga ko‘ra tegishli ravishda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining o‘rinbosarlari bo‘lmish O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasining hududiy boshqarmalari boshliqlarining zimmasiga yuklansin hamda hokimliklarning tegishli bo‘limlari va xizmatlari ularga bo‘ysundirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. O‘zbekiston Respublikasining Davlat mulki qo‘mitasi 1995-yilda Kichik va o‘rta biznesni rivojlantirishga ko‘maklashuvchi jamg‘armaga davlat mulkini xususiylashtirishdan tushgan, rekonstruksiyalash, texnika bilan qayta qurollantirish va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash uchun mo‘ljallangan mablag‘larning 50 foizga qadarini topshirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur mablag‘lar avvalo loyihalarni amalga oshirishda o‘z ulushi bilan qatnashish, kreditlar berish, shuningdek tijorat banklarining kreditlari bo‘yicha kafolatlar berish yo‘li bilan tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlashga sarflansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Qishloq xo‘jalik mahsulotlari yetishtirish va qayta ishlash, xalq iste’mol mollarini, ishlab chiqarish-texnika ahamiyatidagi mahsulotlarni, binokorlik materiallarini ishlab chiqarish, shuningdek qurilish faoliyati bilan, ta’mirlash, tuzatish-qurilish, maishiy va kommunal xizmatlar ko‘rsatish bilan shug‘ullanuvchi xususiy korxonalar ro‘yxatga olingan kundan boshlab dastlabki ikki yil mobaynida daromad (foyda) solig‘i to‘lashdan ozod qilinsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Belgilab qo‘yilsinki, xususiy korxonalarning daromadi (foydasi)dan olinadigan soliq miqdorini hisoblab chiqish chog‘ida soliq solinadigan baza ishlab chiqarishni kengaytirishga, qayta tashkil qilishga, texnika bilan jihozlashga sarflanadigan mablag‘ miqdorida kamaytiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Xususiy korxonalarda yollanib ishlaydigan xodimlar soni bo‘yicha amaldagi cheklashlar bekor qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Xo‘jalik sudlariga xususiy korxona egalaridan poshlina haqini oldindan to‘lattirmay da’vo arizalarini qabul qilishga ruxsat berilsin, keyinchalik uning haqi sud qarori chiqarilgandan so‘ng so‘zsiz undirib olinsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishning moddiy-texnika negizini amalda mustahkamlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasining Davlat mulki qo‘mitasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, korporatsiyalar, konsernlar va uyushmalar bilan birgalikda:
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahsulot ishlab chiqarishni, savdo-sotiqni va turli xizmatlar ko‘rsatishni tashkil qilish uchun foydalanilmay yotgan ishlab chiqarish binolarini belgilangan tartibda xususiy korxonalarga ijaraga berishni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
chala qurilgan ishlab chiqarish inshootlari hamda foydalanilmayotgan uskunalarni kimoshdi savdosi va tanlovlar orqali sotishni amalda keng joriy qilsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari, O‘zbekiston Respublikasining Davlat mulki qo‘mitasi, “O‘zbeksavdo” davlat uyushmasi, “O‘zbekbirlashuv”, “O‘ztayyorlovsavdo” uyushmasi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1995-yilning I choragida dehqon (fermer)lardan va xususiy korxona egalaridan qishloq xo‘jalik va sanoat mahsulotlarini xarid qiluvchi doimiy ishlaydigan ulgurji ixtisoslashtirilgan bozorlarni tashkil qilsinlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bo‘sh yotgan binolarni tadbirkorlarning tayyor mahsulotlari saqlanadigan omborlarga aylantirish va ulardan foydalanishga ko‘maklashsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. “O‘zulgurjibirjasavdo” uyushmasi, “O‘zbekyengilsanoat” davlat uyushmasi, “Mahalliy sanoat” davlat korporatsiyasi, “O‘zbekbirlashuv”, “O‘zqishloqxo‘jalikta’minottuzatish” davlat qo‘mitasi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tovar ishlab chiqaruvchi tadbirkorlarni mahalliy xom ashyo va materiallar bilan ta’minlaydigan ulgurji-vositachi tuzilmalarni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xom ashyo va materiallarga buyurtmalarni yig‘ish, ularni xarid qilish, navlarga ajratish, saqlash, zarur holga yetkazish hamda ularni tadbirkorlarning buyurtmalari bo‘yicha sotish bilan shug‘ullanuvchi tijorat markazlari va savdo uylarini tashkil qilsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari M. Z. Usmonov respublikaning katta shaharlarida supermarketlar barpo etishda xususiy korxona egalariga yordam ko‘rsatsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga turar joy binolarini ular joylashgan yer uchastkalari bilan birga xorijiy yuridik va jismoniy shaxslar — diplomatiya korpusining xodimlariga, O‘zbekiston Respublikasiga vakil qilib yuborilgan matbuot xodimlariga, firmalar, kompaniyalar va xalqaro tashkilotlar doimiy vakolatxonalarining xodimlariga, qo‘shma korxonalarda doimiy asosda ishlaydigan shaxslarga, shuningdek respublikada doimiy istiqomat qiladigan va yashash uchun guvohnomaga ega bo‘lgan shaxslarga xususiy mulk qilib sotishlariga ruxsat berilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. O‘zbekiston Respublikasining Moliya vazirligi, Davlat mulki qo‘mitasi, Adliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o‘n kun muddat ichida Moliya vazirligi huzurida qimmatbaho qog‘ozlar bo‘yicha doimiy ishlaydigan respublika komissiyasini tashkil qilsinlar.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Har yili xususiy korxonalar egalarining tanlovlarini o‘tkazib, g‘oliblarni — eksportga mahsulot chiqarish bilan shug‘ullanuvchi firmalarni xalqaro ko‘rgazmalar va yarmarkalarda tanishtirib turish to‘g‘risida Tadbirkorlar uyushmasi bilan Kichik va o‘rta biznesni rivojlantirishga ko‘maklashuvchi jamg‘armaning taklifi qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Davlat mulk qo‘mitasi bilan birgalikda bir oy muddat ichida bozor munosabatlari sohasidagi mutaxassislarni tayyorlash va qayta tayyorlash tarmog‘ini kengaytirishga oid tadbirlar tizimini ishlab chiqsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Toshkent shahar hokimi shu yilning I choragida Respublika jamg‘arma birjasi va Respublika ko‘chmas mulk birjasiga ularning faoliyati uchun normal shart-sharoitlarni ta’minlab beradigan binolar ajratilishini ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. O‘zteleradio, gazeta va jurnallarning tahririyatlari xususiy korxona egalarining ish tajribasini targ‘ib qilishni avj oldirsinlar, ularning aniq-ravshan namunalari asosida tayyorga ayyorlik psixologiyasini bartaraf etish va ular shu negizga tayanib o‘zlarining moddiy farovonligini ta’minlash, shuningdek xayriya faoliyatini amalga oshirishi sohasidagi keng imkoniyatlarni namoyish qilsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Vazirlar Mahkamasi o‘n kun muddat ichida ushbu Farmonni ro‘yobga chiqarishga oid qaror qabul qilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1995-yil 5-yanvar,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PF-1030-son
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-y., 4-son, 51-modda; O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 29-son, 329-modda; 2008-y., 44-45-son, 440-modda; 2013-y., 36-son, 477-modda; 2017-y., 37-son, 980-modda; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 20.06.2023-y., 06/23/99/0403-son)