12.12.2007 yildagi PQ-744-son
Hujjat 12.12.2007 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining

Qarori

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING 2008-YILGI ASOSIY MAKROIQTISODIY KO‘RSATKICHLARI VA DAVLAT BUDJETI PARAMETRLARI TO‘G‘RISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[Ko‘chirma]

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining “O‘zbekiston Respublikasining 2008-yilgi Davlat budjeti to‘g‘risida” 2007-yil 30-noyabrdagi 410-I-son qaroriga muvofiq:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2008-yilda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari 1-ilovaga* muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining 2008-yilgi Davlat budjeti asosiy parametrlari 2-ilovaga* muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining, Respublika yo‘l jamg‘armasining, Maktab ta’limi jamg‘armasining, Sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash jamg‘armasining 2008-yilgi asosiy parametrlari 3—6-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* 1—6-ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. 2008-yilgi Davlat budjeti taqchilligining cheklangan miqdori yalpi ichki mahsulot hajmiga nisbatan 1,0 foiz miqdorida belgilansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Belgilab qo‘yilsinki, Davlat budjeti taqchilligini moliyalashtirish respublika budjeti mablag‘larining 2008-yil boshidagi qoldiqlari va boshqa qadrsizlanmaydigan manbalar hisobidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. 2008-yil uchun:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i stavkalari 7-ilovaga** muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i stavkalari 8-ilovaga** muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yagona soliq to‘lovi stavkalari 9, 9-1 va 9-2-ilovalarga** muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tadbirkorlik faoliyati ayrim turlari bo‘yicha yuridik va jismoniy shaxslarga belgilab qo‘yilgan soliq stavkalari 10-ilovaga** muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuridik shaxs bo‘lmagan tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi jismoniy shaxslar (yakka tartibdagi tadbirkorlar)ga belgilab qo‘yilgan soliq stavkalari 11-ilovaga** muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi rezidentlariga dividendlar va foizlar tarzida to‘lanadigan daromad solig‘i stavkalari 10 foiz miqdorida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qo‘shilgan qiymat solig‘i stavkalari 20 foiz miqdorida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublikada ishlab chiqariladigan va ro‘yxat bo‘yicha chetdan keltiriladigan tovarlarga aksiz solig‘i stavkalari 12-1 va 12-2-ilovalarga** muvofiq;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq stavkalari 13-ilovaga** muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yer osti boyliklaridan foydalanganlik uchun soliq stavkalari 14-ilovaga** muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ayrim turdagi mahsulotlar bo‘yicha ortiqcha foydadan soliq stavkalari 15-ilovaga** muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuridik va jismoniy shaxslardan olinadigan mulk solig‘i stavkalari 16 va 17-ilovalarga** muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuridik va jismoniy shaxslardan olinadigan yer solig‘i stavkalari 18-ilovaga** muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yagona yer solig‘i stavkalari 19-ilovaga** muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahalliy soliqlar va yig‘imlar stavkalari 20-ilovaga** muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Respublika yo‘l jamg‘armasiga majburiy ajratmalar va yig‘imlar stavkalari 21 va 22-ilovalarga** muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
belgilangan soliqqa tortish obyektlarining budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga va budjetdan tashqari Maktab ta’limi jamg‘armasiga bir foiz miqdorida majburiy ajratmalar stavkalari 23-ilovaga** muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mablag‘larni budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi, Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi va Kasaba uyushmalari Federatsiyasi o‘rtasida 24-ilovada** keltirilgan normativlarga muvofiq taqsimlagan holda yagona ijtimoiy to‘lov stavkasi 24 foiz miqdorida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fuqarolarning budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga majburiy sug‘urta badallari stavkasi 2,5 foiz miqdorida tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
** 7—24-ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Belgilansinki, yagona ijtimoiy to‘lovidan tushumlar Davlat budjeti, Respublika yo‘l jamg‘armasi, budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi va Maktab ta’limi jamg‘armasi o‘rtasida O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan belgilangan miqdorlarda taqsimlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2008-yil 1-yanvardan boshlab Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Qashqadaryo, Namangan, Sirdaryo viloyatlari va Toshkent shahri qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilari uchun qishloq xo‘jaligi yerlarining normativ qiymatidan kelib chiqqan holda yagona yer solig‘ini hisoblab chiqarish tatbiq etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi bilan birgalikda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2008-yil 1-martgacha Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Qashqadaryo, Namangan, Sirdaryo viloyatlari va Toshkent shahri qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilarining;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2008-yil 1-maygacha qishloq xo‘jaligi shirkatlari qayta tashkil etilishi natijasida tuzilgan fermer xo‘jaliklarining qishloq xo‘jaligi yerlari baholanishini ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi bilan birgalikda yagona yer solig‘ini hisoblab chiqarish uchun qishloq xo‘jaligi yerlarining normativ qiymatini barcha qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilariga belgilangan tartibda yetkazsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Mahalliy hokimiyat va boshqaruv organlarining barcha darajalardagi mahalliy budjetlar daromadlari va xarajatlarini shakllantirishdagi roli, mustaqilligi va mas’uliyatini oshirish, mahalliy budjetlarning Davlat budjetidagi ulushini ko‘paytirish maqsadida quyidagi umumdavlat soliqlari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuridik va jismoniy shaxslarning tadbirkorlik faoliyati ayrim turlari bo‘yicha qat’iy belgilangan soliq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuridik shaxs bo‘lmagan tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi jismoniy shaxslardan olinadigan qat’iy belgilangan soliq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublikada ishlab chiqariladigan pivo va o‘simlik yog‘iga aksiz solig‘i bo‘yicha tushumlari to‘liq miqdorda mahalliy budjetlar daromadlariga o‘tkazilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. 2008-yil uchun:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlarining daromad va xarajat hajmlari, respublika budjetidan dotatsiyalar va maqsadli subvensiyalarning cheklangan miqdorlari 25-ilovaga* muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjetiga, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlariga umumdavlat soliqlari tushumlaridan ajratmalar normativlari 26-ilovaga* muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublika budjeti, Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjetining, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlarining naqd pul kassa aylanmasining yo‘l qo‘yiladigan eng kam miqdorlari 27-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* 25—27-ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tegishli budjetlarga dotatsiyalar, maqsadli subvensiyalar va budjet ssudalari (daromadlar va xarajatlar o‘rtasidagi vaqtinchalik kassa tafovutlarni qoplash uchun) ajratishda ularning miqdorlarini hududlar bo‘yicha barcha soliqlar va to‘lovlarning to‘liq tushishidan, shuningdek Davlat budjetining birinchi navbatdagi xarajatlarini (hisoblab yozilgan ish haqi, stipendiyalar, nafaqalar va ularga tenglashtiriladigan to‘lovlarni) so‘zsiz moliyalashtirish zarurligidan kelib chiqqan holda aniqlashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublika budjetidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti va Andijon, Samarqand hamda Xorazm viloyatlari mahalliy budjetlariga beriladigan daromadlarning tasdiqlangan hajmlariga ushbu hududlarda shakllanadigan soliq tushumlarini hisobga olib, daromadlar va xarajatlar o‘rtasida vujudga keladigan kassa bo‘yicha tafovutlarni o‘zaro hisob-kitob qilish orqali tartibga solgan holda aniqlashtirishlar kiritish huquqi berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. 2008-yil uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining zaxira jamg‘armasi hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlarining zaxira jamg‘armalari miqdorlari 28-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* 28-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. 2008-yil 1-yanvardan boshlab tashqi iqtisodiy faoliyat qatnashchilari bo‘lgan jismoniy shaxslarga yuridik shaxslar uchun nazarda tutilgan bojxona to‘lovlari tartibi belgilansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. 2008-yil 1-yanvardan boshlab nodavlat maktabgacha tarbiya bolalar muassasalari asosiy (ixtisoslik) faoliyat turi bo‘yicha barcha soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlardan (yagona ijtimoiy to‘lov bundan mustasno) mazkur mablag‘lardan moddiy-texnik bazani mustahkamlash, asbob-uskunalar va anjomlar, didaktik materiallar, bolalar o‘yinchoqlari va adabiyotlar sotib olish uchun maqsadli foydalanilgan holda uch yil muddatga ozod qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Belgilansinki, 2008-yilda O‘zbekiston Respublikasi nomidan yoki uning kafolati ostida jalb qilingan xorijiy kreditlar hajmi 2007-yildagi xorijiy kreditlar bo‘yicha asosiy qarzni to‘lash hajmidan ortiq bo‘lmasligi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 2008-yil 1-yanvardan boshlab:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan birgalikda Buxoro, Farg‘ona viloyatlari va Toshkent shahrida 1 o‘quvchiga (tarbiyalanuvchiga) xarajatlarning bazaviy me’yorlaridan kelib chiqqan holda maktabgacha tarbiya bolalar muassasalari, umumta’lim maktablari va kasb-hunar kollejlarining budjetini rejalashtirish va xarajatlarini moliyalashtirishning yangi tartibini joriy etsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan birgalikda Samarqand, Sirdaryo, Farg‘ona viloyatlari va Toshkent shahrida biriktirilgan 1 kishi hisobiga xarajatlar me’yoridan kelib chiqqan holda shahar birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalari (ambulatoriya-poliklinika muassasalari) budjetini rejalashtirish va moliyalashtirishga o‘tkazsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi budjetni rejalashtirish va moliyalashtirishining yangi tartibiga o‘tkazilayotgan budjet muassasalarining har biriga moliyalashtirish me’yorlari o‘z vaqtida yetkazilishini ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. 2008-yil 1-yanvardan boshlab davlat budjeti mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladigan maktabgacha tarbiya bolalar muassasalari va maktab-internatlardagi bolalar ta’minotiga to‘lovlar miqdori 29-ilovaga** muvofiq belgilansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Maktabgacha tarbiya bolalar muassasalari va maktab-internatlardagi bolalar ta’minoti uchun to‘lanadigan tushumlar nazarda tutilgan boshqa budjet mablag‘lari bilan birga maqsadli tartibda tarbiyalanuvchilarni oziq-ovqat bilan ta’minlashni yaxshilashga yo‘naltirilishi belgilab qo‘yilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi Moliya vazirligi bilan birgalikda bir hafta muddatda kam ta’minlangan oilalar bolalari uchun to‘lovdan ozod qilishni nazarda tutgan holda (tarbiyalanuvchilar umumiy sonining 15 foizi doirasida) Maktabgacha tarbiya bolalar muassasalari va maktab-internatlardagi bolalar ta’minotiga haq to‘lash tartibi to‘g‘risida yangilangan nizomni tasdiqlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
** 29-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Moliya vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda ikki oy muddatda ishlab turgan maktabdan tashqari ta’lim muassasalarini xatlovdan o‘tkazsin va 2008-yilning 1-apreligacha tarmoqni va xodimlar sonini maqbullashtirish, ular negizida xarajatlarining 50 foizigacha miqdorda budjetdan moliyalashtirishni saqlab qolgan holda bolalar ijodiyoti markazlarini tashkil etish to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi boshqa manfaatdor vazirliklar hamda idoralar bilan birgalikda 2008-yilning 1-iyuligacha xodimlarni budjet muassasalari ishining yakuniy natijalariga qo‘shgan shaxsiy ulushi bilan mehnatiga haq to‘lash va moddiy rag‘batlantirish miqdorlarining o‘zaro bog‘liqligini kuchaytirishni nazarda tutadigan oliy, o‘rta maxsus ta’lim va madaniyat sohalarida mehnatga haq to‘lashning takomillashtirilgan tizimini joriy etish bo‘yicha takliflarni tayyorlasinlar va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Kam ta’minlangan oilalarni davlat tomonidan aniq qo‘llab-quvvatlashni kuchaytirish maqsadida “Mahalla” jamg‘armasi, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi hamda Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining 2008-yil 1-yanvardan boshlab bola ikki yoshga to‘lgunga qadar uning parvarishi bo‘yicha ijtimoiy nafaqalarni budjet sohasida ishlayotgan onalarga o‘zini-o‘zini boshqarish organlari orqali tayinlash va to‘lash tartibi joriy etilishi to‘g‘risidagi taklifi qabul qilinsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining O‘zbekiston Respublikasining 2007-yilgi Davlat budjeti asosiy parametrlari va O‘zbekiston Respublikasining maqsadli davlat jamg‘armalarini aniqlashtirish to‘g‘risidagi taklifi qabul qilinsin hamda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat budjeti daromadlari 5973,7 mlrd. so‘m, xarajatlari — 5840,5 mlrd. so‘m miqdorida, budjet profitsiti yalpi ichki mahsulot hajmiga nisbatan 0,5 foiz oshirilgan holda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi daromadlari 1881,6 mlrd. so‘m, shu jumladan yagona ijtimoiy to‘lovdan, badallar va majburiy ajratmalardan tushumlar hisobidan — 1640,4 mlrd. so‘m, Davlat budjetidan dotatsiyalar — 96,0 mlrd. so‘m miqdorida, shuningdek xarajatlar — 1840,5 mlrd. so‘m miqdorida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Respublika yo‘l jamg‘armasi daromadlari 377,7 mlrd. so‘m va xarajatlari — 317,9 mlrd. so‘m miqdorida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining kassa aylanmasi naqd summasi normativlari 2008-yilning 1-yanvariga respublika budjeti mablag‘lari hisobiga 80 mlrd. so‘m miqdorida tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Moliya vazirligining G‘aznachiligi budjet tashkilotlari va O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki bilan birgalikda 2008-yilning yanvar oyida o‘tkazilgan operatsiyalarni 2007-yilgi Davlat budjetining ijrosi to‘g‘risidagi hisobotda aks ettirgan holda 2007-yilgi Davlat budjeti ijrosi bo‘yicha qonun hujjatlarida belgilangan tartibda yakuniy operatsiyalar o‘tkazsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Iqtisodiyot vazirligi bilan birgalikda makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar prognozi bajarilishini va 2008-yilgi O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti ijrosini tahlil etish natijalari bo‘yicha, zarurat bo‘lganda, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga Davlat budjeti asosiy parametrlarini Davlat budjetining belgilangan taqchilligi doirasida aniqlashtirishga doir takliflar kiritsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. 2008-yilning 1-yanvaridan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 30-ilovaga muvofiq qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2008-yilning 1-yanvaridan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga 31-ilovaga muvofiq o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda mazkur qarorning qabul qilinishi munosabati bilan qonun hujjatlariga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirliklar va idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bir hafta muddatda ilgari chiqarilgan normativ hujjatlarini ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2007-yil 12-dekabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-744-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
2007-yil 12-dekabrdagi PQ-744-son qaroriga
30-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 2008-yil 1-yanvardan o‘z kuchini yo‘qotadigan qarorlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Eksport-import operatsiyalarini tartibga solish borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2005-yil 19-sentabrdagi PQ-183-son qarori 1-bandining uchinchi xatboshi va qarorga 2a-ilova.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Vazirlar Mahkamasining “Importni tariflar bilan boshqarish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1998-yil 24-fevraldagi 80-son qarori 1-bandining uchinchi xatboshi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Vazirlar Mahkamasining “Alkogolli mahsulotlar ishlab chiqarish va ularning aylanishi ustidan davlat monopoliyasini kuchaytirish hamda O‘zbekiston Respublikasi hududida alkogolli va tamaki mahsulotlarini sotishdan budjetga tushumni ko‘paytirish yuzasidan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 1998-yil 21-maydagi 221-son qarori 1-bandining ikkinchi xatboshi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Vazirlar Mahkamasining “Qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilari uchun yagona yer solig‘ining muvaqqat bazaviy stavkalarini tasdiqlash to‘g‘risida” 1998-yil 26-dekabrdagi 539-son qarorining 1-bandi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Vazirlar Mahkamasining “Jismoniy shaxslar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi hududiga tovarlar olib kelinishini tartibga solish to‘g‘risida” 2002-yil 6-maydagi 154-son qarorining 1 va 4-bandlari (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2002-y., 5-son, 20-modda).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Vazirlar Mahkamasining “Jismoniy shaxslar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi hududiga tovarlar olib kelinishini tartibga solishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2002-yil 12-iyuldagi 248-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2002-y., 7-son, 40-modda).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining respublika hududiga jismoniy shaxslar tomonidan tovarlar olib kelinishini tartibga solishga doir ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida” 2002-yil 27-sentabrdagi 335-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2002-y., 9-son, 55-modda).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi hududiga jismoniy shaxslar tomonidan iste’mol tovarlari olib kelinishini yanada tartibga solish to‘g‘risida” 2003-yil 19-iyundagi 279-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 6-son, 47-modda).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasining 2004-yilgi Davlat budjeti parametrlari to‘g‘risida” 2003-yil 25-dekabrdagi 567-son qarori 9-bandining to‘rtinchi xatboshi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
2007-yil 12-dekabrdagi PQ-744-son qaroriga
31-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining va O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga 2008-yil 1-yanvardan boshlab kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 16-maydagi PQ-350-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi, Jamg‘arma mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish prinsiplari to‘g‘risidagi nizomning 12-bandiga quyidagi mazmundagi uchinchi xatboshi qo‘shilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Jamg‘armaning e’lon qilingan ustav kapitalini qayta ko‘rib chiqish to‘g‘risida qaror qabul qiladi, biroq u O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasini tashkil etish to‘g‘risida” 2006-yil 11-maydagi PF-3751-son Farmonida belgilangan darajadan past bo‘lmasligi kerak”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uchinchi—yettinchi xatboshi tegishli ravishda to‘rtinchi—sakkizinchi xatboshi deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 25-oktabrdagi PQ-499-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Respublika yo‘l jamg‘armasi to‘g‘risidagi nizomda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) 7-bandning to‘rtinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“investitsiya loyihalari va kapital ta’mirlash obyektlarining TIAlarini, umumiy foydalaniladigan avtomobil yo‘llarini kapital va o‘rta ta’mirlash obyektlari ishchi hujjatlarini hamda umumiy foydalaniladigan avtomobil yo‘llarini jihozlash uchun tender hujjatlarini ekspertizadan o‘tkazish”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) 8-bandda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
o‘n oltinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“umumiy foydalaniladigan avtomobil yo‘llarini saqlash va joriy ta’mirlash uchun “O‘zavtoyo‘l” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi tomonidan tasdiqlanadigan xarajatlar smetasini belgilangan tartibda kelishib oladi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
quyidagi mazmundagi o‘n yettinchi xatboshi qo‘shilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“O‘zavtoyo‘l” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi ijro etuvchi apparati va uning Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlardagi hududiy yo‘l-foydalanish tashkilotlari ta’minoti xarajatlari smetasini budjet tashkilotlari uchun belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazadi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
o‘n yettinchi—yigirma beshinchi xatboshi tegishli ravishda o‘n sakkizinchi—yigirma oltinchi xatboshi deb hisoblansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) 9-bandda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
quyidagi mazmundagi yettinchi xatboshi qo‘shilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“milliy va xorijiy valyutadagi bo‘sh mablag‘larni Jamg‘armani boshqarish Kengashi tomonidan belgilanadigan O‘zbekiston Respublikasi tijorat banklari depozitlariga joylashtirish”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yettinchi—o‘n birinchi xatboshi tegishli ravishda sakkizinchi—o‘n ikkinchi xatboshi deb hisoblansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat budjetining g‘azna ijrosi tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2007-yil 28-fevraldagi PQ-594-son qarorining 6-bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“6. Belgilab qo‘yilsinki, budjet tashkilotlarining tovarlar (ishlar, xizmatlar) yetkazib beruvchilar bilan shartnomalari, shuningdek buyurtmachilarning Davlat budjeti mablag‘lari hisobiga kapital qurilishga oid shartnomalari majburiy tartibda G‘aznachilikda ro‘yxatga olinishi shart;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
budjetdan mablag‘ oluvchilarning budjet mablag‘lari hisobiga tuziladigan shartnomalarida, qoidaga ko‘ra, 15 foiz miqdorida oldindan haq to‘lash nazarda tutiladi, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 31-oktabrdagi PQ-718-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash jamg‘armasi to‘g‘risidagi nizom 4-bandining ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilari tomonidan to‘lanadigan yagona yer solig‘i bo‘yicha tushgan mablag‘larga teng miqdorda Davlat budjetidan ajratmalar”.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Vazirlar Mahkamasining “Budjet tashkilotlarini mablag‘ bilan ta’minlash tartibini takomillashtirish to‘g‘risida” 1999-yil 3-sentabrdagi 414-son qarorining 4-bandiga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1999-y., 9-son, 51-modda) quyidagi mazmundagi xatboshi qo‘shilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Ushbu imtiyoz O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga, Respublika yo‘l jamg‘armasiga va budjetdan tashqari Maktab ta’limi jamg‘armasiga ajratmalar to‘lashga ham joriy etilishi ma’lumot uchun qabul qilinsin”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Vazirlar Mahkamasining “Ish haqining o‘z vaqtida to‘lanishi uchun vazirliklar, idoralar va xo‘jalik yurituvchi subyektlar rahbarlarining javobgarligini oshirish yuzasidan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 1999-yil 17-noyabrdagi 504-son qarorining 5-bandiga:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi qo‘shilsin:

“ish haqiga kreditlar berilganda yagona ijtimoiy to‘lov hamda fuqarolarning O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga majburiy sug‘urta badallari to‘lanishi nazarda tutilsin;”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikkinchi va uchinchi xatboshi tegishli ravishda uchinchi va to‘rtinchi xatboshi deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Vazirlar Mahkamasining “Tender savdolarini tashkil etishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2000-yil 21-noyabrdagi 456-son qarorining 2-bandiga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2000-y., 11-son, 72-modda) quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi qo‘shilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Belgilab qo‘yilsinki, budjetdan mablag‘ oluvchilar tovarlar, ishlar, xizmatlarning barcha turlarini xarid qilishda ushbu Nizomga amal qiladilar, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikkinchi xatboshi uchinchi xatboshi deb hisoblansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Vazirlar Mahkamasining “2001/2002 o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasining oliy ta’lim muassasalariga qabul to‘g‘risida” 2001-yil 12-iyundagi 250-son qarorining 9-bandidagi “besh yil muddatga” so‘zlari “2010-yil 1-yanvargacha” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Vazirlar Mahkamasining “Oliy o‘quv yurtlari talabalariga stipendiyalar to‘lash tartibi va miqdorlari to‘g‘risida” 2001-yil 17-avgustdagi 344-son qarorining 1-bandiga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2001-y., 8-son, 46-modda) quyidagi mazmundagi xatboshi qo‘shilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Bunda, o‘quv yili uchun to‘lov-kontrakt qiymati miqdoriga kiritilgan har oyda to‘lanadigan stipendiya summasi talabalarning o‘zlashtirish reyting ko‘rsatkichlaridan qat’i nazar, qayta hisoblanmaydi va qaytarilmaydi”.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Vazirlar Mahkamasining “Ish haqining o‘z vaqtida to‘lanishiga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2002-yil 19-martdagi 88-son qarorining 1-bandiga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2002-y., 3-son, 15-modda) “yagona ijtimoiy to‘lov hamda fuqarolarning budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga majburiy sug‘urta badallari bo‘yicha qarzdorlik mavjud bo‘lmagan taqdirda” so‘zlari qo‘shilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Vazirlar Mahkamasining “Osiyo taraqqiyot banki ishtirokida “Guliston, Jizzax va Qarshi shaharlarining suv ta’minoti tizimini takomillashtirish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2002-yil 26-martdagi 98-son qarorida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) 2-bandda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
beshinchi xatboshiga “yetishmayotgan qismi esa — respublika budjeti mablag‘lari hisobiga” so‘zlari qo‘shilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
quyidagi mazmundagi xatboshi qo‘shilsin:

“2008-yildan boshlab har yili Davlat budjetini shakllantirishda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan OTB krediti bo‘yicha asosiy qarzni, foizlar va vositachilik haqi to‘lashga yetishmayotgan qismiga mablag‘lar nazarda tutiladi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) 7-banddagi “2006-2007” raqamlari “2006 — 2009” raqamlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) 9-bandning ikkinchi xatboshidagi “2008-yil 1-yanvargacha” so‘zlari “2010-yil 1-yanvargacha” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Vazirlar Mahkamasining “Qo‘ng‘irot soda zavodi qurilishini tugallash to‘g‘risida” 2002-yil 14-maydagi 158-son qarori 11-bandining ikkinchi xatboshiga “qo‘shilgan qiymat solig‘idan tashqari” so‘zlari qo‘shilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 15-noyabrdagi 393-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2002-y., 11-son, 69-modda) bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Nazorat-taftish bosh boshqarmasi va uning hududiy nazorat-taftish boshqarmalari to‘g‘risidagi nizomda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) 7-bandga quyidagi tahrirdagi xatboshi qo‘shilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining G‘aznachiligi tomonidan aniqlangan, tashkilotlarning budjet mablag‘laridan samarasiz foydalanishini, budjetdan mablag‘ oluvchilarning xarid qilinadigan tovarlar (ishlar, xizmatlar) narxini sun’iy ravishda oshirib yuborishini, budjetdan mablag‘ oluvchilarning kreditorlik qarzlar summasini asossiz ravishda ko‘paytirganligini ko‘rsatuvchi holatlar bo‘yicha tekshirishlar o‘tkazish”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) 8-bandga quyidagi mazmundagi xatboshi qo‘shilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“g‘aznachilik bo‘linmalari tomonidan aniqlangan, tashkilotlarning budjet mablag‘laridan samarasiz foydalanishini, budjetdan mablag‘ oluvchilarning xarid qilinadigan tovarlar (ishlar, xizmatlar) narxini sun’iy ravishda oshirib yuborishini, budjetdan mablag‘ oluvchilarning kreditorlik qarzlar summasini asossiz ravishda ko‘paytirganligini ko‘rsatuvchi holatlar bo‘yicha tekshirishlar o‘tkazish”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 26-noyabrdagi 407-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2002-y., 11-son, 71-modda) bilan tasdiqlangan Ulgurji va chakana savdo faoliyatini ro‘yxatdan o‘tkazish va amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 41-bandidagi “yagona bojxona to‘lovi va belgilangan soliq” so‘zlari “bojxona to‘lovlari va qat’iy soliq” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi faoliyatini tashkil etishni takomillashtirish to‘g‘risida” 2003-yil 28-iyundagi 290-son qarorining (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 6-son, 51-modda) 7-bandiga quyidagi mazmundagi xatboshi qo‘shilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Belgilab qo‘yilsinki, Respublika chorvadorlar ilg‘or tajribasi maktabida va Respublika bog‘bonlar maktabida 2008-yildan boshlab o‘qishga qabul qilinadigan o‘quvchilarni o‘qitish budjetdan tashqari mablag‘lar hisobidan amalga oshiriladi”.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Vazirlar Mahkamasining “Ichki bozorni yog‘och-taxta materiallari bilan to‘ldirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2003-yil 7-iyuldagi 305-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 7-son, 58-modda):
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“1. Yuridik va jismoniy shaxslar ilovaga muvofiq chetdan keltiriladigan yog‘och-taxta materiallari va yog‘och uchun import bojxona boji va qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lashdan ozod qilinsin”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ilovaning nomi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Chetdan keltirishda yuridik va jismoniy shaxslar import bojxona boji va qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lashdan ozod qilinadigan yog‘och-taxta va arralangan materiallar, yog‘och-taxta va yog‘ochdan yasalgan buyumlarning ayrim turlari ro‘yxati”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Vazirlar Mahkamasining “Kapital qurilishda xo‘jalik munosabatlari mexanizmini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2003-yil 12-sentabrdagi 395-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 9-son, 83-modda):
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) Markazlashtirilgan manbalar hisobiga qurilishni tashkil etish, moliyalashtirish va kreditlash tartibi to‘g‘risidagi nizomda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-bandning uchinchi xatboshiga “(Davlat budjetining g‘azna ijrosi bilan qamrab olingan mintaqalarda — G‘aznachilik va uning hududiy bo‘linmalari)” so‘zlari qo‘shilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birinchi xatboshidagi “bankka” so‘zidan keyin “(hududiy g‘aznachilik hisob raqamlaridan foydalangan holda Davlat budjeti g‘azna ijrosi bilan qamrab olingan mintaqalardan tashqari)” so‘zlari qo‘shilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
quyidagi mazmundagi xatboshi qo‘shilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“davlat ekologiya ekspertizasi xulosasining nusxasi (zarur bo‘lganda)”;

ikkinchi xatboshiga “to‘lovlari” so‘zidan keyin “qurilishning prognoz qilinayotgan yili uchun” so‘zlari qo‘shilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uchinchi va to‘rtinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“ajratilgan avansning mutanosib ravishda ushlab qolinishini hisobga olgan holda, bajarilgan ishlar qiymatining 95 foizi miqdorida har oyda joriy moliyalashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
belgilangan tartibda tuzilgan shartnomalarda nazarda tutilgan kafolatli muddat o‘tgandan keyin amalga oshiriladigan obyekt qiymatining 5 foizini to‘lash”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
beshinchi—yettinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oltinchi xatboshiga “bank” so‘zidan keyin “(hududiy g‘aznachilik hisob raqamlaridan foydalangan holda Davlat budjeti g‘azna ijrosi bilan qamrab olingan mintaqalardan tashqari)” so‘zlari qo‘shilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
quyidagi mazmundagi xatboshi qo‘shilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“davlat ekologiya ekspertizasi xulosasining nusxasi (zarur bo‘lganda)”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) Obyektlarni foydalanishga tayyor holda qurishga doir Namunaviy pudrat shartnomasining XVII bo‘limiga quyidagi mazmundagi xatboshi qo‘shilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Izoh: Hududiy (respublika) g‘aznachilik hisob raqamlaridan foydalangan holda Davlat budjetining g‘aznachilik ijrosi bilan qamrab olingan mintaqalar uchun buyurtmachining bank rekvizitlari o‘rniga uning g‘aznachilik rekvizitlari ko‘rsatiladi”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Vazirlar Mahkamasining “Budjetdan tashqari Maktab ta’limi jamg‘armasini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2004-yil 7-iyundagi 263-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2004-y., 6-son, 52-modda):
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) 1-bandning ikkinchi xatboshidagi “budjet” so‘zidan oldin “maktab ta’limini rivojlantirish uchun majburiy ajratmalar to‘lovidan tushadigan mablag‘larni” so‘zlari qo‘shilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi qo‘shilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“maktab ta’limini rivojlantirish uchun majburiy ajratmalar to‘lovidan tushadigan mablag‘larni”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikkinchi—o‘ninchi xatboshi tegishli ravishda uchinchi—o‘n birinchi xatboshi deb hisoblansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) 7-bandning uchinchi xatboshidagi “jamg‘armasiga” so‘zidan keyin “shuningdek budjetdan tashqari Maktab ta’limi jamg‘armasiga” so‘zlari qo‘shilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) Budjetdan tashqari Maktab ta’limi jamg‘armasi mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizomda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-banddagi “resurslarni” so‘zidan keyin “maktab ta’limini rivojlantirish uchun majburiy ajratmalar to‘lovidan tushadigan mablag‘larni” so‘zlari qo‘shilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-bandning ikkinchi xatboshiga “budjet” so‘zidan oldin “maktab ta’limini rivojlantirish uchun majburiy ajratmalar to‘lovidan tushadigan mablag‘larni” so‘zlari qo‘shilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“b” kichik bandining ikkinchi xatboshidagi “mukammal” so‘zidan keyin “va joriy” so‘zlari qo‘shilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“v” kichik bandi chiqarib tashlansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uchinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
to‘rtinchi xatboshidagi “O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi hamda Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi tomonidan ishlab chiqilgan budjetdan tashqari Maktab ta’limi jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladigan maktablar qurish, ularni rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlashni tashkil etish tartibiga” so‘zlari “kapital qurilish sohasidagi amalda bo‘lgan qonun hujjatlarida belgilangan tartibga” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24-banddagi “Mablag‘larni” so‘zidan keyin “(shu jumladan tovarlar yetkazib beruvchilar va xizmatlar ko‘rsatuvchilar tomonidan shartnomaviy majburiyatlarning bajarilmaganligi uchun jarima sanksiyalari qo‘llashdan olingan mablag‘larni)” so‘zlari qo‘shilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28-bandning ikkinchi xatboshidagi “birinchi oyi” va “15 foizi” so‘zlari tegishli ravishda “dastlabki ikki oyi” va “30 foizi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 21-oktabrdagi 490-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2004-y., 10-son, 98-modda) bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi to‘g‘risidagi nizomning 36-bandida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“joriy to‘lov oyining 15-kunigacha — o‘tgan oyning ehtiyoji hisob-kitobidan kelib chiqqan holda 50 foizi miqdoridagi summani”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uchinchi xatboshidagi “20-kunigacha” so‘zlari “27-kunigacha” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
quyidagi mazmundagi xatboshi qo‘shilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Ijro etuvchi direksiya Jamg‘armani boshqarish Kengashining qarorlariga ko‘ra, ishlamayotgan va ishlayotgan fuqarolarga pensiyalar, nafaqalar va kompensatsiya to‘lovlari to‘lash uchun tuman (shahar) ijtimoiy ta’minot bo‘limlarini bevosita moliyalashtirishni amalga oshirishi mumkin”.
Keyingi tahrirga qarang.
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2007-y., 52-son, 534-modda; 2008-y., 22-23-son, 196-modda; 2010-y., 13-son, 92-modda, 52-son, 513-modda; 2011-y., 9-son, 84-modda; 2012-y., 52-son, 587-modda; 2017-y., 28-son, 636-modda, Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 01.08.2018-y., 06/18/5497/1604-son, 27.12.2018-y., 07/18/4086/2354-son, 06.12.2019-y., 07/19/4544/4111-son; 12.08.2021-y., 06/21/6277/0788-son; 09.04.2022-y., 06/22/101/0288-son; 16.08.2024-y., 06/24/111/0623-son; 26.11.2025-y., 06/25/231/1091-son; 13.04.2026-y., 06/26/58/0342-son)