23.06.2022 yildagi 344-son
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Vatan tayanchi” bolalar va o‘smirlar harbiy-vatanparvarlik harakati faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” 2022-yil 2-martdagi PQ-150-son qaroriga muvofiq “Vatan tayanchi” harakatining faoliyatini samarali tashkil etish uchun yuridik shaxs bo‘lmagan “Vatan tayanchi” bolalar va o‘smirlar harbiy-vatanparvarlik harakatini rivojlantirish jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda — Jamg‘arma) tashkil etilganligi, Jamg‘arma mablag‘larini shakllantirish manbalari va sarflash maqsadlari belgilanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.